Umumiy bo'lim > Islom
Allohim duolarimni ijobat qil...
maknuna:
Muslimasubh:
As-Salomu Alaykum ,
azizlar "Ne amal qilsak Alloh duolarimizni ijobat qiladi" degan savolga javob topish niyatida ushbu ishga qo'l urdik, sizlar ham o'z hissangizni qo'shasizlar degan umiddamiz.
Allohim hamma ishlarimizda madakorimiz bo'lsin!
maknuna:
Bir hakimdan so’rashibdi:"Bizlar dou qilamiz, lekin duolarimiz ijobat bo’lmaydi. Alloh taolo:"Menga iltijo-duo qilinglar, Men sizlarga(qilgan duolaringizni ) mustajob qilurman", deb aytganku?" Hakim aytibdi:"Sizlarda yeti xislat duolaringizning ijobatini man qiladi"."Qaysi xislatlar " deb so’rashdi. Aytdi:
"œ*Sizlar Rabbingizni g’azablantirasizlar, ammo Uning rizosini talab qilmaysizlar,ya’ni,Allohning g’azabini chiqaradigan ishlaringga pushaymaon qilmaysizlar.
*Bizlar Allohning bandalarimiz,deysizlar.Ammo bandaning ishini qilmaysizlar,ya’ni,banda ho’jasi buyurganni bajaradi va uning amridan qaytmaydi.
*Sizlar Qur’onni o’qiysizlar,lekin unga ergashmaysizlar,ya’ni,tafakkur va ta’zim bilan o’qimaysizlar,buyruqlariga amal qilmaysizlar.
*Biz Muhammad(s.a.v)ning ummatlarimiz,deysizlaru,u kishining sunnatiga amal qilmaysizlar,ya’ni,sizlar odatlarga va rasm-rusumlarga(irim-sirim,ayrim urf-odatlar) amal qilib, sunnatlarga(hadislarga) ergashmaysizlar.
*Sizlar dunyoni yalang’och deb aytasizlar,ammo unga ishonib qolgansizlar. (mol yig’ish, boy bo’lishni orzu qilish, faqat yaxshi kiyinib,yaxhsi yeyishni o’ylash, molini sadaqa qilishdan qizg’onish)
*Sizlar harom va shubhali luqma yeysizlar.U ikkovidan qaytmaysizlar.
*Oxirat dunyodan yaxshiroq,deysizlar,lekin oxirattalabida harakat qilmaysizlar va oxiratdan ko’ra (bu) dunyoni ko’proq xohlaysizlar"
Duoda shoshmaslik lozim.Chunki duogo’y Alloh taologa duo qilsa,Alloh,albatta,qabul etadi.Duoning ijobati o’sha soatda ko’ringani ham ko’p,bu dunyoda ko’rinmay,oxiratga qolgani ham ko’p.
maknuna:
Alloh taolo Qur’oni Karimda duo qilish to’g’risida oyatlar nozil qilgan:"œRobbingizga yolvorib yashirin duo qiling.Chunki Alloh haddidan oshganlarni sevmaydi."(A’rof,55)
"œAllohga(azobidan) qo’rqib,rahmatidan umidvor bo’lib duo qiling"(A’rof,56)
"œParvardigoringiz:"Menga duo qilinglar, duolaringizni ijobat qilaman",-dedi. Albatta menga ibodatdan kibrlanganlar yaqinda bo’yinlari egilgan holda jahannamga kirurlar".(G’ofir,60)
maknuna:
Behzodbek:
Assalomu alaykum, juda go'zal ish bo'libdi. Alloh sizdan rozi bo'lsin, duolaringizni ijobat etsin.
Birodarlar, aka-singillar, bir-birlarimizning haqqimizga duo qilaylik. Chunki inson, garchi o'zi arzimasada, yaxshi inson bo'lmasa-da, lekin birodarining haqqiga qilgan duosi ijobat bo'larkan.
Duoga muhtojmiz, duo qilinglar. Isman zikr qilib duo qilinglar.
Alloh sizlardan rozi bo'lsin.
maknuna:
Payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalom duo ham ibodat ekanini marhamat qiladilar.
Binobarin, namoz so‘ngida Payg‘ambarimiz tomonlaridan tavsiya qilingan ushbu duolarni o‘qish maqsadga muvofiqdir:
* Ey Robbimiz, bizga bu dunyoda ham, oxiratda ham yaxshilikni bergin va bizni do‘zax olovi azobidan saqlagin.
* Iloho, men Sendan hidoyat, taqvo, iffat va g‘ino (birovga muhtoj bo‘lmaslik holatini) so‘rayman.
* Allohim, meni afu et, yorlaqa, to‘g‘ri yo‘ldan boshla, menga ofiyat ber, haloldan rizqlantir.
* Qalblarimizni rizoligingga uyg‘un bo‘lgan amal va ibodatga tomon yo‘naltir.
Navigation
[0] Message Index
[#] Next page
Go to full version