Teleseriallar haqida  ( 109613 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 14 15 16 17 18 19 20 21 22 23 B

Nozigul  16 Sentyabr 2007, 15:16:08

Manga turk dizilari yoqadi Genco, Kavak yelleri, Menekse ile Halil

Qayd etilgan

Foniy  12 Avgust 2009, 19:29:31

Ba'zi teleseriallar bor - tarbiyalashi, yaxshi tomonga yo`naltirishi mumkin, lekin ba'zilari-chi?..
... yomon qovunga o`xshab urug`lab ketgan, bir-biridan "ajoyib" va "g`aroyib" ba'zi "zamonaviy" teleseriallardan "ibrat" olayotganlar ham yo`q emas, yetarlicha topiladi.
Qani endi, TV kanallar tarbiyaviy ahamiyatlarga ega, o`zimizning milliy mentalitetimizga yaqinroq, yoshlarimizning ongiga ijobiy ta'sir ko`rsata oladigan seriallarni ko`proq namoyish qilishsa?!.

Qayd etilgan

Abdulhafiz  12 Avgust 2009, 22:17:06

Ba'zi teleseriallar bor - tarbiyalashi, yaxshi tomonga yo`naltirishi mumkin, lekin ba'zilari-chi?..
... yomon qovunga o`xshab urug`lab ketgan, bir-biridan "ajoyib" va "g`aroyib" ba'zi "zamonaviy" teleseriallardan "ibrat" olayotganlar ham yo`q emas, yetarlicha topiladi.

So'nggi paytlarda koreys tarixiy seriallarini namoish etilyapti. Bu seriallarni ko'pchilik qiziqib ko'ryapti ekan, lekin bu yosh bolalarga juda qattiq ta'sir qilyapti. Ko'cha kuyda qo'liga yog'ochdan qilich kamonlar ushlab olib urishishgani urishishgan, biri yig'layotgan biri qochayotgan. Bu judayam xunuk holat. Iloji boricha bolalarni serialladan chetlataylik.

Qani endi, TV kanallar tarbiyaviy ahamiyatlarga ega, o`zimizning milliy mentalitetimizga yaqinroq, yoshlarimizning ongiga ijobiy ta'sir ko`rsata oladigan seriallarni ko`proq namoyish qilishsa?!.

Qani endi, shunday bo'lsa.

Qayd etilgan

Munira xonim  29 Avgust 2009, 11:11:02

Assalamu alaykum.
Teleseriallar,ehh bu haqida juda ko'p gapirilgan, bundan keyin esa undan ham ko'p gapiriladiganga o'xshaydi.
TVda namoyish qilinayotgan serillar insonni ibodatdan, zikrdan chalg'itadigan manbaadan boshqa narsa emas. Bolalarni tarbiyasiga salbiy ta'sirini esa umuman gapirmasa ham bo'ladi.
Hozirgi bolalardan Rasuling kim, U zotni otalarini ismini bilasanmi desa, Marsdan tushgan kishi bilan gaplashyotgandek yelka qisadi, lekin Jumongni otasi kim desangiz aniq javob bera oladi. Tili endi chiqqani ham buni ayta oladi. Bu soz'alrga tilini kelishganiga hayron qolasan kishi. Buni eshitgan ota-onalar esa bolalar katta narsani o'rgangandek hursand ham bo'lishlari odamni hayron qoldiradi.
Bunda ayb albatta bolalarda emas. Ayb ota-onalarda, buvi buvalarda. Buni hamma biladi, lekin buni to'xtatish hech kimni hayoliga kelmaydi. Bechora bolalar oilasidan olmagan tarbiyani, TVlardagi  serial qaxramonlaridan oladida. Bu esa yana Islomga Iymonga borib taqaladi. HAqiqiy IYmon egasi bo'lgan muslim va muslimalar o'z farzandlarini hech qachon bunday girdobga tushib qolishlarini xohlashmagan bo'lishardi.
Xullas, gapirsa gap ko'p.
Dinimiz keljagi bo'lgan, bizni orqamizdan duo qilib qolguvchi, bu beg'ubor Allohning omonatlarini, Jannatning rayhonlarini haqiqiy musulmon qilib tarbiya qilaylik. Buni har bir kishi o'z oilasidan boshlashi lozim. Alloh bizga bu yo'lda O'zi sabr, salohiyat, aql bersin....

Qayd etilgan

Shoxjahon12  08 Sentyabr 2009, 13:46:18

Yaxshi seriallar ham bor. Tarixiy, tarbiyaga to'g'ri keladigan seriallar yetarlicha topiladi.

Qayd etilgan

Shoxjahon12  08 Sentyabr 2009, 13:51:28

Har bir serial ijodkori ma'lum bir maqsadni ko'zlab serialni suratga oladi. Xalqni ongini zaharlayman,deb ishlamasa kerak har holda... To'g'ri, pul ishlash serialning maqsadlariga kiradi. Lekin yomon tarbiya berishni maqsad qilmasa kerak.

Qayd etilgan

Hadija  08 Sentyabr 2009, 20:59:46

Yaxshi seriallar ham bor. Tarixiy, tarbiyaga to'g'ri keladigan seriallar yetarlicha topiladi.

Deylik Jumong-mi?!
Yaqinda stomotologda o'tirganimda ikkita katta ya'ni 60 yoki undan kam kattaroq yoshdagi amakilar suhbatiga guvoh bo'lib qoldim, istamas holatimda. 5 yoshlik nevaralari Jumongni bir-birini pichoqlab urushayatgan joylarini qattiq stres va hayajon, intiqlik bilan ko'rishayotganini hattoki ota-onasining gaplarini ham eshitmayatgan ekan. Kino tugagach uyquga ketar chog'da, bobojon manam katta bo'sam yaxshi urushadigan, dushmanlani so'yib tashliyman-a? deb bobosiga mo'ltirab turganmush. Nabirasini bu savoliga hangu mang bo'lib bobo behchora mung tishlab hayron bo'lganini yonidagi birodarlariga aytib turgandila...
Ho'sh ayting-chi, shu tarixiy seriallar qanchalik ibratli?!

U ham mayli O'zimizning o'zbek seriallari.
Albatta tan olish kerakki, kundan kunga aktyorlar soni ko'payib har hil kino va seriallar ko'paymoqda. Afsuski quvonarlik ham pichoqqa ilarlik hali ishlandi deyish qiyin.
Masalan, hozir tele ekranlarda namoyish etilayotgan "tutash taqdirlar" serialini olib qaraylik. To'g'ri bir tomondan qaraganda hozirgi kunimizdagi ayni holatlar tanqid ostiga olib chiqilgan ammo bu serial ham tanqiddan holi emas. Deylik, yangi kelin bo'lib tushgan qiz, qaynonani aldab, Onasini uyiga borib uhlab kelishi, bu qanchalik to'g'ri?!
Yoki "Dil payvandi" seriali, qishloq va mahallaning muammosini ko'tarib chiqishganuuu.... :)

Mayli, tanqid qilay desa, yoki kamchilik topay desak har bitta odam ham kamchilikdan holi emas, ammo achinarlisiki o'sha kamchilikni bila turib qilishimiz va kamchilikni to'g'irlay olmayotganimiz, bizning eng katta kamchiligimiz deb o'ylayman...

Qayd etilgan

Afruza  09 Sentyabr 2009, 00:13:06

Ochig'i, necha oydirki, u kanaldan bunisiga olmoqchi bo'lsam, koreys seriallari chiqib qoladigandek tuyuladi. Qoyil, ular o'z tarixini shunday yo'l bilan dunyoga tanitishmoqda. Ko'pchilik o'zbek oilalarida bu seriallar sevib tomosha qilinmoqda. Lekin nega koreys xalqidan kam bo'lmagan o'zimizning o'zbek tariximiz haqida film berilsa bunday qiziqish bilan ko'rilmaydi. Bizda texnika yaxshi rivojlanmaganmi? Kino sanoati bo'yicha Bollivuddan yaqinda o'zib ketadigan o'zbek kino ijodkorlari shunga biroz e'tibor berishsa yaxshi bo'lardi.

Seriallarga uncha toqatim bo'lmasa ham "Tutash taqdirlar"ni ko'rib maza qildim. Haqiqiy o'zbekona hayot ikir-chikirigacha ko'rsatib berilgan.

Qayd etilgan

siddiqa  09 Sentyabr 2009, 04:45:32

serial ko'rishga sabr kerak bo'lsa kerak ,serilalarsiz ham kun o'tadi hayotimizni o'zi serialkuu :13,tutash taqdirlar yahshi ishlanibdi lekin 5-6 taseriasidan keyin nimagadir muommolari ko'payib ketdi , ;)ohirigacha ko'ra olmadim  :D

Qayd etilgan

Ansora  18 Oktyabr 2009, 19:58:02

Bir paytlar "Bogatıye toje plachut", "Boylar ham yig'laydi" degan serial bo'lardi. Meksika filmi, bosh rolda Maria Lopes bor edi.  Bola edim. O'ziyam SSSR davrida berilgan ilk seriallardan bo'lsa kerak. Oilaviy rosaaa qiziqib ko'rgandik. Mavzusi ham yaxshi edi.
Lekin har qanday film ham insonni o'z hayotidan muhimroq bo'lmasligi kerak.

Qayd etilgan