Haqiqiy boylik nima???  ( 28648 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 B


Muhammad Yusuf  01 Iyul 2011, 16:13:03

Haqiqiy boylik :

Haqiqiy boylik, mol dunyoyingiz ko'pligida emas, haqiqiy boylik ko'ngil to'qligidadir.

Alloh bergan kunga rozi bo'lish haqiqiy boylikdir.

Qayd etilgan


Mutaallim-2010  02 Iyul 2011, 20:05:10

Odam bolasi uchun asl boylik aql va iymonni bir tanda jamlay olishidir.

Inson fasohatli, aqlli, salobatli, go'zal bo'lishi - bu uning rizqidir.

Hamma ham birdek bir hil emas.
Ho'p, fasohatli so'zlo'vchi inson topganiga ''qano'at'' qilmasa, har qancha topmasin baribir kamdek bo'laveradi.


Qayd etilgan


Mutaallim-2010  02 Iyul 2011, 20:17:04

Yuqorida juda ko'p chiroyli gaplar yozilibdi. Men ham qo'shimcha qilgan holda haqiqiy boylik bu- farzand, demoqchiman. Albatta hayrlisi. Odam bolasi bolam, bolam deb yasharkan. Masalan falonchini shuncha puli bor ekan, deganlarida sizda bo'lmasa bir iki havas qilasiz, keyin unutib hayotingiz oddiy davom etaveradi. Lekin farzand hech narsaga o'hshamasa kerak. Farzandi bo'lmagan insonni  hech qachon bu mavzu esidan chiqmasa kerak.

Ayniqsa farzandingiz mo'min solih, soliha bo'ldimi, siz vafot etgandan keyin ham orqangizdan hayr duolari sizga ozuqaday oqib kelaveradi, yani hayotingiz tugadi, lekin ma'naviy ozuqangiz davom etaveradi, bu emas mi boylik?

Turkiyani yarimini egasi Sakip Sabanjı bor edi rahmatlik. Alloh unga qarangki nogiron farzand beribdi, Sakip Sabanji judaam ko'p kasalxona, sanatoriylar ochtirgan o'g'lini kasaliday kasal bo'lganlar uchun. Allohni imtihoni bu ham, lekin judayam qiyin imtihon. Rabbim barchamizga hayrli farzandlar -davlat, boylik, nasib etsin azizlar...

Aksar ko'p odamlar qiz farzandli bo'lganda qalbida ozgina bo'lsada norizodek bo'ladilar?

Yoki bironta kishi boshqa kishining o'zini olayotgan oyligiga solishtirib, oziga nisbatan ko'p pul olayotganini guvohi bo'ladida va qalbida norizo bo'ladi.
 Buning sababi boriga yoki olganiga, ko'rganiga ''qano'at'' qila olmagandan emasmi?

Qayd etilgan


Muhammad Yusuf  02 Iyul 2011, 20:27:26

Haqiqiy boylik haqida yana bir so'z :

Haqiqiy boylik - bu oxiratda erishilgan boylikdir.
Bu dunyodagi boylik har qancha katta bo'lmasin o'tkinchi.
Oxirat esa boqiy hayotdir.
Bu boylikka erishganlar haqiqiy boy insonlardir. Haqiqiy boylik egalaridir.

Qayd etilgan


Mutaallim-2010  02 Iyul 2011, 20:57:30

Haqiqiy boylik haqida yana bir so'z :

Haqiqiy boylik - bu oxiratda erishilgan boylikdir.
Bu dunyodagi boylik har qancha katta bo'lmasin o'tkinchi.
Oxirat esa boqiy hayotdir.
Bu boylikka erishganlar haqiqiy boy insonlardir. Haqiqiy boylik egalaridir.


U ohiratdagi boylik bo'lsa bu dunyodagisichi?

Qayd etilgan


Muhammad Yusuf  02 Iyul 2011, 21:03:07

Dunyodagi boylik bu - Olloh bergan kunga rozi bo'lishdir.

Qayd etilgan


akula  02 Iyul 2011, 22:28:01

Ota-Onam borligi bu mening boyligim !!!

Qayd etilgan


siddiqa  03 Iyul 2011, 20:41:15

Davolatgan tishim kechasi bilan og'rib chiqdi ,shu yoshimgacha birinchi martta og'rishi .tushlik mahal muzdey muzdey tarvuzni paqqos tushurayotgan jiyanlarimga namuncha mazzaya tishiylar og'rimasa dedim .Yig'laganimdan shuni sezdimki eng katta boylik bu sog'lik ekan.yana saraton kasalligidan og'riyotgan bir dugonamning ahvolini eslab naqadar sabirsiz va dardga yengilligimdan uyaldim ,Alloh tanimizga sog'lik bersin !!!!!!!!!!!!

Qayd etilgan


Mutaallim-2010  04 Iyul 2011, 21:23:38

Mana-bu shahardagi butun boylik sizga.(  : )  ). Faqat, bizning bir shartimiz bor( :( ). Shartimiz shuki, ikki qo'lingizni bizga kesib berasiz( :10)...

Qayd etilgan