Umumiy bo'lim > Islom

Allohim duolarimni ijobat qil...

<< < (2/5) > >>

maknuna:
* Parvardigoro, dosh berib bo‘lmaydigan balodan, insonni o‘limga qadar sudrab boruvchi (mol, jon, oilaga taalluqli) mushkulotga duch kelishdan, (mol, jon, oilaga taalluqli) balo-qazodan va dushmanlarni quvontiradigan bir musibatga ro‘baro‘ bo‘lishdan Sening panohingga sig‘inaman.

* Iloho, ojiz qolishdan, dangasalikdan, qo‘rqoqlikdan, aljiratib qo‘yuvchi qarilikdan, xastalikdan, qabr azobidan, hayot va mamot fitnasidan Sening panohingga sig‘inaman.

* Yo Robbim! Men o‘z nafsimga ko‘p zulm qildim. Sendan o‘zga gunohlarni kechirguvchi yo‘q. Meni yorlaqa va afu et. G‘ofur, Rohiym yolg‘iz Sensan.

* Iloho, foydasi tegmaydigan ilmdan, qo‘rqmaydigan qalbdan, to‘ymaydigan nafsdan, qabul bo‘lmaydigan duolardan panoh ber.

* Allohim! Do‘zax o‘tida yonishimga sabab bo‘ladigan fitnadan, do‘zax olovidan, boylik va faqirlikning yomonligidan meni asragin.

* Allohim! Yomon fe’l-atvor va amallardan, nafsoniy orzulardan asragin.

* Allohim! Qulog‘imning, ko‘zimning, tilimning, qalbimning, farjimning yomonligidan asragin.

maknuna:
QUR’ONI KARIMDAN BA’ZI DUOLAR

Odam alayhissalom va momo Havvo jannatdan chiqarilganlarida ushbu duoni o‘qiganlar:«Ey Rabbimiz! Biz o‘zimizga (o‘zimiz) zulm qildik. Agar bizni kechirmasang, biz, albatta, ziyon ko‘ruvchilardan bo‘lib qolurmiz» (A’rof, 23).

Nuh alayhissalomning duolari:
«Rabbim! Men Sendan o‘zim (yaxshi) bilmagan narsani so‘rashimdan panoh tilayman. Agar meni kechirmasang va rahm qilmasang, albatta, ziyon ko‘ruvchilardan bo‘lurman» (Hud, 47).

Lut alayhissalomning duolari:
«Ey Rabbim, bu buzg‘unchilar qavmi ustidan O‘zing meni g‘olib qil!» (Ankabut, 30).

Ibrohim alayhissalomning duolari:
«Parvardigorim, meni va zurriyotlarimni namozni to‘kis ado etguvchi qilgil. Parvardigoro, duoimni qabul ayla. Parvardigoro, hisob-kitob (qiyomat) kuni meni, ota-onamni va barcha mo‘minlarni mag‘firat qilgil» (Ibrohim, 40-41).

maknuna:
Yusuf alayhissalomning duolari:
«Ey osmonlar va yerni ijod etgan Zot! Dunyo-yu oxiratda O‘zing egamdirsan. (Ajalim yetganida) musulmon holimda jonimni olgin va meni solihlar (qatori)ga qo‘shgin» (Yusuf, 101).

Shuayb alayhissalomning duolari:
«Allohgagina tavakkul qildik. Ey Rabbimiz! Biz bilan qavmimiz o‘rtasida haqiqiy ajrimlik ato et! Sen ajrim qiluvchilarning yaxshisidirsan» (A’rof, 89).

Muso alayhissalomning duolari:
«Ey Rabbim, bag‘rimni keng qilgin, ishimni oson qilgin, tilim (dan duduqlik)ni yechib yuborgin, (toki) ular (qavmim) gapimni anglasinlar» (Toha, 25).
«Parvardigorim, O‘zing men uchun nima yaxshilik, (ya’ni, rizq) tushirsang, o‘shanga muhtojdirman» (Qasos, 21).

maknuna:
Yunus alayhissalomning duolari:
«Sendan o‘zga iloh yo‘qdir. Sen (barcha) nuqsonlardan pokdirsan. Darhaqiqat, men (o‘zimga) zulm qiluvchilardan bo‘ldim» (Anbiyo, 87).

Zakariyo alayhissalomning duolari:
«Ey Rabbim, meni yolg‘iz tashlab qo‘yma (merosxo‘r farzand ato et), Sen (O‘zing) vorislarning yaxshirog‘idirsan» (Anbiyo, 89).
«Rabbim, menga ham o‘z huzuringdan pok zurriyot ato et! Darhaqiqat, Sen duoni eshituvchidirsan» (Ol-i Imron, 38).

Ahli ilmning duosi:
«Parvardigoro, bizni hidoyat qilganingdan keyin, endi dillarimizni haq yo‘ldan og‘dirma va bizga O‘z huzuringdan rahmat ato et!» Omiyn.

maknuna:
Alloh taolo Qur’oni Karimda duo qilish to’g’risida oyatlar nozil qilgan:"œRobbingizga yolvorib yashirin duo qiling.Chunki Alloh haddidan oshganlarni sevmaydi."(A’rof,55)
"œAllohga(azobidan) qo’rqib,rahmatidan umidvor bo’lib duo qiling"(A’rof,56)
"œParvardigoringiz:"Menga duo qilinglar, duolaringizni ijobat qilaman",-dedi. Albatta menga ibodatdan kibrlanganlar yaqinda bo’yinlari egilgan holda jahannamga kirurlar".(G’ofir,60)

Navigation

[0] Message Index

[#] Next page

[*] Previous page

Go to full version