Teleseriallar haqida  ( 109614 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 13 14 15 16 17 18 19 20 21 22 23 B


Asal  03 Mart 2007, 19:57:36

Hozir sila ko'rvossilami ketmaket kinola berishvotti bittasi yoshlarda bittasi tv1 da yoshlarda Muhabbat dardlari unda behayo joylari umuman uchramidi.TV1 da esa Oila rishtalari bu kinoda faqat oila qurish va oilani boshqarish xaqida.Yana TV1 da Ikki taqdir seriali u kino xam xuddi Oila rishtalariga o'xshidi,faqat egizaklar xaqida.Yoshlarda Salomeya ufffffff eng yomon ko'rgan kinoyim uni ko'rmiman o'lgide yomon ko'raman alkashla xaqida.Xo'sh bu kinolar xaqida nimala disila.

Qayd etilgan


Murod_bek  06 Mart 2007, 19:25:04

 Assalomu Alaykum!
Keyin "O'zbekkino" umuman barcha hozirgi kunda chiqayotgan filmlardagi mazmum mohiyat...

Qayd etilgan


oyqiz  04 Aprel 2007, 21:46:35

Man hozir turk seriallaridan"ezo gelih, binbir gece"kuryapman juda yoqdi.

Qayd etilgan


lolo  17 Aprel 2007, 14:08:35

Mazza qilib Reklama ko'rib o'tirsak orasida qanaqadur serillar qo'yip qoladi: KinoliKor, Oshin, Nurhayot, koreyscha, hitoycha va hokazo.

Qayd etilgan


Shoxjahon12  21 Aprel 2007, 12:01:03

"œZinoli qor" yoki xiyonatni targ‘ib qilayotgan serial     


Ushbu maqolani yozishdan oldin yozsammi, yozmasammi deb ko‘p o‘yladim. Oxiri o‘z fikrimni gazeta orqali Sizlar bilan bo‘lishmoqchi bo‘ldim. Kimdir fikrimga qo‘shilishi yoki umuman qarshi bo‘lishi mumkin. Qarshi fikr bildirmoqchi bo‘lganlar bilan baxslashishga tayyorman.
"Muhabbat dardlari yoxud xinoli qor" teleserialini ko‘rayotgan bo‘lsangiz kerak. Umuman olganda bunday saviyasi past seriallar muntazam ravishda xalqimizga taqdim qilinib kelmoqda. Serialni ko‘rib, yoqamni ushladim. "Astag‘firulloh" deyishdan o‘zga so‘zga o‘rin yo‘q! Serial bosh qahramoni Nazar eriga ochiqchasiga xiyonat qiladi. Ali muallim ham uni bu yo‘ldan qaytarmaydi. Nazar xiyonatini eriga faxr bilan aytadi. Serial o‘zi nima haqda, o‘zi? Serial sevgini tarannum etmoqchi, desangiz adashasiz. Bunaqa sevgini boridan yo‘g‘i ma'qul emasmi?

Eng alam qilgani, xiyonatni serial oqlaydi, hatto targ‘ib qiladi. Ha, endi bu serial turklarniki deyishingiz mumkin. Lekin turklar ham musulmon millati shekilli?! Islomda eriga xiyonat qilish u yoqda tursin, hatto o‘zga erkakning ko‘ziga tik qarash gunoh sanaladi. Serialda loaqal boshqa oilalar bu gonohdan uzoqroqdar, desangiz yana bir bor adashasiz. Masalan, Zahroni olaylik. Nima bo‘lgan taqdirda ham erining ruxsatisiz hatto uydan ko‘chaga chiqqan ayolni, to uni eri kechirmagunicha ibodatlari qabul bo‘lmasligini bu ayol yo bilmaydi yoki bilsa ham gunohdan toymaydi. Serial ijodkorlari bu bilan nima demoqchi? Ey, ayollar bemalol eringizga bildirmasdan uydan ko‘chaga chiqishingiz mumkin, agar sevganingiz bo‘lsa, u holda eringizga bildirmasdan u bilan uchrashing, xiyonat qilishingiz ham mumkin, demoqchimi? Yo‘q, kechirasiz, bu bizning muslima ayollarimizga xos emas! Shunday deyman-u, yana o‘ylanib qolaman, axir shu paytda hamma o‘zbek xonadonlarida "Muhabbat dardlari"ni ko‘rishayotgani meni uyaltirib qo‘yadi.

Ba'zi bir hind kinolarini ko‘rganimda, ongi pastlar uchun ishlab chiqarilgandek tuyulardi. Endi televideniemiz orqali Turkiya, Braziliya seriallari ham shular qatoriga qo‘shildi. Saviyasi past, tarbiyaviy tomondan hech qanday ahamiyatga ega bo‘lmagan, faqat gunohga boshlovchi seriallardan voz kechish vaqti kelmadimikin?! Nahot ketgan vaqtingizga achinmasangiz?!

To‘g‘ri, Siz ketkazgan vaqtingiz evaziga qancha-qancha insonlar oylik maosh oladi, oilasini boqadi. E-ha, bu masalani yana boshqa tomoni. Keling, bu mavzuni ochiq qoldiramiz...

Buva-buvilar, ota-onalar, aka-uka, opa-singil, kelinlar, qolaversa, nevaralar bilan birga o‘tirib televizor tomosha qiladigan o‘zbek xonadonida, hech kim televizordan ko‘zini olib qochishga majbur qilmaydigan seriallar ishlab chiqarish vaqti kelmadimikin?!

Agar hozir shu paytda ota-bobolarimiz, tarixda o‘tgan buyuk insonlarimiz yonimizda bo‘lganida taxminan shunday deya xitob qilishardi. "Ko‘z zinosidan yuzingizni buring!"

Dilfuza Abdujabborova

www.hurriyat.uz
 

Qayd etilgan


Qoplon  21 May 2007, 11:29:57

salom manga umuman teleseriallar yoqmaydi

Qayd etilgan


Mahzunabonu  21 May 2007, 12:30:58

Manga turk seriallari juda yoqadi,"Binbir geche","Gumush","Ezo gelin" seriallari judayam qiziqarli va ma noli seriallar

Qayd etilgan


Amina  05 Iyun 2007, 09:47:44

Assalomu alaykum1
Teleseriallar haqid agpa ketadigan bolsa, manimcha ulada tarbiyaviy ahamiyat deyarli yoq. Ayniqsa Meksika, seriallarida.
Turkcha seriallarga kese, ulani birinchilari yaxhsi ediyu, ammo hozir ual ham unchali qiziq emas. Lekin mani fikrimcha yosh bolalaga umuman serial korsatmaslik ma`qul!

Qayd etilgan


Laylo  06 Avgust 2007, 02:17:17

Assalomu alaykum!
Men tushunmay qoldim. Agar seriallar fahsh, buzg'unchilikni, kufrni targ'ib qilsa, nega uni TVda hammaga namoyish etishadi?
Bundan maqsad nima?

Qayd etilgan


Abdulholiq  06 Avgust 2007, 02:49:38

Man ancha bo'ldi TV da ba'zida futbol yoki yangiliklar ko'raman holos,seriallar haqida gap bo'lishi mumkin emas.Uyda dadamlar ham hech kimga ko'rishga ruhsat bermas edilar.Sizlarga ham ushbu usulni qo'llashni maslahat beraman.

Qayd etilgan