Allohim duolarimni ijobat qil...  ( 40969 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 B


maknuna  27 Iyul 2006, 07:23:39

Muslimasubh:

As-Salomu Alaykum ,
azizlar "Ne amal qilsak Alloh duolarimizni ijobat qiladi" degan savolga javob topish niyatida ushbu ishga qo'l urdik, sizlar ham o'z hissangizni qo'shasizlar degan umiddamiz.
Allohim hamma ishlarimizda madakorimiz bo'lsin!

Qayd etilgan


maknuna  27 Iyul 2006, 07:23:47

Bir hakimdan so’rashibdi:"Bizlar dou qilamiz, lekin duolarimiz ijobat bo’lmaydi. Alloh taolo:"Menga iltijo-duo qilinglar, Men sizlarga(qilgan duolaringizni ) mustajob qilurman", deb aytganku?" Hakim aytibdi:"Sizlarda yeti xislat duolaringizning ijobatini man qiladi"."Qaysi xislatlar " deb so’rashdi. Aytdi:
"œ*Sizlar Rabbingizni g’azablantirasizlar, ammo Uning rizosini talab qilmaysizlar,ya’ni,Allohning g’azabini chiqaradigan ishlaringga pushaymaon qilmaysizlar.
*Bizlar Allohning bandalarimiz,deysizlar.Ammo bandaning ishini qilmaysizlar,ya’ni,banda ho’jasi buyurganni bajaradi va uning amridan qaytmaydi.
*Sizlar Qur’onni o’qiysizlar,lekin unga ergashmaysizlar,ya’ni,tafakkur va ta’zim bilan o’qimaysizlar,buyruqlariga amal qilmaysizlar.
*Biz Muhammad(s.a.v)ning ummatlarimiz,deysizlaru,u kishining sunnatiga amal qilmaysizlar,ya’ni,sizlar odatlarga va rasm-rusumlarga(irim-sirim,ayrim urf-odatlar) amal qilib, sunnatlarga(hadislarga) ergashmaysizlar.
*Sizlar dunyoni yalang’och deb aytasizlar,ammo unga ishonib qolgansizlar. (mol yig’ish, boy bo’lishni orzu qilish, faqat yaxshi kiyinib,yaxhsi yeyishni o’ylash, molini sadaqa qilishdan qizg’onish)
*Sizlar harom va shubhali luqma yeysizlar.U ikkovidan qaytmaysizlar.
*Oxirat dunyodan yaxshiroq,deysizlar,lekin oxirattalabida harakat qilmaysizlar va oxiratdan ko’ra (bu) dunyoni ko’proq xohlaysizlar"
Duoda shoshmaslik lozim.Chunki duogo’y Alloh taologa duo qilsa,Alloh,albatta,qabul etadi.Duoning ijobati o’sha soatda ko’ringani ham ko’p,bu dunyoda ko’rinmay,oxiratga qolgani ham ko’p.

Qayd etilgan


maknuna  27 Iyul 2006, 07:23:57

Alloh taolo Qur’oni Karimda duo qilish to’g’risida oyatlar nozil qilgan:"œRobbingizga yolvorib yashirin duo qiling.Chunki Alloh haddidan oshganlarni sevmaydi."(A’rof,55)
"œAllohga(azobidan) qo’rqib,rahmatidan umidvor bo’lib duo qiling"(A’rof,56)
"œParvardigoringiz:"Menga duo qilinglar, duolaringizni ijobat qilaman",-dedi. Albatta menga ibodatdan kibrlanganlar yaqinda bo’yinlari egilgan holda jahannamga kirurlar".(G’ofir,60)

Qayd etilgan


maknuna  27 Iyul 2006, 07:24:17

Behzodbek:

Assalomu alaykum, juda go'zal ish bo'libdi. Alloh sizdan rozi bo'lsin, duolaringizni ijobat etsin.

Birodarlar, aka-singillar, bir-birlarimizning haqqimizga duo qilaylik. Chunki inson, garchi o'zi arzimasada, yaxshi inson bo'lmasa-da, lekin birodarining haqqiga qilgan duosi ijobat bo'larkan.

Duoga muhtojmiz, duo qilinglar. Isman zikr qilib duo qilinglar.

Alloh sizlardan rozi bo'lsin.

Qayd etilgan


maknuna  27 Iyul 2006, 07:24:39

Payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalom duo ham ibodat ekanini marhamat qiladilar.
Binobarin, namoz so‘ngida Payg‘ambarimiz tomonlaridan tavsiya qilingan ushbu duolarni o‘qish maqsadga muvofiqdir:


* Ey Robbimiz, bizga bu dunyoda ham, oxiratda ham yaxshilikni bergin va bizni do‘zax olovi azobidan saqlagin.

* Iloho, men Sendan hidoyat, taqvo, iffat va g‘ino (birovga muhtoj bo‘lmaslik holatini) so‘rayman.

* Allohim, meni afu et, yorlaqa, to‘g‘ri yo‘ldan boshla, menga ofiyat ber, haloldan rizqlantir.

* Qalblarimizni rizoligingga uyg‘un bo‘lgan amal va ibodatga tomon yo‘naltir.

Qayd etilgan


maknuna  27 Iyul 2006, 07:24:48

* Parvardigoro, dosh berib bo‘lmaydigan balodan, insonni o‘limga qadar sudrab boruvchi (mol, jon, oilaga taalluqli) mushkulotga duch kelishdan, (mol, jon, oilaga taalluqli) balo-qazodan va dushmanlarni quvontiradigan bir musibatga ro‘baro‘ bo‘lishdan Sening panohingga sig‘inaman.

* Iloho, ojiz qolishdan, dangasalikdan, qo‘rqoqlikdan, aljiratib qo‘yuvchi qarilikdan, xastalikdan, qabr azobidan, hayot va mamot fitnasidan Sening panohingga sig‘inaman.

* Yo Robbim! Men o‘z nafsimga ko‘p zulm qildim. Sendan o‘zga gunohlarni kechirguvchi yo‘q. Meni yorlaqa va afu et. G‘ofur, Rohiym yolg‘iz Sensan.

* Iloho, foydasi tegmaydigan ilmdan, qo‘rqmaydigan qalbdan, to‘ymaydigan nafsdan, qabul bo‘lmaydigan duolardan panoh ber.

* Allohim! Do‘zax o‘tida yonishimga sabab bo‘ladigan fitnadan, do‘zax olovidan, boylik va faqirlikning yomonligidan meni asragin.

* Allohim! Yomon fe’l-atvor va amallardan, nafsoniy orzulardan asragin.

* Allohim! Qulog‘imning, ko‘zimning, tilimning, qalbimning, farjimning yomonligidan asragin.

Qayd etilgan


maknuna  27 Iyul 2006, 07:25:09

QUR’ONI KARIMDAN BA’ZI DUOLAR

Odam alayhissalom va momo Havvo jannatdan chiqarilganlarida ushbu duoni o‘qiganlar:«Ey Rabbimiz! Biz o‘zimizga (o‘zimiz) zulm qildik. Agar bizni kechirmasang, biz, albatta, ziyon ko‘ruvchilardan bo‘lib qolurmiz» (A’rof, 23).

Nuh alayhissalomning duolari:
«Rabbim! Men Sendan o‘zim (yaxshi) bilmagan narsani so‘rashimdan panoh tilayman. Agar meni kechirmasang va rahm qilmasang, albatta, ziyon ko‘ruvchilardan bo‘lurman» (Hud, 47).

Lut alayhissalomning duolari:
«Ey Rabbim, bu buzg‘unchilar qavmi ustidan O‘zing meni g‘olib qil!» (Ankabut, 30).

Ibrohim alayhissalomning duolari:
«Parvardigorim, meni va zurriyotlarimni namozni to‘kis ado etguvchi qilgil. Parvardigoro, duoimni qabul ayla. Parvardigoro, hisob-kitob (qiyomat) kuni meni, ota-onamni va barcha mo‘minlarni mag‘firat qilgil» (Ibrohim, 40-41).

Qayd etilgan


maknuna  27 Iyul 2006, 07:25:24

Yusuf alayhissalomning duolari:
«Ey osmonlar va yerni ijod etgan Zot! Dunyo-yu oxiratda O‘zing egamdirsan. (Ajalim yetganida) musulmon holimda jonimni olgin va meni solihlar (qatori)ga qo‘shgin» (Yusuf, 101).

Shuayb alayhissalomning duolari:
«Allohgagina tavakkul qildik. Ey Rabbimiz! Biz bilan qavmimiz o‘rtasida haqiqiy ajrimlik ato et! Sen ajrim qiluvchilarning yaxshisidirsan» (A’rof, 89).

Muso alayhissalomning duolari:
«Ey Rabbim, bag‘rimni keng qilgin, ishimni oson qilgin, tilim (dan duduqlik)ni yechib yuborgin, (toki) ular (qavmim) gapimni anglasinlar» (Toha, 25).
«Parvardigorim, O‘zing men uchun nima yaxshilik, (ya’ni, rizq) tushirsang, o‘shanga muhtojdirman» (Qasos, 21).

Qayd etilgan


maknuna  27 Iyul 2006, 07:26:51

Yunus alayhissalomning duolari:
«Sendan o‘zga iloh yo‘qdir. Sen (barcha) nuqsonlardan pokdirsan. Darhaqiqat, men (o‘zimga) zulm qiluvchilardan bo‘ldim» (Anbiyo, 87).

Zakariyo alayhissalomning duolari:
«Ey Rabbim, meni yolg‘iz tashlab qo‘yma (merosxo‘r farzand ato et), Sen (O‘zing) vorislarning yaxshirog‘idirsan» (Anbiyo, 89).
«Rabbim, menga ham o‘z huzuringdan pok zurriyot ato et! Darhaqiqat, Sen duoni eshituvchidirsan» (Ol-i Imron, 38).

Ahli ilmning duosi:
«Parvardigoro, bizni hidoyat qilganingdan keyin, endi dillarimizni haq yo‘ldan og‘dirma va bizga O‘z huzuringdan rahmat ato et!» Omiyn.

Qayd etilgan


maknuna  27 Iyul 2006, 07:27:49

Alloh taolo Qur’oni Karimda duo qilish to’g’risida oyatlar nozil qilgan:"œRobbingizga yolvorib yashirin duo qiling.Chunki Alloh haddidan oshganlarni sevmaydi."(A’rof,55)
"œAllohga(azobidan) qo’rqib,rahmatidan umidvor bo’lib duo qiling"(A’rof,56)
"œParvardigoringiz:"Menga duo qilinglar, duolaringizni ijobat qilaman",-dedi. Albatta menga ibodatdan kibrlanganlar yaqinda bo’yinlari egilgan holda jahannamga kirurlar".(G’ofir,60)

Qayd etilgan