Haqiqiy boylik nima???  ( 28859 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 B


maknuna  03 Avgust 2006, 08:44:26

* * *

Ba’zan odam boylik uchun eng yaqin do‘stidan ham voz kechadi, tug‘ishgan birodarlaridan uzoqlashadi, kimnidir g‘iybat balchig‘iga bulg‘aydi, kimgadir tuhmat qiladi va hatto... kimnidir o‘ldirishi ham mumkin.
Jannatga yetmoq uchun bulardan yiroq bo‘lsa yetarli, boshqalarga emas, nafsiga zulm qila olsa kifoya. Jannatga yetmoq uchun do‘stidan yuz o‘girmaydi — oqibatda to so‘nggi nafasiga qadar yaxshilar, mehr-oqibatlilar quchog‘ida yashaydi. Tug‘ishgan jigarlaridan uzoqlashmaydi — oqibatda o‘zidan keyin qoladigan farzandlaridan ko‘ngli to‘q bo‘ladi. Birovni g‘iybat qilmaydi, boshqaga tuhmat toshlarini otmaydi — oqibatda bo‘lajak sharmandalikdan qutuladi. Kimnidir o‘ldirmaydi — oqibatda o‘z zurriyodini xun to‘lash azobidan qutqaradi. (To‘g‘ri, hozir moddiy xun to‘lamay qo‘yishgan, biroq, ruhiy xun degan tushuncha ham bor).
Odam bolasi bir ayb ish qilib qo‘ysa, qamalishdan qo‘rqadi. Chunki qamoqda ham ma’naviy, ham jismoniy azob bor. Odam shu azobdan qutulib qolish yo‘llarini izlaydi. Milisaning, prokuror, sudyaning ko‘nglini ovlash payiga tushadi.
Ajab! Qamoqdan necha ming marta dahshatliroq va azobliroq bo‘lgan do‘zaxdan nechun qo‘rqmaydi? Nechun do‘zaxga tushmaslik choralarini izlamaydi?

Tohir Malik

Qayd etilgan


maknuna  03 Avgust 2006, 08:44:40

Mubashshir:
Assalamu alaykum. Bu fikrlarga 100% emas, 200% qo'shilaman. :) Haqiqiy va eng katta boyli bu - IYMON. IYMON -bo'lsagina ota-onani ham, sog'likni ham, do'stlarni ham qadriga yetasiz. IYMON- bo'lsagina ko'nglingiz hotirjam bo'ladi. IYMON- bo'lsagina hamma ishni ALLOHga tavakkul qila olasiz!

Qayd etilgan


sevar  30 Sentyabr 2007, 17:39:34

Assalom alaykum!
Haqiqiy boylik iymon boyligi.

Qayd etilgan


abrorbek  28 Oktyabr 2007, 14:36:23

Tinchlik va sog`lik eng katta boylikdirki ko`pchilik bu baxtdan bebahradir!

Qayd etilgan


Shukurulloh  28 Oktyabr 2007, 18:10:29

Haqiqiy boylik bu ota onani tirikligidur va uning duolari.

Qayd etilgan


Foniy  12 Avgust 2009, 19:45:00

 :as:
Eng avvalo, Olloh  :jl: bergan iymon, e'tiqod, vijdon, or-nomus, hayo, ota-ona (g`animat), yaqinlar (g`animat), sog`lik, vaqt, imkoniyatlar,.. vallohu a'lam.
Moddiy boyliklarning kun ko`rishga yetarlilaridan ortiqcha hech biri haqiqiy boyliklarimiz bo`laolmaydi, keluvchi-ketuvchi, ikkilamchi ehtiyojlar,.. fikrimcha,

Qayd etilgan


_IYMONA_  18 Iyun 2011, 23:44:59

Shu yaqin kunlar ichida o'tgan vaqtlarimga juda ham afsuslandim. Ayniqsa hozir avvalgidek o'tkir zehnimiz ham sal darz ketgandek...tuyulaveradi. Bundan 10 yil oldin hozirgidek shijoatim bo'lganida yodlaydiganlarimni yodlagan va ko'proq o'qigan va faqat o'qigan bo'lardim. Bugun bo'lsa pul bor, shijoat bor, imkoniyat ham bor...
Ammo ilmga chin qalbdan ixlos muhabbat ko'ngildagidek harakat va yodlash, zehnda saqlab qolish o'sha paytlarimdagidek emas...
Shu sabab singillarimga ilm o'rgatish boshladim, ingliz tili va boshqa kerakli masalalarni. Ularning umri ham mandek zoye o'tib ketmasligi uchun. Bugun pulni ham qadriga yetdim, qadrdon dugonalarim ham omonatligini, 1 soniya ichida "HECH KIM" bo'lib qolishim ham mumkinligi, hozir kulib, hurmatim va xizmatimga shay odamlar 1 soniyada mani yerparchin qilib tashlashi ham mumkin.
Bugun ko'p narsalarni qadriga yetdim. 
HAR BIR DAQIQANI QADRIGA YETINGLAR. ZERO BU KUNLAR ORTIDAN BIZGA O'LIM YAQINLASHIB KELMOQDA, HAR BIR VAQTIMIZ BIZGA DO'ST YOKI DUSHMAN BO'LISHI MUMKIN.

Qayd etilgan


Mutaallim-2010  22 Iyun 2011, 21:53:00

To'g'ri- iymonli, ota-onasini hurmat qiladigan, qadriga yetadigan, sog'likni ham qadriga yetadigan odamda bir sifat bor bu...U hotirjam hayot kechiradi undagi sifat bu - ''Qanoat''dir.Topganiga qanoat qiladi.

Alloh taolo bunday bandasiga - ''Iffat''ni beradi.
Iffat-birovga muhtoj bolmaslik, so'rasa, ol qulim, deb beradi.
Keragini beradi...

                                     Insonni nasibasi
Alloh taolo har bir bandasining rizqini beruvchidir.
<<Yerda o'rmalovchi biror narsa (jonzot) yo'qki, uning rizqi (ta'minoti) Allohning zimmasida bo'lmasa!
(U) uning qarorgohini ham, oromgohini ham bilur. Hammasi aniq Kitob (Lavhul-Mahfuz)da
(yozilgan)dir.
                                                                                                    HUD — 6-oyat.>>

Ozimizdan qolar gap yo'q, birinchi tomon - Alloh beradi rizqimizni, desa, ikkinchi tomon esa - harakat ham qilish kerakda, deydi.

Bunday gap so'zlar oddiygina tushunchani no to'g'ri tushunganlikdan kelib chiqadi.

Aslida ikkala tomonnig gapi haq.
Ikkala tarafni qanday tushunish kerak?

Bu savolga quyidagi rivoyatdan tushunib olamiz:

Bir inson o'rmonda o'tin kesib, bozorga olib kelib sotardi.Bir kuni o'tinchining ko'zi bir qanoti singan qarg'aga tushib qoldi.Keyin o'sha qarg'ani kuzata boshladi. Qarg'a o'z rizqini topish uchun imkoni yo'q edi.Shunda bir qarg'a uchib kelib yemish tashlab ketadi. Buni ko'rgan o'tinchi ishini yig'ishtirib, yotib oladi.
Keyin o'tinchini oldiga nasihat qilguvchilar kelib, -Nega ishingni tashlab yotib olding, deya sorashadi.
O'tinchi esa, -bo'lgan voqeani aytib beradi.

Songra nasihatchilardan biri, -Qanoti singan qarg'a bo'lmasdan, yemish toshiydigan qarg'a bo'lmaysanmi, deydi.

Bundan shuni tushunamizki - Yotvosa ham Alloh rizqini beradiyu ammo yotib olish yahshi emas. Ya'ni Alloh taolo bari-bir qay holatda bo'lsamda O'zi beradi, degan etiqotda sobit turishga aytildi.

Birinchisi - Mazkur etiqod.
Ikkinchisi - Rizqni topishda-sababini qo'ldan kelganicha a'lo darajada tashkil qilib, natija haqida g'am qilmaslik. Chunki natija Allohdan. Sizga yuklatilgan vazifani ado etdingiz...

Misol:
Baliq tutish uchun  (sababi qilinadi)baliq bor, deb gumon qilingan joyga boriladida tuzoq tashlanadi.Shu yerda sababi qilindi.Endi natija baliq chiqsa ham Alloh taolodan chiqmasa ham Allohdan...

Topganiga qanoat qilish haqiqiy boylikdir !

Qanoat qilsa qilmasa yozganini oladi.

Qanoat qilgan kishi pul topishda qiynalmaydi va iffatli bo'ladi.

                        Bir maruzadan foydalanildi.

Qayd etilgan


Humayro  01 Iyul 2011, 11:01:22

Odam bolasi uchun asl boylik aql va iymonni bir tanda jamlay olishidir.

Qayd etilgan


Ansora  01 Iyul 2011, 12:41:09

Yuqorida juda ko'p chiroyli gaplar yozilibdi. Men ham qo'shimcha qilgan holda haqiqiy boylik bu- farzand, demoqchiman. Albatta hayrlisi. Odam bolasi bolam, bolam deb yasharkan. Masalan falonchini shuncha puli bor ekan, deganlarida sizda bo'lmasa bir iki havas qilasiz, keyin unutib hayotingiz oddiy davom etaveradi. Lekin farzand hech narsaga o'hshamasa kerak. Farzandi bo'lmagan insonni  hech qachon bu mavzu esidan chiqmasa kerak.

Ayniqsa farzandingiz mo'min solih, soliha bo'ldimi, siz vafot etgandan keyin ham orqangizdan hayr duolari sizga ozuqaday oqib kelaveradi, yani hayotingiz tugadi, lekin ma'naviy ozuqangiz davom etaveradi, bu emas mi boylik?

Turkiyani yarimini egasi Sakip Sabanjı bor edi rahmatlik. Alloh unga qarangki nogiron farzand beribdi, Sakip Sabanji judaam ko'p kasalxona, sanatoriylar ochtirgan o'g'lini kasaliday kasal bo'lganlar uchun. Allohni imtihoni bu ham, lekin judayam qiyin imtihon. Rabbim barchamizga hayrli farzandlar -davlat, boylik, nasib etsin azizlar...

Qayd etilgan