Haqiqiy boylik nima???  ( 28636 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 B


maknuna  03 Avgust 2006, 08:38:11

kamol:
Yana bir eng katta boyligimiz - ota-onamiz.
Ularni qadrlaylik. Borliklarida ko`ngillarini olaylik. Keyin afsusda qolmaylik.

Qayd etilgan


maknuna  03 Avgust 2006, 08:38:33

Farzonochka:
Assalomu alaykum Kamol, fikrlarizga qoshilaman.
Biz uchun eng qadrli boylik-ota-oanmiz, ulaga teng keladigan birorta boylik,baxt topilmaydi!

Qayd etilgan


maknuna  03 Avgust 2006, 08:38:50

kamol:
Allohim bizni ota-ona ko`magida bu dunyoga keltirdi. Ular bo`lmasalar na bu dunyoni ko`rardik, bir tomchi o`laroq o`tib ketardik.
Allohim ularga o`zining mehridan bir mehr berdi. Shu mehrni ular bizga ulashadilar. Mana shu mehr - bizning boyligimiz. Uni yo`qotib qo`yishdan doimo qo`rqib yashayman. O`sha mehr tafti meni yuksaklarga ko`taradi. O`sha mehr meni yana yashashga, ular uchun ham yashashga undab turadi!

Qayd etilgan


maknuna  03 Avgust 2006, 08:39:29

shabon:
Assalomu alaykum forum qatnashchilari.
Хакикий бойликни мен кунгил хотиржамлигид деб биламан. Чунки бу нарсани бошимдан утказдим. Агар хотиржам була олмасангиз бу дунега сигмай кетар экансиз ва хеч нарса татимай колар экан.
Юкоридаги баъзи кишиларнинг фикри хам нотугри эмас. Яъни ота-онамизнинг борлиги. Уларнинг борлигини хис килиш учун ва энг катта бойлигимиз эканлигини билишимиз учун хам хотиржамлик керак экан.
Бугун менинг чунтагимда 450 сум пулим бор. Аммо хотиржамман ва Аллохга таваккал килганман ризкни етказгувчи УЗИ деб. Мен хозир жуда хам бадавлатман.

Qayd etilgan


maknuna  03 Avgust 2006, 08:39:54

assalom:
Ha, albatta ko'ngil xotirjamligi ham katta baxt. Lekin har qanday vaziyatda ham ko'ngilni hotirjam qilish yaxshi natijalarga olib kelavermaydi. Ba'zida shunday vaziyatlar bo'aldiki, ko'ngilni qanchalik hotirjam qilishga urinmay, qalb qurg'ur yonaveradi, yonaveradi...

Qayd etilgan


maknuna  03 Avgust 2006, 08:40:10

Shabon:
Салом, калбнинг ениши бу жуда катта мавзу. Хотиражлик эса ана уша енишнинг кулга айланиб кетмаслиги. Факат хотиржамликнинг битта емон томони шундаки, хаттоки ишламай хам куясиз.

Qayd etilgan


maknuna  03 Avgust 2006, 08:40:19

Ishlamay qo'yishgacha olib keladigan hotirjamlik - xotiri ja'm eamslikdan darakdir.
Hamma narsada me'yor bo'lganidek, hotirjamlikda ham me'yor bo'lishi kerak.
hamma narsani Allohga havola qilib, o'ziz harakat qilmasangiz bo'lmaydi. Tangri aytadi: Sendan harakat, Mendan barakat!

Qayd etilgan


maknuna  03 Avgust 2006, 08:40:30

shabon:
Макнуна биласизми нима, Аллох берганни тусгувчи йук, Аллох тусганни бергувчи. Агар Аллох хохламаса хеч нарсага эриша олмайсиз. Хотиржамликнинг узи меъер дегани эмасми? Айтмокчиманки, СИЗ нимаики килманг, агар Аллох хохламаса хеч кандай натижага эриша олмайсиз.

Qayd etilgan


maknuna  03 Avgust 2006, 08:40:39

Gaplaringizga qo'shilaman, shabon!
Lekin etmoqchi bo'ganim, inson har doim ham xotirjamlikka berilmasligi kerak. "Olma pish, og'zimga tush" bilan ish bitmaydi. Niyat bilan birgalikda harakat ham bo'lishi lozim.
   

Qayd etilgan


maknuna  03 Avgust 2006, 08:40:55

behzodbek:
Assalomu alaykum, Mohinur va Samolarning fikrlariga to'la qo'shilaman.

Haqiqiy boylik bu IYMON.
Wassalom.

Qayd etilgan