Teleseriallar haqida  ( 154812 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 ... 23 B

Margilanets  05 Sentyabr 2006, 07:46:20

Shamshir:

Assalomu alaykum,azizlar...
avvallari ham ko`p TV ko`rmasdim. Ochig`i hozir ham shu uzoqroq yuraman seriallaridan.Bu ming bir kecha ertaklaridan ham yomon.Shunga qarshi 8-9 oy bo`ldi jihod elon qildim. Muntazam kuzatib boraigan seriallarim yoq.Yashirmayman ,,Dallas,,ni qiziqib korganman.O`zimizning yaxshi seriallar bolsa korsak boladi, bu jihatdanku maqtanadigan film yoq ochigi.Keyin shu qadar seriallarni chala qoyib berishganki, har qanday odamni ham asabini o`ynatishi aniq.Masalan Dallas, Kongil kochalari, Domla, Charxpalak...qaysi birini aytib kuyay, shunchun TV ham korib otirmayman.
Meksika va korey filmlari haqida baxslarizga bir narsa, koreyslar ham qaysidir manoda toliq tarbiyaviy kinolar yaratmaydi.Aslida ular bilan bizning madaniyatimizda biroz tafovvut bor.Institutimizda 30 dan ortiq koreyslar bor. Yigilib olib biram ichadi, chekadi, boshqa ishlari ham bizga togri kelmaydi.lekin yaxshi ular seriallarda hayotni chiroyliroq korsatib beradi.
Hayrulla Hamidovning kassetasini eshitganimda, bir qiz olgandan keyin uning burnilaridan ham hushboy modda kelgan ekan.Sabablaridan biri u umuman seriallar kormagan ekan.shunaqa ayollarni bu seriallarni kormang deb cheklolmaymizku baribir, chunki ayam ham bazi kinolarni korib otiradi, shu nima kerak desam dam olamanda deb qoyadilar.Iloj yo`q oldilarida o`tirib qarab otiramiz.....

Qayd etilgan

Margilanets  05 Sentyabr 2006, 07:46:30

maknuna:
Ha, mana shunday bema'ni seriallar ataylabdan berioladi, shekilli, TVda!
Chunki, ko'pchilik, mana shu seriallar og'ushida ko'p narsani unutib qo'yishadi. Serial ketidan yengisini tomosha qilib o'tirishuradi.
Sho'tta AbdulAziz yozgandilar shekilli, qaysi qishloqda chollar seriallarni ko'rish bahonasida xuftonga chiqmiy qo'yishibdi.
Bu albatta kulgili hol. Lekin aslida judayam ayanchli holdir. Oldinlari ramazonda bo'lsayam yaxshi serialla berishardi, hozir shulayam yo'q. Axloqiy buzuq seriallarni qo'yishuradi-qo'yishuradi. Ko'chaga chiqsez, shu bema'ni seriallaga taqlid qivotgan yoshlani uchratasiz, shunday qilib jamiyatimiz ham buzilib ketvotti shu serialladan...

Qayd etilgan

Margilanets  05 Sentyabr 2006, 07:46:42

Otabek;

TVda berilayotgan "Saroy javohiri" seriali haqida nima deysizlar?

Qayd etilgan

Margilanets  05 Sentyabr 2006, 07:46:53

Noza:

BU SERIALNI MARKAZ TV DA QO'YISHGANDI.
MAN HAM KO'RDIM. JUDA YAHSHI SERIAL.
KO'RISHNI TAVSIYA ETAMAN.

LEKIN KOREYS KINOLARIDA BIR NARSAGA HAYRON QOLAMAN.
ULARDA SHUNCHALI BO'SH ODAM HAM BO'LADIMI.
KO'P KOREYS SERIALLARIDA QIZLARNI JUDA HAM SODDA QILIB KO'RSATISHADI.
ROSTAN HAM SHUNAQAMIKIN?

Qayd etilgan

Margilanets  05 Sentyabr 2006, 07:47:19

Shamshir:

TVda berilayotgan "Saroy javohiri" seriali oshpaz qiz haqida bolsa, man 2 seriyasini kordim.Oshin degan serialga oxshagan tarbiyaviy ahamiyati bor film....,,Shubha,,dan kora (uni ham 2 seriya korganman)shuni korishsa yomon bolmasdi. Ha Otabek,sizda TV ni kuzatib borish imkoniyati qanaqa?

Qayd etilgan

Margilanets  05 Sentyabr 2006, 07:47:39

Assalom:

Assalomu alaykum!
Hozirgi kunda juda ko'p seriallar TVmizda qo'yilvotti!

Ularning ta'siri jamiyatga juda katta bo'layapti.
TVga qarasangiz seriallarning keti tugamaydi. Biri tugasa ikkinchisi boshlanadi.

Bu narsa esa odamlarimiz psixologiyasida juda katta yemirilishlarga olib kelmayaptimikan?

Qayd etilgan

Margilanets  05 Sentyabr 2006, 07:47:49

Maknuna:

Ha, judayam aktual muammo.

Bu haqda ko'p gapirish mumkin.
Hozirda yoshlarni buzish, kattalarni "tinch" o'tirishga mo'ljallangan eng katta propogandalardan biri - SERIALlardir...

Qayd etilgan

Margilanets  05 Sentyabr 2006, 07:48:01

Abdulaziz:

To'g'ri aytasiz, seriallar orqali jamiyat madaniyatiga juda katta ta'sir o'tkazish mumkin.
Hozirgi global dunyoda informatsiya orqali madaniyat va g'oyalar singdirishga intilish juda kuchaygan. Dunyoda kim ko'proq o'zi haqida informatsiya tarqatsa, shu davlat madaniyati, g'oyalari boshqa yurtlarda ham keng targ'ib etilyapti.

Mustaqillikdan keyingi O'zbekiston televideniyesida berilgan seriallar ommaviy madaniyatga juda katta ta'sir o'tkazdi. Bu narsa eng avvalo kiyinish madaniyatida yaqqol ko'zga tashlanadi. Serial qahramonlariga taqlid qilish, ulardek bo'lishga, ulardek kiyinishga intilish odamlar uchun urfga aylanib ulgurgan.

Ayni paytdagi statistikaga nazar tashlaydigan bo'lsak, hozirda bozorda koreys parfyumeriya va boshqa mahsulotlariga bo'lgan talab oshibdi. Bunga bir tomondan TV da berilgan, berilayotgan seriallar ham sabab bo'lgan. Seriallar ba'zida reklama vositasi vazifasini ham bajaradi.

Mutaxassislarning fikricha, hozirgi paytdagi bo'lar-bo'lmas, ochiq-sochiq ga'rbona kiyinish madaniyati aynan shu seriallar va AQSh filmlari ta'sirida yuzaga kelgan ekan. Tomoshabin, ayniqsa ayollar psixologiyasida serial qahramonlari ideal darajasida bo'larkan. Shuning uchun ham ular shu qahramonlardek kiyinishga, ish yuritishga harakat qilarkanlar.

Seriallarning axloq-odobga ta'siri ham juda kattadir. Bu haqda keyinroq...
   
Qayd etilgan

Margilanets  05 Sentyabr 2006, 07:48:41

AbdulAziz:

Assalomu alaykum!
Ma’lumki, seriallar jamiyat hayotiga juda katta ta’sir ko’rsatadi. O’zbekiston televideniyesida ham 10 dan ortiq seriallar namoyish etiladi. Eng ommabop seriallar "œO’zbekiston" va "œYoshlar" telekanallarida uzatiladi. Seriallarning efir vaqti esa asosan chas-piklarga to’g’ri kelyapti. TVda bir serial tugashi bilan boshqa kanalda ikkincvhisi boshlanadi. Qarabsizki, kechgacha televizor tagidan ketolmaysiz (agar siz serial jinnisi bo’lsangiz). Quyidagi ro’yxatda davlat telekanallarida berilayotgan seriallarning davomiyligini kuzatishingiz mumkin. Shuningdek, xususiy telekanallarda ham birqancha seriallar efirga uzatiladi.

Davlat telekanallaridagi seriallarning davomiyligi:

DUSHANBA
09.30. "œТалисман" ("œSport" telekanali).
14.05. "œShubha" ("œYoshlar" telekanali).
20.10. "œIshq ertagi" ("œO’zbekiston" telekanali).
20.30. "œКамила" ("œToshkent" telekanali).
21.00. "œShubha" ("œYoshlar" telekanali).
21.50. "œПрерватности любви" ("œSport" telekanali).
22.00. "œYarqiroq tosh siri" ("œO’zbekiston" telekanali).
22.50. "œEsmeralda" ("œYoshlar" telekanali).

SESHANBA
09.20. "œТалисман" ("œSport" telekanali).
11.20. "œIshq ertagi" ("œO’zbekiston" telekanali).
12.45. "œYarqiroq tosh siri" ("œO’zbekiston" telekanali).
15.05. "œDallas" ("œYoshlar" telekanali).
20.10. "œIshq ertagi" ("œO’zbekiston" telekanali).
20.35. "œКамила" ("œToshkent" telekanali).
21.00. "œShubha" ("œYoshlar" telekanali).
22.00. "œYarqiroq tosh siri" ("œO’zbekiston" telekanali).
22.40. "œEsmeralda" ("œYoshlar" telekanali).

CHORSHANBA
08.35. "œEsmeralda" ("œYoshlar" telekanali).
09.20. "œТалисман" ("œSport" telekanali).
10.15. "œShubha" ("œYoshlar" telekanali).
11.20. "œIshq ertagi" ("œO’zbekiston" telekanali).
12.45. "œYarqiroq tosh siri" ("œO’zbekiston" telekanali).
13.30. "œRey Bredberi teatri" ("œYoshlar" telekanali).
15.05. "œDallas" ("œYoshlar" telekanali).
20.10. "œIshq ertagi" ("œO’zbekiston" telekanali).
20.30. "œКамила" ("œToshkent" telekanali).
21.00. "œShubha" ("œYoshlar" telekanali).
21.50. "œПрерватности любви" ("œSport" telekanali).
22.00. "œYarqiroq tosh siri" ("œO’zbekiston" telekanali).
22.40. "œEsmeralda" ("œYoshlar" telekanali).

PAYSHANBA
08.50. "œEsmeralda" ("œYoshlar" telekanali).

JUMA

15.00. "œDallas" ("œYoshlar" telekanali).
20.10. "œIshq ertagi" ("œO’zbekiston" telekanali).
20.30. "œКамила" ("œToshkent" telekanali).
21.00. "œShubha" ("œYoshlar" telekanali).
21.50. "œПрерватности любви" ("œSport" telekanali).
22.00. "œYarqiroq tosh siri" ("œO’zbekiston" telekanali).
23.00. "œEsmeralda" ("œYoshlar" telekanali).

SHANBA
08.40. "œEsmeralda" ("œYoshlar" telekanali).
09.30. "œТалисман" ("œSport" telekanali).
10.10. "œShubha" ("œYoshlar" telekanali).
10.55. "œIshq ertagi" ("œO’zbekiston" telekanali).
12.45. "œYarqiroq tosh siri" ("œO’zbekiston" telekanali).
23.40. "œEsmeralda" ("œYoshlar" telekanali).

YAKSHANBA
08.55. "œEsmeralda" ("œYoshlar" telekanali).

Jami 9 ta serial har hafta Tvda aylanayapti. "œO’zbekiston" va "œYoshlar" telekanalidagi seriallar o’zbek tilida, "œSport" va "œToshkent" kanallarida berilayotgan seriallar esa rus tilidadir.

Qayd etilgan

Margilanets  05 Sentyabr 2006, 07:49:06

AbdulAziz:

O’zbekiston televideniyesida serialdan boshqa ma’niliroq dasturlar qolmadi, shekilli, hammayoqni serial bosib ketdi. Seriallardan chiqadigan foyda esa ma’naviyat, madaniyatning barbod bo’lishidan nariga o’tmayapti. Bu efir soatlarining o’rniga xalq uchun, yoshlar uchun foydaliroq boshqa dasturlar tashkil etilsa bo’lmaydimi? Birgina "œYoshlar" kanalini tahlil qilib ko’rsak. Bu kanalda chorshanba, payshanba kunlari 6 mahal (!) serial efirga uzatilmoqda. Boshqa telekanlarning efir soatlari haqida quyida tanishishingiz mumkin:

Davlat telekanallarida seriallarga ajratilgan efir soatlari

DUSHANBA
"œO’zbekiston" kanali — 02:00 soat.
"œYoshlar" kanali — 02:00 soat.
"œToshkent" kanali — 00:30 soat.
"œSport" kanali — 01:40 soat.

SESHANBA

"œO’zbekiston" kanali — 03:40 soat.
"œYoshlar" kanali — 02:00 soat.
"œToshkent" kanali — 00:25 soat.
"œSport" kanali — 00:40 soat.

CHORSHANBA

"œO’zbekiston" kanali — 03:40 soat.
"œYoshlar" kanali — 04:25 soat.
"œToshkent" kanali — 00:30 soat.
"œSport" kanali — 01:40 soat.

PAYSHANBA
"œO’zbekiston" kanali — 03:45 soat.
"œYoshlar" kanali — 03:50 soat.
"œToshkent" kanali — 00:30 soat.
"œSport" kanali — 01:40 soat.

JUMA
"œO’zbekiston" kanali — 03:50 soat.
"œYoshlar" kanali — 03:50 soat.
"œToshkent" kanali — 00:35 soat.
"œSport" kanali — 01:40 soat.

SHANBA
"œO’zbekiston" kanali — 01:40 soat.
"œYoshlar" kanali — 01:50 soat.
"œToshkent" kanali — 00:00 soat.
"œSport" kanali — 00:40 soat.

YAKSHANBA
"œO’zbekiston" kanali — 00:00 soat.
"œYoshlar" kanali — 00:30 soat.
"œToshkent" kanali — 00:00 soat.
"œSport" kanali — 00:00 soat.

Qayd etilgan