Bir hakimdan so’rashibdi:"Bizlar dou qilamiz, lekin duolarimiz ijobat bo’lmaydi. Alloh taolo:"Menga iltijo-duo qilinglar, Men sizlarga(qilgan duolaringizni ) mustajob qilurman", deb aytganku?" Hakim aytibdi:"Sizlarda yeti xislat duolaringizning ijobatini man qiladi"."Qaysi xislatlar " deb so’rashdi. Aytdi:
"œ*Sizlar Rabbingizni g’azablantirasizlar, ammo Uning rizosini talab qilmaysizlar,ya’ni,Allohning g’azabini chiqaradigan ishlaringga pushaymaon qilmaysizlar.
*Bizlar Allohning bandalarimiz,deysizlar.Ammo bandaning ishini qilmaysizlar,ya’ni,banda ho’jasi buyurganni bajaradi va uning amridan qaytmaydi.
*Sizlar Qur’onni o’qiysizlar,lekin unga ergashmaysizlar,ya’ni,tafakkur va ta’zim bilan o’qimaysizlar,buyruqlariga amal qilmaysizlar.
*Biz Muhammad(s.a.v)ning ummatlarimiz,deysizlaru,u kishining sunnatiga amal qilmaysizlar,ya’ni,sizlar odatlarga va rasm-rusumlarga(irim-sirim,ayrim urf-odatlar) amal qilib, sunnatlarga(hadislarga) ergashmaysizlar.
*Sizlar dunyoni yalang’och deb aytasizlar,ammo unga ishonib qolgansizlar. (mol yig’ish, boy bo’lishni orzu qilish, faqat yaxshi kiyinib,yaxhsi yeyishni o’ylash, molini sadaqa qilishdan qizg’onish)
*Sizlar harom va shubhali luqma yeysizlar.U ikkovidan qaytmaysizlar.
*Oxirat dunyodan yaxshiroq,deysizlar,lekin oxirattalabida harakat qilmaysizlar va oxiratdan ko’ra (bu) dunyoni ko’proq xohlaysizlar"
Duoda shoshmaslik lozim.Chunki duogo’y Alloh taologa duo qilsa,Alloh,albatta,qabul etadi.Duoning ijobati o’sha soatda ko’ringani ham ko’p,bu dunyoda ko’rinmay,oxiratga qolgani ham ko’p.