Teleseriallar haqida  ( 108754 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 ... 23 B


maknuna  28 Iyul 2006, 08:44:13

Kumushbibi:
Albatta.Hozirgi kunda yoshlarning dunyoqarashi,umuman o'zgarishiga ta'sir ko'rsatayoytgan asosiy omillardan biri.O'gil bolalarda bilmadimu,ammo qizlarda birinchi navbatda kiyinish etikasining o'zgarishi va yana bir qancha taqlidlar.Bu albatta achinarli xol.

Qayd etilgan


maknuna  03 Avgust 2006, 08:46:49

unknown:
To'g'ri "Kongil ko'chalari" yahshi serial ediku lekin 4 ta seriya ko'rsez zo'rg'ga ma'no chiqishi mumkin :(\

Men ham fikrizga qo'shilaman hozrgi qizlani kiyinishi o'g'il bolladan farqi yo'q. O'g'il billar ham shim kiyadi qizlar ham. Sochniku gapirmasayam bo'ladi...
Evropani kiyimini kiygan bilan evropalik bo'lib qomidi.
"Ho'rozqand evropaniki desa yotvolib yalashadiya" :D

Qayd etilgan


maknuna  03 Avgust 2006, 08:47:02

AbdulAziz:
Juda to`gri aytasiz, seriallar bilan birgalikda bizga Yevropacha yengil hayot tarzi ham kirib kelayapti. Buni ko`chadagi kiyinishlardan ham ko`rishingiz mumkin.

Qayd etilgan


maknuna  03 Avgust 2006, 08:47:30

AbdulAziz:
O`zi o`zbek seriallariga ko`z tekkan. Bir-ikki seriyasi chiqadi-yu, keyin daf bo`pketadi.

"Kongil ko`chalari"yam
"Domla"yam

Ha aytgancha yana bitta serial bor. Telezorda qo`yaverib jonga tegib ketgan. Askarlar to`g`risida: "Sardor" Maza-matrasi yo`q serial ???

Qayd etilgan


maknuna  03 Avgust 2006, 08:47:50

AbdulAziz:
Nega ko`proq qizlar shunaqa-a? Bilib-bilmay har xil narsalarga taqlid qilaverishadi?

Kumushbibi;
Negaki bu hayot shunaqa.Zamon o'zgargari sayin ularning ham o'zgargisi keladi.Bu holatni nafaqat qizlarda balki ba'zi yigitlarda ham kuzatishingiz mumkin.Tasavvur qiling ayol erining xoxishiga binoan hijobda,yoki o'zbekona kiyimlarda bo'lsayu,er ko'chada shim yoki kalta yupkalarda yurgan qizlarga havas qilsa.Albatta bu ularga qattiq ta'sir qiladi.Shundayin qizlarda ham.

Qayd etilgan


maknuna  03 Avgust 2006, 08:48:04

Shahina:
To`gri etasiz. Muammo faqat qizladamas. Bollayam yaxshi emas (hammasi ham emas). Ko`pchiligi shunaqa ochu-sochu qizlaga qiziqishadi-yu. o`zligini yaqinlarini bunaqaligini bilishmidi. :) :) :)

Qayd etilgan


maknuna  03 Avgust 2006, 08:48:24

AbdulAziz:
Gapingiz yuz foiz haqiqat!!!
Albatta, jamiyatimizning yosh avlodi kiyinish borasida va boshqa sohalarda ham ajdodlarini ortda qoldirdi va ular tushlarida ham ko`rmagan tasavvur qilmagan holatlar vujudga keldiki, uni ko`rib achinib ketadi, odam.

Qizlarni kiyinish harakatlari yigitlarni o`ziga jalb qilish. Agar yigitlar bunga xayrihohlik qilsalar, qizlar ham haddidan oshaveradi. Afsuski, yigitlarimizga hma bu holat yoqadi, shekilli, O`ylamaydilarmi, o`z singillarini, opalarini, bo`lg`usiz qalliqlarini... ???

Qayd etilgan


maknuna  03 Avgust 2006, 08:48:38

otabek:
Koreys va Meksika seriallari orasida qanday farq bor sizningcha? Qaysi biri hayotiyroq, deb o'ylaysiz?

Qayd etilgan


maknuna  03 Avgust 2006, 08:48:50

dilshod:
Otabek, manimcha koreys seriallari hayotiyroq, meksikaliklar juda bo`rttirvorishadi. :D

Qayd etilgan


maknuna  03 Avgust 2006, 08:49:00

otabek:
Koreys seriallaridagi qaysi jihatlarini yoqtirasiz?

Qayd etilgan