Vodiy taassurotlari-2  ( 16783 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 B


muhibb  11 May 2010, 17:43:08

Assalomu alaykum.
Ma'lumki, 9 may yakshanba kuni Farg'ona viloyati Rishton tumanida bir birodarimizning nikoh marosimi bo'lib o'tdi.

Bu forumda nimagadir, to'y taassurotlari aytilmadi.
 
Asosan, tarvuzchilar forumida muhokama qilingan bo'lishiga qaramay, siz ham bu baxtdan bebahra qolmang deb, safar taassurtolari bilan o'rtoqlashmoqchiman. Boshqa borgan userlarimiz ham chala joylarni to'ldiradilar deb umid qilaman.

Qayd etilgan


muhibb  11 May 2010, 17:45:09

Avvalo, nima sababdan Vodiy taassurotlari 2 deb nomlanishi haqida.

Bu forumchilar bilan ikkinchi marta safarga chiqqanimni anglatadi. 2010 yil 16-18 yanvarda Andijonning Chinobod shahriga Ahmadulloning to'yiga borgandik. O'shanda hazillashib, Vodiy taassurotlari degan mavzu ochishga kelishgan edik.
Lekin, mavzu ochilmadi, o'zaro suhbatlarimizda eslaymiz xolos :)

Qayd etilgan


muhibb  11 May 2010, 17:46:42

shanba kuni soat 10 30 larda 4 kishi (hamma ham arbuz, ham ziyo userlari) yo'lga tushdik. Qo'qonga yetganimizda bizni bitta forumlarni kuzatib boruvchi bola-yo'l hamrohimiz bilan birga o'qigan bola kutib oldi.
Qo'qondan Rishtonga bordik.

Qayd etilgan


muhibb  11 May 2010, 17:50:04

To'y xonadoniga borishimizda qiziq voqea bo'ldi. Bizga adresni tushuntirgan odam: "Birlik qishlog'ida Abdug'afur degan bo'laning to'yi bo'lyapti, yaqinda Amerikadan kelgan...desanglar, ko'rsatib yuborishadi..." deyishdi. 5-6 kishidan Abdug'afurning uyi qayerda deb so'rab, nihoyat topib bordik. Mahallaga kirayotganimizda, qiziqib sheriklarimga savol berdim: "Manimcha, kuyov bolaning ismi Begzod edi, nimagadir, abdug'afur deb tanishtirvosla ::) dedim." Hamma kuldi. Axir biz kuyovning niki orqali xonadonini qidirayotgan edikda :)

Qayd etilgan


muhibb  11 May 2010, 17:52:19

yo'lda ketishda, kechqurun qolganimizda, va to'y jarayonida rosa boshim og'rib ketdi. "Ichganingiz uchunmi?" deb so'rashingiz mumkin. Men: "Yo'q, hamma faqat forum haqida gapirishidan" deb javb beraman. Toshkentdan to'y tugagunicha (chunki, to'y tugaganida men boshqa "oka"lar bilan ortga qaytgan edimda) hamma bir birini niki bilan chaqirar, faqat forum muhokama qilinar,...edi.

Qayd etilgan


muhibb  11 May 2010, 17:54:01

Shunda, sheriklarimga bitta savol berdim: "Aytingchi, forumsiz necha kun yashay olasiz?"

Bu savol hamma userlarimizga, aytingchi, siz necha kun forumsiz yashay olasiz?

P.S. "Forumsiz" deganda formga kirmaslik emas, balki forum haqida o'ylamaslikni nazarda tutmoqdaman :)

Qayd etilgan


muhibb  11 May 2010, 17:58:26

To'yxonaga borsak, kuyov bola boshliq delegatsiya Navoiyga ketishgan ekan. Uy egalari bilan ozgina suhbatlashib o'tirdik. Bir payt, kuyovning akasi: "Ukamning bir kursdoshi shu yerda, yosh bolalalr boshini og'ritib tashlashgan, sinfdoshim ingliz tilini bilgani uchun, gaplashib o'tiribdi, xo'p desangiz, bu yoqqa chaqiray.." dedilar. Mandan tashqari hamma bo'ydoq bo'lgani uchun :) darhol: "Albatta!" deb javob berishdi. Asli Kanadalik bo'lgan Amerikanka kelib, biz bilan birga o'tirdi. Ozgina suhbatlashib o'tirganidan keyin, sekin asosiy vazifasiga o'tdi: "Aqsh va o'zbekiston munosabatlari, afg'on, iroq,...." hqidagi fikrlarimiz bilan qiziqdi... Abdug'afurning kursdoshi ozgina yumshoqlik bilan gaplashib o'tirganida, bir userimiz ochiqdan-ochiq: "silani yomon ko'ramiz,.." dedi. Bechara qizzi ko'rib rahmim keldi :1

Qayd etilgan


muhibb  11 May 2010, 17:59:31

ozgina o'tirib, qo'qonga qaytishga qaror qildik. Yorqinjon domla bilan uchrashish maqsadida qo'qonga borgan edik, domla yo'q ekanlar. Lekin, shahar o'tgan safar borganimizga nisbatan ancha o'zgargani tahsinga sazovor. qurilish ancha jonlangan.

Qayd etilgan


muhibb  11 May 2010, 18:02:08

shom namozini qo'qonda o'qib, bag'dodga qaytdik va shu yerda tunadik.
uy egasi juda mehmondo'st ekanlar :) 3 ta sherigimga choy berib, menga choy berish eslaridan chiqib qoldi. soat 12 30 gacha asosan forum haqida :-[ va bemazhablar haqida  ;D gap bo'ldi.

Qayd etilgan


muhibb  11 May 2010, 18:08:45

bag'dodning qishloqlariajoyib nomlanar ekanda. Ba'zilarini aytishga odam hijolat chekadi. Biz qolgan qishloq nomi "Kichik Xitoy" ekan, sal nariroqda "Katta Xitoy" bor ekan. Bizni mehmon qilgan akaxonimizning jufti halollari "Samarqand" dan ekanlar (Bag'dod tumanida shunaqa qishloq bor ekan).
Ertalab yo'lga tushdik. Katta Farg'ona kanalini ko'rish baxtiga muyassar bo'ldik. Undan so'ng, "Otxona" dan o'tib, "Go'nxona" tomon bordik. "Go'ngxona" ortda qoldi va biz birin-ketin  "Surgun" "Qatag'on" va "Bedarak" dan o'tib "Achavad" (o'zimizning toshkentdagi kabi lo'li mahalla ekan, nomi esimdan chiqib qolgani uchun achavad deb yozdim) dan keyin "Uyrat" ga keldik. Uyratdan "birlik"ka o'tib ketdik. shu tariqa to'yxonani topdik.

Qayd etilgan