Teleseriallar haqida  ( 154946 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 ... 23 B


Margilanets  05 Sentyabr 2006, 07:44:08

AbdulAziz:

17-23 oktabr O'zbekiston televideniyelari dasturlarini kuzatamiz:
Ramazonga oyida ma'rifiy ko'rsatuvlar:
O'zTV I. Dushanba, 17.20-17.45 - "Ramazon tuhfasi"
O'zTV I. Seshanba, 17.20-17.45 - "Ramazon tuhfasi"
O'zTV I. Chorshanba, 17.15-17.40 - "Ramazon tuhfasi"
O'zTV I. Payshanba, 17.15-17.40 - "Ramazon tuhfasi"
O'zTV I. Juma, 17.15-17.40 - "Ramazon tuhfasi"
O'zTV I. Shanba, 9.40-10.00 - "Hidoyat sari"
O'zTV I. Shanba, 17.15-17.40 - "Ramazon tuhfasi"
O'zTV I. Shanba, 17.10-17.35 - "Ramazon tuhfasi"

SERIALLAR
O'zbekiston telekanali:
"Oshin" - dushanba, seshanba, chorshanba, payshanba, juma, shanba - soat 18.50 da
"Egizaklar" - dushanba, seshanba, chorshanba, payshanba, juma - soat 20.05 da
"Usta Hasan" - dushanba, seshanba, chorshanba, payshanba, juma - soat 22.05 da

Yoshlar telekanali
"Esmeralda" - seshanba, chorshanba, payshanba, juma - 22.50 da
"Kusto komandasining suvosti sarguzashtlari" - payshanba, juma - 11.45 da
"Dallas" - payshanba, juma - 16.45 da
"Muhabbat va ehtiros" - juma, shanba, yakshanba - 21.10 da

Toshkent telekanali
"Morena Klara" - dushanba, seshanba, chorshanba, payshanba, juma - soat 20.20 da

30 kanal
"Ayol zoti" - dushanba, seshanba, chorshanba, payshanba, juma - soat 21.00 da

TV Markaz
"Jemchujina dvorsa" - dushanba, seshanba, chorshanba, payshanba, juma - soat 19.10 da

Ushbu 5 ta telekanalda uzatilayotgan teleseriallar soni 10tani tashkil etmoqda.

Qayd etilgan


Margilanets  05 Sentyabr 2006, 07:44:27

qaysar:

Tushunarli, buyoqda Ramazoni sharif, TVda esa har xil bo'lar bo'lmas seriallar ekan-da!

Qayd etilgan


Margilanets  05 Sentyabr 2006, 07:44:38

Maknuna:

Hozir yana "Yoshlar" telekanalida ikkita yangi serialni qo'yisharkan, shu reklama qilishvotti:
"Haqiqat" - koreyscha
"Shubha" - meksikancha.

Qayd etilgan


Margilanets  05 Sentyabr 2006, 07:44:53

Behzodbek:

Assalomu alaykum, forumdagi qizlarimiz orasida serial ko'rmaydiganlar bormi?

Qayd etilgan


Margilanets  05 Sentyabr 2006, 07:45:03

Maknuna:

Va alaykum assalom!
Siz-chi?
Umuman serial ko'rmay(magan)sizmi?
   

Qayd etilgan


Margilanets  05 Sentyabr 2006, 07:45:16

Behzodbek:

Assalomu alaykum,
Men deyarli umuman serial ko'rmayman, desam ham bo'ladi. O'zbekiston kanallarida beriladigan seriallarni olib qarang. Ular xalqning turmushini buzishdan, ongini zaharlashdan boshqa narsaga yaramaydi. G'arbning eng iflos hayotini ochiqdan ochiq namoyish etadigan bunday seriallarni, afsuski, 7 dan 70 yoshgacha bo'lgan odamlar, bir oila-a'zolari, ota-bola, ona-bola birgalikda bu hayosiz manzaralarni tomosha qilishmoqda. Yana ayrim ochiq holatlarni uzib berishlarini ko'rib ensam qotadi. Xalqning milliy urf-odatlarini o'ylar ekanlar, nega bunaqa filmlar berishadi? Xurshid Davrondek bir ziyoli odam boshqaradigan TV da shunday seriallar qo'yilishiga hayronman. TV da ishlaydigan tanishimdan bu haqda so'raganman, u bu narsa unng qo'lida emasligini aytdi. Ishonasizmi, bunday seriallarning qo'yilishiga hatto siyosat aralasharkan. Odamlarni ovutib, chalg'itib turish uchun shular kerak ekan.

Yana bir gap. Agar diqqat qilgan bo'lsangiz, har bir qo'yilayotgan g'arb serialida xristianlikning propagandasi ham ketyapti, bu yerda hamma narsa qilish mumkin, xohlaganing bilan yur, o'ynash tut, hayotdan zavqlan wa xristian bo'l, xristianlikdahayotdan zavqlanasan, degan ma'no chiqyapti. Bu dahshat-ku. Bunisiga chidash qiyin. Ayniqsa, Paula degan bir serial bor edi, egizak qizlar haqida. Mana shu g'irt xristianlik ta'limotini targ'ib qiladi. Dahshat, ko'zimizni ochaylik, vatandoshlar, ko'r bo'lib bunday filmlarni ko'ravermaylik.

Chunki, biz musulmonlarmiz. Bizning o'z hayotimiz, qiymati tengsiz dinimiz,o'z sivilizatsiyamiz bor! Uni yo'qotib qo'ymaylik. Iymonimizni boy berib qo'ymaylik.

Qayd etilgan


Margilanets  05 Sentyabr 2006, 07:45:27

Assalom:

Kuyunchalik bilan bildirgan fikrlaringizga qo'shilaman. Seriallar orqali xalqimizning onfggiga g'arbning jirkanch illatlari ham o'rnashib bormoqda.
Xristiablikka propogandani ko'tarib bo'lmaydi. Hatto, jonsiz rasmlarga qarab "Ey Xudoyim" deya talp[inishlari, bunday e'tiqod orqasidagi yengil hayot...
Avvallari hech bo'lmasa ramazonda islomiy serial va kinolar ko'rar edik. Endi esa ramazonda ham Qaysar etkanlaridek, o'pishishi, quchoqlashish to'la seriallar qo'yilmoqda...
   

Qayd etilgan


Margilanets  05 Sentyabr 2006, 07:45:41

Otabek:

O'zbekiston televideniesida koreyscha seriallar ko'payib ketyapti...
Bunga qanday qaraysizlar?

Qayd etilgan


Margilanets  05 Sentyabr 2006, 07:45:54

Maknuna:

Turli xil bema'ni Meksika seriallaridan koreys seriallari yaxshiroq.
Chunki ularda tarbiyaviy jihatlar talaygina.
Yaqinda imperator saroyi, oshpaz, hamshiralari haqida serial boshlashdi. Judayam tarbiyaviy serial ekan. Boshqalarga o'xshab ochiq-sochiq serial emas. Uni ko'rgan odam tarbiya oladi, xolos.
Siz o'ziz nima deysiz? Koreyada ham odamlar seriallarga o'chmi?

Qayd etilgan


Margilanets  05 Sentyabr 2006, 07:46:08

Farzonochka:

Xa, maknuna fikrlarizga qoshilaman, kores xalqining kopgian jihatlari ozbeklaga oxshab ketadi.
Biroq Meksika,.... ozim kormimanu biroq kocha-kuyda ham shuni muxokamasi ... mayli ozligi bilishadiyu, lekin man bunga qarshiman, iloji bosa shula qoyilamsa...

Qayd etilgan