Teleseriallar haqida  ( 120167 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20 ... 23 B


Margilanets  05 Sentyabr 2006, 07:54:08

Maknuna:

Judayam to'g'ri!
Jamiyatimizning har bir a'zosi mana shunday bema'ni seriallardan zararlanmoqda.

Qayd etilgan


Margilanets  05 Sentyabr 2006, 07:54:21

gareeb:

Serial ko'rmay qo'yganimga 7-8 yil bo'ldi shekili.Umuman o'zi TVni kamdan kam ko'raman, uyda TV yo'q.

Qayd etilgan


Margilanets  05 Sentyabr 2006, 07:54:40

Assalom:

Ko'rmayinam, kuymayinam, prinsipiga amal qilib judayam to'g'ri ish qilar ekansiz.
Manam umuman serial ko'rmiyman.

Qayd etilgan


Margilanets  05 Sentyabr 2006, 07:54:52

Mubashshir:

Assalamu alaykum. Teleseriallarni deyarli foydali tomonlari yo'q.Chunki har kimni iymoni va aqli har hil, teleseriallardagi voqealarni hamma o'zicha tushunib o'ziga foydali va yoqqan tomonlarinigina oladi menimcha. "Odobni odobsizdan o'rgan" degan maqolga hamma amal qilsaku yahshi, lekin hamma ham unday emasda. Shuning uchun teleseriallarni yoqtirmayman. Hamma seriallarni qahramonlarini musulmonlarga mos kelmaydigan tomonlari juda ko'p. Hatto turk kinolari ham shunaqa, hozir berilayotgan "Ishq ertagi"ni olaylik, bundagi hamma yahshi ko'radigan bosh qahramonlar,hatto qizlar ham mast bo'lishgunicha ichishadi. Allohni ismini aytib yana ichishlari ba'zi yoshlarga salbiy ta'sir qiladi,menimcha.Umuman olganda oltinga teng vaqtni sarflab bunaqa kinolarni ko'rish menga yoqmaydi. Alloh bizlarni adashtirmasin.Amiyn.

Qayd etilgan


Shoxjahon12  05 Sentyabr 2006, 12:33:48

shoir:

Yomonlash emas-u, koreyadagi o'rtog'imning aytishicha, koreyslar shayton suviga juda mukkasidan ketishgan ekan.
Gaplaringiz to'g'ri. Ular ichkilikka juda ruju qo'yishgan. "Ichish madaniyati" degan ibora bor ularda... Biz o'zbeklarda ota-o'g'il birga aroq ichayotsa, bu holatni ko'rganlar "he, beting qursin!", deyishi aniq. Koreyslarda ota-o'g'il birga aroq ichishi juda yuksak madaniyat sifatida e'tirof etiladi. "barakalla, otasi o'g'liga ichishni o'rgatibdi!", deb yuqori baho berishadi. Madaniyatlarimizdagi farqli jihatlardanbiri - bu.

Qayd etilgan


Nodi  24 Oktyabr 2006, 20:14:52

Seriallar haqida serial

Seriallarning biz bo‘ydoqlar hayotiga ham ta’siri kuchli bo‘ldi. Masalan, sevib yurgan qizingiz birdan serial qahramoniga o‘xshab qolsa...
Shu o‘rinda bir ma’lumot: aytishlaricha, kechagina Esmeralda kabi paypaslab yurishni «moda» qilgan qizlar, so‘ngra Gvadalupega o‘xshab oqsab yurgisi kelib qolibdi.
— «O‘sha» ham        yostiqday yumshoq, muloyim qiz edi. «Pavula» boshlanib, cho‘rtkesar bo‘lib qoldi. Demak qizlarning xarakteri o‘zgarishini «programma»ga qarab bilsa bo‘lar ekan-da.
Bir kuni Nayzagulni, ya’ni «o‘sha»ni ko‘rib qoldim. Qaysidir serial qahramoniga o‘xshab, sochlarini sariqqa bo‘yab olibdi. Xuddi temir zanglaganday shoirligim tutib ketdi:
Sochlaringni sariqqa bo‘yab nima qilasan?
Soch ostida iljayib, qarab nima qilasan?
Qilg‘ilikni qilib qo‘yib, tirjaymagin Sanamjon.
Nima emish, men ham sochimni sariqqa bo‘yab, bo‘ynimga sharf osib yursam, Junsanga o‘xsharmishman. He, o‘rgildim Junsan-Punsaningdan. Ko‘zimni qisib yursam qanday bo‘ladi?
Vaqtida shu Junsang ham boshga bitgan balo bo‘lgan. Bir kuni kechasi, shu deng, Nayzagulni kutaman, hech chiqmaydi. Derazani chertaman, hech chiqmaydi. Keyin bilsam, «Junsang»ni ko‘rib o‘tirgan ekan. Shartta bir parcha qog‘ozga she’r yozdim-da, qoldirib ketdim.
Kelsam agar chiqmagin,
Kino ko‘rib o‘ltirgin.
Menga emas, Junsangga
Chap yuzingni o‘ptirgin.
Ha, darddosh, bemaza qovunning urug‘day ko‘p seriallari ancha-muncha narsaga ta’sir qilayapti. Hatto vaqtga hukmini o‘tkazmoqda.

Dardisar JIZZAXIY
Farruh JABBOROV

Qayd etilgan


Shoxjahon12  25 Oktyabr 2006, 11:46:19

"Yoshlar" teleradiokanalida berilayotgan "Shimol tafti" seriali haqida nima deysizlar?

Qayd etilgan


Mahdiyah  01 Noyabr 2006, 18:55:48

Yaqinda Markaz TV da namoyish qilingan "Birkam dunyo" seriali haqida qanday fikrdasizlr?

Qayd etilgan


Nodi  02 Noyabr 2006, 13:28:23

Afsus ikkalasini ham ko;'rganim yo'q.

Qayd etilgan


Nodi  07 Noyabr 2006, 07:26:11

Yaqinda Markaz TV da namoyish qilingan "Birkam dunyo" seriali haqida qanday fikrdasizlr?

O'zingiz biroz hikoya qilib bering. Qanaqa ekan?

Qayd etilgan