Teleseriallar haqida  ( 109611 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 15 16 17 18 19 20 21 22 23 B


Munira xonim  19 Oktyabr 2009, 22:46:32

Assalamu alaykum.
Yaqinda net orqali turk ijodkorlari tomonidan suratga olingan "Hakkini helal et" nomli serilani 2 qismini ko'rgandim.
Menga juda yoqqandi shu serial. Lekin afsus hali hammasini ko'rish nasib qilmadi.
Bizni kanallarda ham koreyslarni tarixi, ularni sevgisi aks etgan filmlarni bervavermasdan, shunday seriallarni ham tarjima qilib berishsa.... o'ho'o'o'...
Ancha o'zgarish bo'lgan bo'lardi....
Lekin bu bizni hayollarimizda qolib ketyapti afsus....

Qayd etilgan


Bahrom Qori  20 Oktyabr 2009, 10:07:05

"Qashqirlar makoni" zararli deb topildi.
 
 Nejati Shashmaz "Po'lat Alemdar" rolini o'ynagan aktyor. Turkiyada bu serial bolalarning psihologiyasi uchun zararli, deb topilgani uchun keyingi vaqtda tv kanallarida ko'rsatilishi ko'p tortishildi va ko'rsatilishi qattiq ta'qiqlandi. O'smirlar men Po'latman, deb qurol bilan insonlarga zarar bera boshlagani haqida habarlarda ko'rgan edi. Shuning uchun voyaga yetmagan bolalarga Qashqirlar kinosoni ko'rishi mumkin emasligi ta'kidlab o'tildi. Chunki u kinodagi qonli urushlar, qotilliklar va narkobiznes qiladigan mafiyalar bolalarning ongini zaharlaydi va u ongi zaharlangan bola hayotda shunday yashash kerak ekan deb jinoyatga qo'l uradi. Shuning uchun bolalaringizni u kinoni ko'rishini tavsiya etmaymiz.

Qayd etilgan


Hadija  20 Oktyabr 2009, 21:04:17

Yaxshi seriallar ham bor. Tarixiy, tarbiyaga to'g'ri keladigan seriallar yetarlicha topiladi.

Deylik Jumong-mi?!
Yaqinda stomotologda o'tirganimda ikkita katta ya'ni 60 yoki undan kam kattaroq yoshdagi amakilar suhbatiga guvoh bo'lib qoldim, istamas holatimda. 5 yoshlik nevaralari Jumongni bir-birini pichoqlab urushayatgan joylarini qattiq stres va hayajon, intiqlik bilan ko'rishayotganini hattoki ota-onasining gaplarini ham eshitmayatgan ekan. Kino tugagach uyquga ketar chog'da, bobojon manam katta bo'sam yaxshi urushadigan, dushmanlani so'yib tashliyman-a? deb bobosiga mo'ltirab turganmush. Nabirasini bu savoliga hangu mang bo'lib bobo behchora mung tishlab hayron bo'lganini yonidagi birodarlariga aytib turgandila...
Ho'sh ayting-chi, shu tarixiy seriallar qanchalik ibratli?!

U ham mayli O'zimizning o'zbek seriallari.
Albatta tan olish kerakki, kundan kunga aktyorlar soni ko'payib har hil kino va seriallar ko'paymoqda. Afsuski quvonarlik ham pichoqqa ilarlik hali ishlandi deyish qiyin.
Masalan, hozir tele ekranlarda namoyish etilayotgan "tutash taqdirlar" serialini olib qaraylik. To'g'ri bir tomondan qaraganda hozirgi kunimizdagi ayni holatlar tanqid ostiga olib chiqilgan ammo bu serial ham tanqiddan holi emas. Deylik, yangi kelin bo'lib tushgan qiz, qaynonani aldab, Onasini uyiga borib uhlab kelishi, bu qanchalik to'g'ri?!
Yoki "Dil payvandi" seriali, qishloq va mahallaning muammosini ko'tarib chiqishganuuu.... :)

Mayli, tanqid qilay desa, yoki kamchilik topay desak har bitta odam ham kamchilikdan holi emas, ammo achinarlisiki o'sha kamchilikni bila turib qilishimiz va kamchilikni to'g'irlay olmayotganimiz, bizning eng katta kamchiligimiz deb o'ylayman...

bahromQorini postini o'qib ko'rsangiz,Jumong serialiga ham javob topasiz...

Iyaa, "Jumong" qayerdayu "Qashqirlar makoni" qayerda. Aslida-ku ularning ham mativi bir hil... Bahrom Qorining postlaridagi haqqoniylik deb fikrimcha bolalarni TVdan uzoq tutishga bo'lgan takid. Aslidaku nafaqat bolalarni o'zimizni ham u balodan uzoq tutishimiz lozim...

Qayd etilgan


Ansora  21 Oktyabr 2009, 11:33:07

"Qasqirlar makoni"ning ham Turkiyada ham O'zb-da qolaversa Turkiy Jumhuriyatlarda diqqat bilan sevilib tomosha qilinishini sababi u yerda haftama hafta bo'lib o'tayotgan voqealarni va hatto bo'lishi mumkin bo'lgan siyosiy voqealarni aniq ko'rsatib berilishida. Yana bir tarafi teleserialda insonlar haqlarini talab qila oladilar. Yosh bollar uchun zararli albatda, lekin haqiqatlarni bilish uchun kattalar uchun kerakli, deb o'ylayman. To'g'ri bizda hatto erkaklar ham siyosat haqida ko'p gapirishmaydi, sababi o'zi endigina Mustaqil bo'lganmiz, undan oldin esa faqatgina 1 partiya bo'lgan, nimasini gapirasiz.
Turkiyada esa hozirgi hukumat bilan uning muholiflari o'rtasida ochiqma-ochiq "jang boradi". Tabiiy holda ularning partiyalaridagi odamlar ham bir-birlarining kamchiliklarini aytadi, xalqning ko'zini oldida hamma narsa oshkora aytiladi. Keyin inson bolasi nimaga "chanqagan" bo'lsa-shuni hohlaydi...


Qayd etilgan


Ulugbek-Uz  21 Oktyabr 2009, 18:12:24

Ашлар каналидаги "Олабсжилар" ҳақидаги ксрсатувни ксргандирсизлар. сқинда бслди? Худди шу мавзуга ҳам, уларнинг ёш болаларга таъсири ҳақида ҳам гап бслди. 
Айнан сериалларни ёмон дейилганда Ашлар канали сзига сзи қарши чиқиб қолган бсларди, чунки айнан уша Жумонгу Жанг бого лар шу каналдан берилади. Фақат ёш болаларни вақтини тсғри тақсимлаш, бефарқ бслмаслик, тарбиссига жиддий сътибор бериш лозимлиги ҳақида айтилди.

Qayd etilgan


Muslimа  21 Oktyabr 2009, 23:18:55

Moderator:

 :as:
Hurmatli ChehMik va Hadija! Mavzuga oid bo'lmagan postlariz o'chirildi! Iltimos, shaxsiy muammolarni PM orqali hal qilsangiz. Forumda har kim erkin fikr bildirish va ma'qul bo'lmagan fikrlarga qarshi chiqish huquqiga ega. Lekin bu bir-birini ko'ngliga ozor berish yo'li bilan amalga oshirilmasligi kerak! Iltimos forumdoshlar bir-birimizga ozor berishdan ehtiyot bo'laylik! Chunki Habibimiz Rasululloh sallalohu alayhi vassalam aytganlar: "Musulmon odam, boshqalar uning qo'li va tilidan ozorlanmagan odamdir!"  (hadis mazmuni). Alloh barchalarimizni O'zi isloh qilsin!

Qayd etilgan


Mahdiyah  22 Oktyabr 2009, 10:50:24

Teleseriallar, multfilmlar...

Bular odamni ongiga tez kirib o'rnashadigan yo'llardan biri.

Ayrim kinolarni ko'rasizda "Mana shu yeri o'xshamay qolibdi" dib yuboradi inson, ayniqsa hind kinolariyu, seriallarida.

Lekin o'ta mahorat bilan ishlangan kinolar ham talaygina.
Hatto ichida mantiqqa tog'ri kelmaydigan epizodlari ko'p bo'lsa ham, mahorat bilan ishlangani uchun hoxlasak hoxlamasak ongimiz o'sha narsaga moslashadi.
Qo'pol qilib aytganda unga asir bo'lamiz.
O'zimizcha shu narsalar hayotimizda bo'lishini orzu ham qib qolamiz.

Bu bilan esa biz real hayotga real qarashdan yiroqlashamiz.
Oqibatda mulohazali mavzularda bosh qotirishni istamaymiz.
Salgina mulohazali gap boshlansa "E bo'ldi qilgin, hayotni o'zi muammo undan ko'ra o'ynab kul, hadeb muammolardan gapiraverma" deymiz.

Teleseriallardagi oldi qochdi sahnalar, gaplar odamlar ongida muhim narsalarga qarash uchun, ular borasida qattiqroq fikr yuritish uchun to'sqin dib bilaman!

To’g’ri aytishimiz mumkin: "œYaxshilari ham borku!" deb.
Lekin o’sha "œyaxshi seriallar" qatoridagi seriallarga nazar solingchi, ibratli, odamni mulohazaga soladigan epizodlari ko’pmi yoki odamni chalg’itadigan, hayolini buzadigan epizodlarimi?

Bir tanishim: "œSeriallar g’ir bekorchilarning hayot mazmuni" degandi.
Gaplarida jon bor, ayniqsa uybekalarida bu katta muammoga aylangan.

Misol ayrim oilalarda seriallar boshlansa hamma o’z ishini tashlab shuni ko’rish uchun yig’iladi.
Xatto ibodatni keyinroqqa qo’yib, serialni tamomlaganlaridan keyin boshqa ishlarga o’tishadi.
Seriallarga qarab "œertaning plani"ni tuzadiganlar ham kam emas!


Qayd etilgan


Ansora  22 Oktyabr 2009, 14:59:09

Amerikada ishlab chiqarilgan butun kinolar-seriallarda Davlat-albatta Amerika bayrog'ini ko'rsatish shartini qo'yar ekan!
Bu ham bir missiya, filmni ko'rgan insonni miyyasiga albatta bu bayroq o'rnashadi...

Qayd etilgan


registan  06 Noyabr 2009, 22:10:36

А­КА ААЛАА АИ ҚОА АЙТИА МАСДАА КЎАГИЛЛАА  ОЙДИАЛАШМАС

А­р-хотинлар вақтларини каламушдай кемирувчи телевизор ва интернетга боғланиб қолишдан сзларини қутқаришлари керак. Ҳар кун соатлаб телевизор ксрадиган инсон оила муҳаббатига қандай фурсат топади? Айниқса, интернет фалокати оилаларни қақшатмоқда. Бахтли оилада телевизордаги сериалларга ҳам, интернетдаги бемаъни хабарларга ҳам жой йсқ. Қатъий билишимиз керакки, скранларни қорайтирмай, кснгиллар ойдинлашмайди. Америкаликларнинг телевизорни «тентак қути» дейишлари бежиз смас. Телевизорга сарфланган ҳар бир сонис ҳақиқий ҳаётдан узилиб, скран дунёсига бериламиз.

Телевизорга сарфланган ҳар соатимиз бизшшг сртача сттиз саҳифа китоб сқишимизга монеълик қилади.
Телевизорга сарфланган ҳар кунда сртача етмиш иккита жиност, тажовуз, сралаш ва номусга тегиш ҳодисаси рсй берар скан.
Бу ифлосликдан зеҳн ва қалбимизни асраш йсли телевизор деган бош оғриғидан иложи борича узоқроқ бслишидир.

Табиийки, Телевизор фақат вақтимизни сғирлаб, исроф қилади, ундан-да бадтари онгимиз ва қалбимизни ифлослантиради. Ички дунёмизга канализаяисдан бадтар кирликларни доимо оқизиб туради.
Телевизорга сч одамлар ҳеч бслмаса, томошани камайтириши, снг муҳими ҳар қандай ксрсатувни қсравермаслиги, танлаб томоша қилиши керак.

Телевизорга ажратилган вақт турмуш сртоғи ва болаларга ажратилса, уй севги жаннатига айланади.

Шоира Ауриддинова

muslimaat.uzdan olindi

Qayd etilgan


Ansora  11 Fevral 2010, 22:08:10

Xozir O'zbekistonimizda qaysi seriallar berilyabdi o'zi?

Qayd etilgan