Haqiqiy boylik nima???  ( 28449 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 B


maknuna  27 Iyul 2006, 08:18:36

Farzonochka:
Assalomu alaykum hurmatli forum qatnashchilari! Bugun sizlarga yana bir muammoli savolni o`rtaga tashlamoqchiman...
Ko`pchilik insonlar 'boylik' deganda faqatgina molu-davlat, pul, mashina, xullas, shunga oxshash "dunyo"ni tasavvur qilishadi... Lekin rostdan ham haqiqiy boylik shu ekanmi? Mana shu savolga nisbatan javoblaringizga qiziqdim. Siz nima deysiz hurmatli suhbatdosh???
Fikrlaringizni kutamiz!

Qayd etilgan


Munira xonim  27 Iyul 2006, 10:44:47

Assalamu alaykum.
Haqiqiy boylik - Musulmonligimiz,
Muhammad s.a.v ga ummatligimiz va Iymonimiz.
Bu mening fikrim
Boshqalarning fikrlarini ham kutib qolamiz.

Qayd etilgan


Foniy  27 Iyul 2006, 11:29:10

Assalomu alaykum do'stlar!
Mening nazarimda haqiqiy boyligimiz birinchi o'rinda Iymonimiz hamda padari buzrukvor-u volidai muhtaramalarimizdir.

Qayd etilgan


forumnnb  27 Iyul 2006, 18:46:27

Menimchahaqiqiy boylik, ota-ona, siz egallagan ilm, do`stlik va MUHABBAT!

Qayd etilgan


maknuna  28 Iyul 2006, 08:45:21

Mohinur:
Haqiqiy boylik - insonning iymoni!

Qayd etilgan


maknuna  28 Iyul 2006, 08:45:34

Noza:
Xaqiqiy boyli bu- Ota onamiz!!!
Xaqiqiy boyligimiz-Sog'lig'imiz. (aynan o'sha mol mulkni ham sog'lig'imiz bo'lmasa topa olmaymiz.)

Qayd etilgan


maknuna  28 Iyul 2006, 08:45:52

farzonochka:
Assalomu alaykum, albatta firklaringizga qoshilaman, har tongda bizning sog`ligimi joyida bolgan holda uyg`onishimiz, yonimzida yaqinlarimiz bilan hamroh bolishdek baxt-haqiqiy boylik hisoblanadi!

Qayd etilgan


maknuna  28 Iyul 2006, 08:46:08

AbdulAziz:
Bu dunyoga Alloh bizni keltirgani katta boyligimiz - baxtimiz! Aks holda bizni kim ham bilardi? Kimga ham kerak edi!...
Ota-onamiz - boyligimiz!
Do`stlarimiz - boyligimiz!

Qayd etilgan


maknuna  28 Iyul 2006, 08:46:33

Samo:
Haqiqiy boylik - IYMON.
Allohga Iymon.
haqiqiy iymon ham nurdir ham quvvatdir.
haqiqiy iymon insonni har taraflama mukammashtiradi.
haqiqiy iymon soyasida risoladak yashasak soglom bolamiz bunga asri saodat shohid kitob yahshilab kovlab chiqilsa osha paytda juda kam hastalanganlar bolgan...

haqiqiy iymon sohibi ota onasini Quronni buyrugi bilan Uf deyishdan ham chekinishga harakat qiladi.

haqiqiy boylik bolmish iymon natijasida ohiratdagi 1 soniyalik jannat hayotini bu dunyodagi mlrd zamonga (pul uyoqda tursin) alishmaydi. chunki haqiqiy iymon egasini samarali tujjorga aylantiradi.

shunga kora haqiqiy boylik iymondir

Qayd etilgan


maknuna  28 Iyul 2006, 08:46:59

AbdulAziz:
Samo!
O`sha haqiqiy boyligimiz - iymonimizni his qilishimiz, u bilan yashashimiz, u bilan nafas olishimiz, har doimo shu bebaho boyligimizni qo`ldan boy bermasligimiz uchun nima qilishimiz kerak?

Samo:
Qalbimizga qongan g'uborlarni Imonni quvvatlaydigan hujjatlar bilan supurib(tozalab) turish kerak.
chunki shayton va nafs doimo kirlatib turibdi.

Qayd etilgan