Teleseriallar haqida  ( 108510 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 ... 23 B


maknuna  03 Avgust 2006, 08:49:25

assalom;
Koreys seriallarining (biz tomosha qilgan) ham asosiy mavzusi muhabbat. Koreys seriallarida voqelik romantika bilan bezalgan. Tabiat manzaralari, ob-havo hammasi ikki sevishgan yoshning kayfiyatidan kelib chiqadi.

Meksika seriallari esa o`ta ezma, va qiziqarsiz. Kratkost sestra talanta, degandek, koreys seriallari qisqa, ham mazmundor.

Qayd etilgan


maknuna  03 Avgust 2006, 08:49:55

AbdulAziz:

Iqtibos
Koreys seriallarining (biz tomosha qilgan) ham asosiy mavzusi muhabbat. Koreys seriallarida voqelik romantika bilan bezalgan. Tabiat manzaralari, ob-havo hammasi ikki sevishgan yoshning kayfiyatidan kelib chiqadi.
Bu holat ularning yutug`i. lekin o`zbekistonda uzatilganm koreys seriallarining (Panasonic company mahsuloti) ko`pini syujeti bir-biriga juda yaqin. Faqat fasllar almashadi xolos. Balki rejissori bir odamligi uchundir...  ???

Iqtibos
Meksika seriallari esa o`ta ezma, va qiziqarsiz. Kratkost sestra talanta, degandek, koreys seriallari qisqa, ham mazmundor.

Shu siz ezma va bema'ni deb atagan teleseriallarni ko`pgina o`zbek oilalarida intiqlik bilan kutishadi va oilaviy tomosha qilishadi. Hatto erkaklar ham. Bitta ortog`im aytib bergandi. Qaysidir serial yangi namoyish etilganda chollar xuftonga chiqmay qo`yishgan ekan.  :D

Qayd etilgan


maknuna  03 Avgust 2006, 08:50:12

Otabek:
Har qancha tanqid qilinsa ham Meksika seriallari odamlarni o'ziga ohanrabodek tortayapti...

Qayd etilgan


maknuna  03 Avgust 2006, 08:50:26

muxbir:
Demak, o`sha odamlarni saviyasi o`sha Meksika seriallariga mos. Yoxud Meksika seriallarining ham saviyasi baland deguvchilar bormi? ???

Qayd etilgan


maknuna  03 Avgust 2006, 08:50:37

otabek;
Gaplariyzga 200% qo'shilaman... Bu yerda saviya ham muhim...

Qayd etilgan


maknuna  03 Avgust 2006, 08:50:50

AbdulAziz:
O`zbek tomoshabininig saviyasi shunchal;ik past deb o`ylaysizlarmi?
Balki, hech narsa yo`qligidan ko`rayotgandir?
Yana balki? ???
   

Qayd etilgan


maknuna  03 Avgust 2006, 08:51:02

Komron:
Otabek, mana siz Koreyada ekansiz. Koreyslarning serialga munosabatlari qanday? Hech qiziqib ko'rganmisiz?

Qayd etilgan


maknuna  03 Avgust 2006, 08:51:16

Otabek;
Agar koreys seriallarini ko'rgan bo'lsangiz ko'pchiligi qayg'uli yakun topadi. Men ham nimaga bunaqa ekanligidan hayron qolardim. Endi-endi bunga tushunib yetdim. Serial ham xalqning dunyoqarashidan kelib chiqib ishlab chiqazilar ekan. Darhaqiqat, koreyslar g'amgin seriallarni xush ko'rishadi. Shuning uchun koreys serialining so'nggi qismida serial qahramonlarining sevgisi poymol bo'lsa yoki qahramonlarning o'limi yuz bersa, bu xolatni o'sha xalqning mentaliteti bilan izoxlash mumkin.

Qayd etilgan


maknuna  03 Avgust 2006, 08:51:24

Nima koreysla mahzun xalqmi?

Qayd etilgan


maknuna  03 Avgust 2006, 08:51:41

Otabek;
Yo'q. Aytmoqchi bo'lganim, ularda g'amgin seriallarga moyillik kuchli. Koreyslar sevgi faqat shodlikdan iborat emas, balki qayg'uli tomonlari ham bor, degan ma'noda shunday seriallar ishlab chiqazishadi. Lekin bu "koreyslar yotib olib mahzun seriallarni ko'rar ekan-da",degan fikrni keltirib chiqarmaydi: baxtli yakunlanadigan koreys seriallar ham anchagina.

Qayd etilgan