Muallif Mavzu: Allohim duolarimni ijobat qil...  ( 11014 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 1 Mehmon ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

maknuna

  • Maknunabonu Umarova
  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 59
  • Xabarlar: 1189
  • Jins: Ayol
Re: Allohim duolarimni ijobat qil...
« Javob #15 : 27 Iyul 2006, 07:34:26 »
Hojat duosi va namozi.

Allohdan ishini amalgam oshishini, hojati ravon bo’lishini istab o’qiladigan namoz va duoni Abdulloh ibn Avf(r.a) rivoyat qilib, Payg’ambarimiz(s.a.v) shunday deganliklarini aytganlar:
“Kimning Allohga yoki biror odamga ehtiyoji bo’lsa tahorat olib , ikki rakar namoz o’qisin. Allohga hamd, PAyg’ambarga salovat aytganidan so’ng shunday duo qilsin:
“La ilaha illallohul Haliymul Kariym. Subhanallohi Robbil arshil Aziym. Alhamdulillahi robbil ‘alamiyn. As’aluka mujibati rohmatika va a’zaima mag’firotika val g’onimata min kuli birrin vas salamata min kulli ismin. La tada’li zanban illa foffartah. Va la hamman illa farrojtah. Va la hajatan laka fiyha rizon illa qozaytaha ya arhamar rohimiyn”.
“Haliym va Kariym (sifatlarining sohibi) Allohdan boshqwa iloh yo’q. Buyuk arshining rabbi—Alloh nuqsonlardan pok. Olamlarning rabbi—Allohga hamd bo’lsin. Rahmating bilan gunohlarimni ketkazguvchi sifatlarni, mag’firatingni taqozo qiluvchi, har bir yaxshilikdan g’animatni, har bir yomonlikdan salomat bo’lishni Sendan istayman. Hech bir gunohimni qoldirmay mag’firat qil. Hech bir aziyatimni qoldirmay ketkazgin. Ey marhamatlilarning eng marhamatlisi, Sen xushnud bo’ladigan, roziligingga uyg’un bo’lgan hojatimni ravon qil”.
Hojat namozini shanba kuni sahar o’qish afzalroqdir. Chunki Payg’ambarimiz s.a.v :”Kim shanba kuni ertalab hojatini aytsa hal bo’ladi. Uning hojati ravon bo’lishiga men kafilman”,-deganlar”.

Biz hech qachon o�zimiz kirmagan va kirmaydigan qiyofada ko�rinishga harakat qilmay, hamisha qanday bo�lsak shundayligimizcha ko�rinadigan bo�lsak, borligimizcha namoyon bo�lsak, odamlarning nazarida ko�p narsa yutgan bo�lardik.
Laroshfuko

maknuna

  • Maknunabonu Umarova
  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 59
  • Xabarlar: 1189
  • Jins: Ayol
Re: Allohim duolarimni ijobat qil...
« Javob #16 : 27 Iyul 2006, 07:34:34 »
Bir olimdan so'rabdilar:
- Bir kimsa tavba qilgan chig'ida tavbasi qabul qilingan yo qilinmaganligini bilish mumkinmi?
Olim shunday javob berdi:
- Yo'q, qabul qilingani yo rad etilgani to'g'risida keskin bir hukm chiqarilishi mumkin emas. Lekin qabul etilganini ko'rsatuvchi ba'zi bir alomatlar bor:
1. Kishi o'zida gunoh qilishga mayl bo'lmayotganini ko'radi;
2. Qalbidan shod-hurramlik ketganini ko'radi, har narsada Allohni hoziru nozir holda topadi;
3. To'g'ri va yahshi ahloqli kishilar bilan birga yuradi, yomon fe'lli kishilardan o'zini uzoq tutadi;
4. Ochko'zlik qilmaydi. Oz bo'lsa ham halol yo'l bilan topilganiga qanoat qiladi. Ozgina bo'lsa ham halol yo'l bilan topgan narsalari uning ko'ziga ko'p ko'rinadi, lekin qilgan hayrli va go'zal amallari ko'p bo'lsa ham uning ko'ziga oz ko'rinadi;
5. Qalbi doim Alloh farz qilgan narsalar bilan band bo'ladi;
6. Dinini yomon ko'zlardan himoya qiladi;
7. Davomli tafakkur holida yoradi;
8. O'tmishda qilgan gunohlari tufayli nadomat ichida yuradi.

Biz hech qachon o�zimiz kirmagan va kirmaydigan qiyofada ko�rinishga harakat qilmay, hamisha qanday bo�lsak shundayligimizcha ko�rinadigan bo�lsak, borligimizcha namoyon bo�lsak, odamlarning nazarida ko�p narsa yutgan bo�lardik.
Laroshfuko

maknuna

  • Maknunabonu Umarova
  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 59
  • Xabarlar: 1189
  • Jins: Ayol
Re: Allohim duolarimni ijobat qil...
« Javob #17 : 27 Iyul 2006, 07:34:46 »
Duo

“Ey Allohim! Eng buyuk salotlaringni, eng ulug’ barakotlaringni, eng ziyoda xayrlaringni, asrab- avaylashingni, mehribonlik va salomingni ummat janobi, Rahmat payg’ambari, barcha yaxshiliklar fotihi, xayr yo’lboshchisi, olamlar Parvardigorining Rasuli, nabiylarining so’ngisi, mutaqqiylarning imomi, rasullarning sayyidi Muhammad (alayhissalom)ga ehson et!”.

Ey Allohim! U zotni avvalgilar va oxirgilar orzu etadigan, ko’zni oydin etajaging va o’zingga ziyoda yaqin etajaging maqomi Mahmudga yuksaltir!

Ey Allohim! Muhammad (alayhissalom)ning tilaganini ber, umidiga yetkaz! U zotni ilk shafoat etuvchi va shafoatni ilk qabul qiluvchi et!

Ey Allohim! U zotning hujjatini (dalilini) buyuk qil. Tarozusini barcha payg’ambarlarning mezonidan og’ir qil, dilini ochiq qil, darajasini muqarrar qullaringning eng balandiga yuksaltir!

Ey Allohim! Bizni uning jamoatida, uning shafoatiga sazovor ayla! Uning sunnati bilan yashat, uning millatiga (diniga) ol, bizni, uning havzi kavsariga qovushtir. Xor bo’lmasdan, razil bo’lmasdan, pushaymon bo’lmasdan, shubhalarga tushmasdan, uning yo’lini o’zgartirmasdan, o’zgalarni fitnaga solmasdan, dunyo zarlari bilan fitnalanmasdan bizni uning kosasidan ichirgil! Ey Olamlar Rabbisi, duoimizni qabul et.

Ey Allohim! Men qalbim bilan qaror berib, tavba qilib, so’ng nafsimning bexosiyatligi, jaholatim sabab, takror etgan barcha gunohlarimga Sendan mag’firat tilayman.
   

Biz hech qachon o�zimiz kirmagan va kirmaydigan qiyofada ko�rinishga harakat qilmay, hamisha qanday bo�lsak shundayligimizcha ko�rinadigan bo�lsak, borligimizcha namoyon bo�lsak, odamlarning nazarida ko�p narsa yutgan bo�lardik.
Laroshfuko

xojarnur

  • Newbie
  • *
  • Rahmat
  • -aytdi: 104
  • -oldi: 34
  • Xabarlar: 29
  • Riyodan va jamiki gunohlardan O'zing asra Robbim.
Re: Allohim duolarimni ijobat qil...
« Javob #18 : 30 Avgust 2012, 04:05:57 »
jazakallohu xoyron.
La ilaha illalloh! Hamd egasi yolg'iz Allohdir. Xulqimizni Qur'on qilsin.O'limimizni  lazzat qilsin. Qabrimizni Jannat bog'chalaridan bir bog'cha qilsin.Qiyomatda Kavsar bo'yida uchrashadigan Muhammad s.a.v ummatiqilsin. Jannatda Rasuli s.a.v. ga qo'shni qilsin Robbim. Amin.

xojarnur

  • Newbie
  • *
  • Rahmat
  • -aytdi: 104
  • -oldi: 34
  • Xabarlar: 29
  • Riyodan va jamiki gunohlardan O'zing asra Robbim.
Re: Allohim duolarimni ijobat qil...
« Javob #19 : 01 Sentyabr 2012, 04:23:27 »
Musulmon birodarlar ,forumda yangimanu ,mahmadonalik qilib ko'p post qoldirayotganim uchun uzr. Asli mahmadona emasman. Bu islom ahli va suhbatlarini sog'inganimdan. Allohni yaxshi ko'radiganlarni Alloh uchun yaxshi ko'raman. va yana muhim bo'lgan postni qoldiraman.

Duo qilaylik! Suriyadagi musulmonlar haqqiga. Internetda uchratib qoldim. Tiriklayin yoqilayotgan musulmonlar La ilaha illalloh!!! kalimasi bilan jon berishayotgan ekan.
Duo qilaylik. Zero Alloh hamisha G'olib. Mag'rib va Mashriq Unikidir.
La ilaha illalloh! Hamd egasi yolg'iz Allohdir. Xulqimizni Qur'on qilsin.O'limimizni  lazzat qilsin. Qabrimizni Jannat bog'chalaridan bir bog'cha qilsin.Qiyomatda Kavsar bo'yida uchrashadigan Muhammad s.a.v ummatiqilsin. Jannatda Rasuli s.a.v. ga qo'shni qilsin Robbim. Amin.

Muzayyana

  • muslima
  • Super Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 269
  • -oldi: 756
  • Xabarlar: 1010
  • Jins: Ayol
  • Alhamdulillah Ya Rabbil A'lamiyn!
Re: Allohim duolarimni ijobat qil...
« Javob #20 : 03 Sentyabr 2012, 09:31:03 »
Allohim mo'minlarda omonlik bersin, amiyn, amiyn, amiyn...
qalamlar ko'tarilgan...sahifalar qurigan...


MirzoMuhammad

  • Sr. Member
  • ****
  • Rahmat
  • -aytdi: 3
  • -oldi: 28
  • Xabarlar: 343
  • Jins: Erkak
  • رب زدني علماً
Javob: Allohim duolarimni ijobat qil...
« Javob #21 : 17 Iyul 2014, 17:40:09 »
ДУО УЧУН ҚАЛБ ПОКЛИГИ ЗАРУР
Шуни унитмаслик керакки, дуо қалбдан чиқади. Қалбга боғланмай фақат тилнинг ўзидангина чиққан сўзлар дуо бўлмайди. Дуонинг асл чиқар манзили бўлган қалб тоза бўлмаса, ундан дуо униб чиқмайди. Шунинг учун дуо қилишдан аввал қалбни поклаш керак. Бунинг учун бир қанча муолажалар бор. Шулардан ўнтаси ушбу ривоятда келади.
Иброҳим ибн Адҳамдан сўраганларида шундай жавоб берган эканлар: “ Ўнта нарса ила қалбларингиз ўлиб қолган:
1.   Аллоҳни танийсиз, аммо Унинг ҳаққини адо қилмайсиз.
2.   Аллоҳнинг Китобини ўқийсиз, лекин унга амал қилмайсизлар.
3.   Иблиснинг душманлигини даъво қиласизлару, унга дўстлик қиласиз.
4.   Расулуллоҳнинг муҳаббатини  даъво қиласиз, аммо асар ва суннатларини тарк қиласиз.
5.   Жаннатни яхши кўришликни даъво қиласиз, аммо унга лойиқ амал қилмайсиз.
6.   Дўзахдан қўрқишликни даъво қиласиз, аммо гуноҳлардан қайтмайсиз.
7.   Ўлимнинг ҳақлигини даъво қиласиз, аммо унга тайёргарлик кўрмайсиз
8.   Бошқаларнинг айблари билан машғул бўласиз, ўзингизнинг айбларингизни ташлаб қўясиз.
9.   Аллоҳнинг (берган) ризқини ейсизу, унга шукр қилмайсиз.
10.   Ўликларингизни дафн қиласизу, ибратланмайсиз”.

Баҳодиржон СУЛАЙМОНОВ. Асака.
Улуғбек қори ЙЎЛДОШЕВ
Нима камиб қоларди бу дунёга келмасам.
Келдиму, не фойда бор дунё сирин билмасам.
Илмлар уммонида бир умр чўмилмасам
Нега келдим дунёга илм талаб қилмасам.

Orifjon Hanafiy

  • Jr. Member
  • **
  • Rahmat
  • -aytdi: 1
  • -oldi: 2
  • Xabarlar: 65
Javob: Allohim duolarimni ijobat qil...
« Javob #22 : 12 Iyul 2015, 10:01:45 »
РАМАЗОН ВА ДУО
Муборак Рамазон ойи ҳам охирлашиб қолмоқда. Яқиндагина бу ойнинг келишига ойлар, хафталарни ҳисоблаб юрган эдик. Энди эса...
Бу ойнинг ҳар бир куни ва туни, соати ва дақиқаси ғанимат. Фазилатлари бисёр. Шулардан бири бу ойда, айниқса саҳарлик пайтида Аллоҳга илтижо қилиб, гуноҳларимизни кечиришини сўраб олишлик. Яна бири – ифторликда, дуо қигувчи банда билан Аллоҳ таолонинг ўртасидаги парди кўтарилиб, дуолар тўғридан-тўғри ижобат бўладиган пайтда ҳожатларимизни тилаб олишлик.
Айтибдиларки, дуо ёмонликларнинг даф бўлишига ва мақсаднинг ҳосил бўлишига сабаб бўладиган энг қувватли омилдир. Бироқ кўпинча дуонинг натижаси кўринмайди. Бунга сабаб дуонинг шартлари адо қилинмаганидадир. Хусусан, қалбдаги ишончнинг заиф бўлиши, ҳаром луқма, бировга зулм қилиш, қалбни гуноҳлар қоплаб, ғафлат эгаллаб олиши каби иллатлар дуо ижобат бўлишини тўсувчи сабаблардир.
Зеро дуонинг махражи - қалб. Дуо қалбдан чиқмас экан, ерга қадалмаган уруғ сингари кўтарилмай, тилнинг ўзидан сочилиб кетган қолади, холос. Ҳазрат пайғамбаримиз саллаллоҳу алайҳи ва саллам:
"Билингларки, Аллоҳ таоло ғофил қалб билан қилинган дуони қабул қилмайди"  деганлар. ("Мавоҳиб").
Яна айтибдиларки, қалбдан чиққан дуолар бесамар кетмас. Абу Саъийд ал-Худрий разияллоҳу анҳудан ривоят қилинади – пайғамбар саллаллоҳу алайҳи ва саллам:
“Бир мусулмон гуноҳ қилмай, силаи раҳмни узмай туриб дуо қилса, (Аллоҳ таоло) унга уч нарсадан бирини албатта беради. Ё сўраганини тезда беради. Ёки унинг учун охиратга олиб қўяди. Ёхуд унинг баробаридаги ёмонликни ундан дафъ қилади”, — дедилар.
Дуо ижобат бўлишининг яна бир шарти - луқма ҳалол бўлиши керак. Қолаверса, гуноҳлардан ҳам сақланиш, содир этилган гуноҳларни эслаб афсус ва надомат чеккан ҳолда сидқидилдан тавба қилиш, истиғфор айтиш керак.
Шунингдек қуйидаги амаллар адо қилинса дуонинг ижобат бўлиши яқин бўлади деганлар – қўлни юқори кўтариб дуо қилиш, дуо ижобат бўлиши учун хайр ва эҳсон қилиш, ҳамду сано ва салавотлар айтиш, таҳоратли ҳолатда, саҳар пайтида дуо қилиш, чин кўнгилдан ихлос билан, Худони кўриб тургандек ҳожатларини сўраш ва дуонинг ижобат бўлишидан ноумид бўлмаслик.
Яна билиб қўйиш керакки, дуо шунчаки тилни айлантириш билангина бўлмайди, қалбдан айтаётган сўзларини ҳис қилмоқ керак.

Сайдулло Исмоилов. Аҳмадали махдум жомеъ масжиди имом хатиби
Абдураззоқ Фармонов. Муҳиддин саҳҳоф жомеъ масжиди имом хатиби
Асака

 

Allohim duolarimni ijobat qil...

Muallif NodiBo'lim Islom

Javoblar: 16
Ko'rilgan: 15635
So'nggi javob 16 Oktyabr 2007, 14:30:50
muallifi sevar
Allohim, men bilan gaplash... (hikoya)

Muallif AbdulAzizBo'lim Jahon adabiyoti

Javoblar: 0
Ko'rilgan: 5905
So'nggi javob 10 Iyul 2006, 18:42:13
muallifi AbdulAziz