Mening blogim...  ( 27488 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 B


siddiqa  14 Iyul 2010, 12:33:17

Sensiz

bir umr qolganman sening sevgingsiz ,
taqdirimga tan berib bo'ldim ,
vasling uzoq ruhimdir yolg'iz ,
o'lmay turib ming bora o'ldim .

Tuproqlarga yozdim ismingni ,
qabr toshi hasratga guvoh ,
ketib qolding qoldirib meni ,
Aytolmadim sevishim biroq .

ayriliqqa hamrohman bugun ,
hamma narsa barbirdek go'yo ,
sevib yonib kimlar kul bo'ldi ,
Sen o'zga dunyoda tushsan bir ro'yo....

hamon sensiz ,umr o'tmoqda ,
darahtlar ham gullar har yili ,
lekin qalbim o'tga tutmoqda ,
qabul qilmay o'zgasin dilin .

Qayd etilgan


Abdulhafiz  15 Avgust 2010, 06:42:47


Siz erkak emassiz siz xotin quli
Bir kuni bo'lasiz do'zaxning guli.
Unvoningiz bo'lar shaytonning o'g'li
Xotinni onadan afzal bilganlar.
Onaning holidan olmaysiz xabar,
Lek har kun guldasta olar u dilbar.
Ona ham do'st erur, ona ham jigar,
Xotinni onadan afzal bilganlar.
Bir oyda bir bora soramaysiz ahvol,
Onangiz bu holdan goh garang, goh lol.
Oh, sizga nasihat, saboq ham uvol,
Xotinni onadan afzal bilganlar.
Onangiz shuncha yil chekkanda zahmat,
Qiyinmi ko'rsatish unga muruvvat.
U ham bu dunyoda olsinda rohat,
Xotinni onadan afzal bilganlar.
Alloh sizdaylarga yog'dirsin la'nat,
Rosti ham qarg'ishga arziysiz faqat.
Tezroq bering endi tavbaga navbat,
Xotinni onadan afzal bilganlar.

Qayd etilgan


Shokir  20 Avgust 2010, 21:04:12

Ko'zgamas bu qalbimga boq,
Meni ado etmoqda firoq,
Javobingdan qalbimda titroq,
Hor ishqimni qabul et faqat!
Sevganim chin hech xato emas,
O'jar yurak o'zgani demas,
Ishon aldash qo'limdan
kelmas,
Hor ishqimni qabul et
faqat
Rahm et, Qolmay aqldan
ozib,
Ishqqa armon qabrimni
qazib,
Tiz cho'kaman, Ishqnoma
yozib,
Hor ishqimni qabul et
faqat
Yosh bo'layin ko'zlaringda bas
Yuzlaringda yashayin bir pas,
Lablaringda jon berar
besas...
Hor ishqimni qabul et
faqat

Qayd etilgan


BilmasOY  20 Avgust 2010, 22:35:59

Ey ko'ngil, bunchalar bo'lmagin g'amgin,
Qo'l silta dunyoning tashvishlariga.
Go'zal tuyg'ular ko'p, atrofingga boq,
Faqat sevgi emas umr mazmuni.
O'z ilming, obro'ying, qadr qimmating,
Beva-bechoraga qilgan himmating
Bilgin Alloh bergan buyuk ne'mating
Faqat sevgi emas umr mazmuni.
Bor, mushtipar onangni mehr ila suy,
Padar buzrukvoring ko'tar boshingga.
Bunday go'zal tuyg'u yo'qdir, bilib qo'y,
Faqat SEVGI EMAS umr mazmuni.

Qayd etilgan


siddiqa  03 Sentyabr 2010, 01:31:20

[ b]meni yolgiz o'zing qo'lla Parvardigor.[/b]


Oppoq degan dunyolarim siyoh balki ,
dunyo dilni o'ldirguvchi giyoh balki,
savob deya qilganlarim gunoh balki ,
meni yolg'iz o'zing qo'lla Parvardigor.

Charhlar keldi,yuragimni charhlab ketdi,
va jonimni yaproqlarga narhlab ketdi,
ular kelib nimani ham farqlab ketdi,
meni yolgiz o'zing qo'lla Parvardigor.

Tosh otdilar yuragimda tog'lar paydo,
Tuproq bo'ldi o'shal tog'lar dog'lar paydo,
qalbim qayga borgan bo'lsa,bog'lar paydo
meni yolgiz o'zing qo'lla Parvardigor.

Hushim uchib dunyolarga uchdim ba'zan,
Rostdan tonib ro'yolarga uchdim ba'zan,
yashirmayman do'stimdan ham kechdim ba'zan.
meni yolgiz o'zing qo'lla Parvardigor.

Ahir qanday yashirayin hayratimni,
suratimdek bilasanku siyratimni ,
ko'rib o'lsam seni topgan gayratimni .
meni yolgiz o'zing qo'lla Parvardigor.

G'ayrat

Qayd etilgan


Abdulhafiz  04 Sentyabr 2010, 22:23:51

OTA O'GITI
Har bitta so'z - suvdek aziz,
Har bitta so'z - nondek uvol.
Til boyligin bog' deb bilsak,
Har bitta so'z - bitta nihol.
Biron so'zni isrof qilmoq
Bir ko'chatni yulmoqlikdir.
Bora-bora, otameros
Bog'ni xarob qilmoklikdir.
E bolam, yot yurtga borsang,
Ne atalur eling, derlar.
Qay millatning vakilisan,
Bormi ona tiling, derlar.
Shunda, mening qutlug' tilim
Navoiyning she'ri, degil.
Yurtim - Ulug'begu Bobur,
Amir Temur yeri, degil.
Ayt g'urur-la Beruniylar, Farg'oniylar ajdodim, deb.
Qoshg'ariylar darsin tinglab,
O'tkirlangan savodim, deb.
Maqtanma hech qimmat kiyim,
Oltinlaru qasring bilan.
Faxr et doim qudratli yurt,
Boy til, nasab-nasling bilan.
Obro'yingni baland tutmoq,
Ey bolam, oz qo'lingdadir.
Sening olamdagi narxing
Vatan, millat, tilingdadir.

Qayd etilgan


Abdulhafiz  21 Yanvar 2011, 19:33:18

Shunisi ham bo'laveradi

O'z zamonasini puldor boy kishilaridan biri uy qurayotgan ekan, boy bo'lishiga qaramay ko'rimsiz va ancha past qilib qurayotgan ekan.
Buni ko'rgan odamlar so'rashibti:
"Shunday boy kishi bo'la turib, nega bunday past,  ko'rimsiz uy quryapsiz..?"
U kishi javob berib, aytgan ekan:
"Tashlab ketadigan dunyoga shunisi ham bo'laveradi..."

Qayd etilgan


JaviK  22 Yanvar 2011, 09:31:50

Yutganing o`zingniki, chaynaganing — gumon.
Cho`lpon

Qayd etilgan


Abdulhafiz  05 Fevral 2011, 21:50:09

Bu olam ibrat olishni istagan kishilar uchun hamisha hikmatga to'ladir. Har bir narsaga ibrat olish istagi bilan qarash hayotning haqiqati va hikmatini topishning kalitidir...

1950 yilda Shimoliy Koreya(KXDR) armiyasi Janubiy Koreya Respublikasiga bostirib kiradi. Janubiy Koreya armiyasi tomonida AQSH va 19ta davlatning BMT bayrog'i ostidagi armiyasi jang qilardi. Uch yildan so'ng urush tugaydi. Shunday kunlarning birida AQSHdagi boy xonadonlarning birida telefon jiringlab qoladi. Telefon trubkasini ko'targan ayol hayratdan quvonib, o'z o'g'lining ovozini eshitadi. Onaizor uzoq muddat davomida Koreyada bo'lgan o'g'lidan shu paytgacha hech qanday xat-xabar olgani yo'q edi. Shuning uchun aziz o'g'lining hozir Amerikada ekanligidan, okean qirg'og'idagi San-Diyego shahridan uyiga qaytayotganidan quvonib ketadi.

  - Oyi, men sizga faqat shuni aytmoqchi edimki, o'zim bilan quroldosh do'stimni olib boryapman. U qattiq jarohatlangan - ko'zi, qo'li va oyog'idan ajralgan. Men uning biz bilan yashashini xohlardim.
   - Tushunarli, o'g'lim, - javob berdi ayol. - U juda jasur va mard yigitga o'xshaydi. Bizda uning uchun bir necha muddatga joy topiladi.
   - Oyi, siz meni tushunmadingiz. Men uni biz bilan yashashini xohlardim.
   - Ha, mayli, - javob berdi ona. - Biz uni uyimizda olti oygacha saqlashimiz mumkin.
   - Yo'q, oyi. Men uni biznikida doimiy qolishini xohlayman. Biz unga juda ham kerakmiz. Uning faqatgina bir ko'zi, bir qo'li va bir oyog'i bor. U dahshatli holatda.
  Gap shu yerga kelganda ona sabr-toqatini yo'qotdi.
   - O'g'lim, sen vaziyatga to'g'ri qaraydigan holatda emassan. Sen urushda qatnashganing uchun ham unga juda rahming kelyapti. Bu sheriging senga va bizga dardisar bo'lib, hammamizga jiddiy tashvishlar keltiradi. Aqlli odam bo'l.
    Telefon birdan jimib qoldi. Ertasiga yetib kelgan telegrammadan uydagilar dahshatga tushishdi. Ya'ni, o'g'li o'z joniga qasd qilib, San-Diyego mehmonxonasining o'n ikkinchi qavatidan o'zini tashlabdi. Bir hafta o'tgach, ularning uyiga armiya tobuti keldi. Dahshatli qayg'uga botgan ota va ona tobutda o'zlarining bir ko'zi, bir qo'li va bir oyog'i yo'q o'g'illarining jasadini ko'rdilar.
"Salomatlik taqvimi"dan olindi.

Qayd etilgan


Abdulhafiz  24 Fevral 2011, 07:52:33

Kasallikni yengishda ikki kuchli ta'sir - davoga ishonch, tuzalish umidi deyisharkan :

Qishloqdan bir qariya anchadan beri tuzalmayotgan kasalini davolatish uchun mashhur bir tabibga boribdi. Tabib kasalni tekshirib ko'rib, qo'liga ro'yxat tutqazibdi-da:
- Mana shu dorini qaynatib suvini kuniga uch mahaldan ichashz, kasalingizdan asar ham qolmaydi, - debdi.
   Ma'lum vaqt o'tgandan keyin bemor tabibga o'z minnatdorchiligini bildirish uchun kelib shunday debdi:
- Do'xtir, buyurgan tavsiyangizni siz aytgandek qilib bajardim. Bergan qog'ozingizni suvda qaynatib kuniga uch mahaldan ichdim. Mana ko'rib turganingizdek tuzalib, otdek bo'lib ketdim...


*    *     *

Ko'zlari yaxshi ko'rmaydigan keksa ayol uyqusizlikdan shikoyat qilar va uyqu dorisiga ko'nikib qolgan edi. Kunlardan birida kutilmaganda ana o'sha keksa ayol uyida uyqu dorilari tugab qolibdi. O'g'lidan dori olib kelishini iltimos qilibdi. O'g'li ham dorixonaga borsa, baxtga qarshi aynan o'sha dori tugab qolgan ekan. Uyga bo'sh qaytib, nima qilishini bilmay turganda, ko'zi bir chekkada idishda turgan loviyalarga tushibdi. Loviyalardan bittasini olib onasiga:
- Onajon, siz har doim ichadigan doridan qolmabdi, undan ham yaxshi yangiroq, yanada kuchliroq dori olib keldim, mana iching - debdi.
    O'sha kecha ayol ancha yaxshi uxlab, tetik holda uyqudan turgach, o'g'lidan so'rabdi:
  - O'g'lim, kecha bergan doring juda yaxshi ekan, rosa mizg'ib uxladim, bosh og'riqlarim ham yo'qoldi. Olib kelgan doringni nomi nima edi?
O'g'li esa:
 - Dorining nomi loviyazol edi, - deb javob beribdi.

Qayd etilgan