Muallif Mavzu: Karomatlar  ( 3137 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 1 Mehmon ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

jasonnur

  • Mehmon
Karomatlar
« : 13 May 2010, 05:44:46 »
assalomu alaykum

Domla Hindistoniyning tarjimai hollarini o'qish asnosida,ba'zi karomatlarga ham ko'zimiz tushdi.

Keling,shu karomatlar haqida gplashsak.
Ya'ni,kim hozirgi yoki o'tgan olimlar/avliyolar/karomatgo'ylarning qanday karomatini biladi/eshitgan...

Faqat,anu jaaa "Girmon degan mahluq chiqqanmish" deganlardan yoki "devlarni o'ldirib,maliklaarni qutqarib,hozir sudma-sud ajrashish uchun yugurib yuribdikan" kabi gaplardan ham bo'masin :7

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12023
  • Xabarlar: 20359
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Re: Karomatlar
« Javob #1 : 13 May 2010, 07:29:36 »
ASIR SICHQONCHA VA BANDANING RIZQI

Domla Hindistoniy hikoya qiladilar:
“Xattotlik bilan shug’ullanib turardim. Ustozimga “Sahihi Buxoriy”ni ko’chirib tursam,  xonadondagilar bugun yeyishga ham hech narsa qolmaganini aytishdi. Mening ham qo’limda hech nima yo’q. Bugun endi sabr qilasizlar, ertaga Alloh bir yo’lga boshlar, deb ma’yuslanib, yoza boshladim. Bir mahal kovakdan kichnina sichqon chiqib, kitobimning ustida uyoqdan buyoqqa o’taverdi. Mening ko’nglimni hadeb parishon qilavergach, kosani olib, sichqonchaning ustiga to’nkarib qo’ydim. Bir payt bolasini qidirganday ona sichqon chiqib, kosa atrofini iskay boshladi. Kosa ostidan “chi-chi”lagan ovoz eshitildi, go’yoki ona-bola tillashishdi. Ona sichqon kovakka kirib ketib, keyin bir misqollik oltinni tishlab chiqdi-da, kosaning oldiga qo’ydi. Kosaning oldida aylanib, “chi-chi”lab turdi-da, yana kovakka kirib ketdi. Keyin ikkinchi oltinni olib chiqdi. Men qarab turibman. Sichqon tashigan oltinlar 14 taga yetdi. So’ng “endi oltin tamom bo’ldi, mana hamyoni” deganday charm katmonni sudrab chiqdi. Bildimki, uning bisotida hech narsa qolmabdi. Kosani ko’tardim, ona-bola sichqonlar iniga kirib ketdi.
Mana shu sichqonlar bilan-da, mening rizqimni Alloh yetkazgan edi…”
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12023
  • Xabarlar: 20359
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Re: Karomatlar
« Javob #2 : 13 May 2010, 07:31:49 »
QALAM NEGA YOZMADI?

1500 ga yaqin kitob yozgan hindistonlik buyuk olim Ashraf Ali Tahonaviy “Bayonul Qur’on” deb nomlangan tafsirni yozayotgan paytlari ayollari u kishiga ish buyuribdi: “qafasdagi qushga donini berib, so’ng madrasaga keting”. (Shunday buyuk zotlarga ham ayollari ish buyurarkan)
Hazrat “Bayonul-Qur’on”ning xayolida ayollarining gapini esdan chiqarib, madrasaga ketaveribdilar.
Shu zotning shogirdlaridan Shafe’ Usmoniy aytadi:
“Agar bir odamning 1500 ta kitob yozishiga kimki shubha qiladigan bo’lsa, unga ikki gunohkor ko’zim bilan ko’rganimni aytib beray: “Men Tahonaviyning qalamini qo’li tegmagan holda kitobning ustida aylanib yotganini ko’rganman”.
O’sha kuni tafsirni davom erttirmoqchi bo’lgan olimning qalami qimirlamabdi. Xarchand urinib, uni yurgizishga harakat qilmasin, qalam turgan joyida turaveribdi. Shunda Yaratganga “Yo, Allohim, men har doim yozishga o’tirganimda qalam o’zi yozishni boshlardi, mendan nima gunoh sodir bo’ldiki, bugun qalamim yozmayapti” deb nola qilibdilar. Shunda qush esga tushib, qalamni tashlagancha, uyga yugurib ketibdilar.
Uyga borib, qushga don berib kelganlaridan so’nggina qalam qimirlagan ekan. Qalam yozishni boshlagan joy esa “Niso” surasidagi “Ayollaringiz bilan yaxshi muomalada bo’linglar!” degan oyat ekan.

Yorqinjon qoridan
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

siddiqa

  • shunday dardlar borki,tasallisi faqat iymondadir .
  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 1879
  • -oldi: 2405
  • Xabarlar: 1798
  • Allohim hulqimizni chiroyli qil !!!!
Re: Karomatlar
« Javob #3 : 13 May 2010, 08:05:49 »

:ms: