Teleseriallar haqida  ( 106227 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 ... 23 B


Margilanets  05 Sentyabr 2006, 07:32:42

Noza:

Seriallarda kimdur o'ziga yoqadigan aktyorni ko'rish uchun ko'radi, kimdir serial voqealariga qiziqib uni tomosha qiladi, yana kimdur serialni umuman bekorchilikdan ko'radi.
Seriallarni foydasi bormi yoqmi? Man uchun yoq. To'g'ri bir hil seriallarda hayotiy voqealar aks etadi. Har bir tomoshabin bu voqealardan o'ziga yarasha hulosa chiqaradi. Kimdur hayotda bu narsallarni qo'llashi ham mumkin???? Yana bilmadim.
Bilasizmi nega bu seriallarga ehtiyoj kuchli, seriallarda umuman kinolarda hayot go'zal, problemalar yoq qilib ko'rsatiladi, agar biron bir muammo bo'lsa ham kinolarda bu tez va oson hal bo'ladi. Hayotda esa unaka emas! Shuning uchun odamlar hech bo'lmasa kino, seriallarga qarab o'zlariga ta'salli bersalar kerak. Balki shuning uchun ham odamlar bunday kino, seriallarni ko'rishni yoqtirsalar kerak.Yana bilmadim. Albatta bu kulgili bo'lishi mumkin. Lekin shunday odamlar ham kam emas.

Qayd etilgan


Margilanets  05 Sentyabr 2006, 07:32:56

Otabek:
Kechirasiz, siz ham serial ko'rasizmi?

Qayd etilgan


Margilanets  05 Sentyabr 2006, 07:33:10

Samo:

Ha kuniga 24 soat
haftasiga 7 kun. Hayot Serialini :)
Hayot serialini KUZATISH biroz mushkul
shuni organish payidaman.

PS Yoq. Ayrim paytlar foydali film bolsa koraman.
tahminan 1 oyda tv-film uchun 20 soatcha vaqtim ketadi. Shuni
kamaytirishim kerak

Qayd etilgan


Margilanets  05 Sentyabr 2006, 07:33:25

AbdulAziz:

Gaplarizga qo`shilaman Noza!
seriallarda umuman kinolarda hayot go'zal, problemalar yoq qilib ko'rsatiladi
Haqiqatda san'at (adabiyot, musiqa, kino va h) ga nima uchun odam qiziqadi?
Chunki unda hayot go`zal qilib tasvirlanadi. garchi utopiyanamo bo`lsa-da, inson o`z his-tuyg`ulari, orzularini qog`ozga, lentaga bitadi. Shuning uchun ham san'at insonni ohanrabodek o`ziga tortadi.
Endi seriallarga kelsak, ularning aksariyati syujeti bir xil: ya'ni albatta ikkita sevishgan bo`ladi, va oxirida ular baxtga erishadilar. Hayotdachi? hayot seriallardagidek emas, uning o`nqir-cho`nqir yo`llari mavjud. Serialda rejissorlar senariyni o`zgartirishlari mumkin.
Lekin hayot senariysini o`zgartirib bo`ladimi?

Qayd etilgan


Margilanets  05 Sentyabr 2006, 07:33:45

Bonu:

Assalomu alaykum wr wb!
Man ham yuqoridagi fikrlarga qoshilaman.
Lekin bitta narsani soramoqchi edim, har gal shu savolimga javob olomayman. Hozirda Uzbeksitonda hali ham uzundan uzoq Lotin Amerika mamlakatlari qoyiladimi? Koreaning hammani oziga jalb qiluvchu seriallarichi? Qish Sonatasi kabi.... :DHozir qanaqa seriallar ketyapti, nommma nom etsangiz juda hursand bolardim, hech kim shuni aytgisi kemidi ,kormidigan bolselar ham shu reklamalardan korgandirsila, qanaqa seriallarligini! Yangi tarjima qilinganlardanchi bilaslami?>Oldindan rahmat...

Qayd etilgan


Margilanets  05 Sentyabr 2006, 07:34:00

AbdulAziz:

Ha, qo`yiladi haliyam, o`sha bema'ni, odamlarning vaqtini, qalbini, iymonini o`g`irlaydigan, hayosizlikka, xiyonatga chorlovchi Amerika seriallari hali hamon ekranlarimizda!!!
Ikkala kanaldan ham qo`yiladi. Ko`rishga, hatto reklamasini eshitishga ham toqatim yo`q. Mayli, hozir TV-programmadan ko`rib bilib beraman:
1. "O`zbekiston" kanalidan dushanba, seshanba, chorshanba. payshanba kunlari 9.30 da "Begona" serialini qo`yisharkan.
2. "O`zbekiston" kanalida shanba kuni "Sevgi tilsimi" serialini qo`yarkan.
3. "Yoshlar" telekanalida haftaning 5 kunida 8.30 da "Muhabbat mojarosi" seriali qo`yilarkan.
4. "Yoshlar" telekanalida haftaning 5 kunida 22.30 da "Haqiqat chegarasi" seriali qo`yilarkan.
5. "Yoshlar" telekanalida har shanba va yakshanba kunlari 20.05 da "Mahobhorat" seriali qo`yilarkan.
6. Sport kanalida har kuni "Qaqnus" degan serila qo`yarkan.
7. TTV da har kuni "O`g`rini ushla" degan serial qo`yisharkan.

Qayd etilgan


Margilanets  05 Sentyabr 2006, 07:34:15

Bonu:

Assalomu alaykum! Ma'lumotingiz uchun katta rahmat, lekin lol! :o shunchalik ham kopmi? degandim, va oqisam koplari har doimgidek edki seriallar ekan.
Man ham ozi juda qiziqmiman, har doim oqishda ham qizlar serial haqida gaplashishsa yuragim siqilib ketardi, lekin bilmadim. Bilasmi manimcha "Haqiqat chegarasi deganni 5 yildan beri berishadi, yana har yili, u kino chiqqaniga asrlar bop kettiyov! "Og'rini ushla deganini bervurib odamlarni bezor qilsihgan, "Muhabbat mojarosi ham juda tanish...yana yangi seriallar ham chiqibdide! Lekin "Mahobhorat"juda zor bopti. Oldin kichkintoyligimda korardim uni. Hozir rosa korgim kepketti. Etgancha ketishimdan oldin Sport kanali ochilgandi, esimda ham yoq. Yana boshqa kanal ochish rejalar yoqmi hozircha?
   

Qayd etilgan


Margilanets  05 Sentyabr 2006, 07:34:35

Noza:

Salom!
BONU! Eshitdingizmi yo'qmi bilmimanu, lekin 6 oycha bo'lib qoldi Markaz TV degan kanal ochilganiga.
Manga masalan bu kanal yoqadi.
Oldinlari faqat chet el (asosan Rossiya) MTV larini ko'rardim.
Hozir hudoga shukur bizda ham shunday kanal ochildi.
Umuman olganda yomon kanal emas.
Lekin hali to'liq efirga ketmayabdi. Faqat 12:00 dan 24:00 gacha.
Shunaqa gaplar!

Qayd etilgan


Margilanets  05 Sentyabr 2006, 07:34:46

Bonu:

Yoq, bu kanalni eshitmagandim, qaranga!!!! ;)
SHu haqida malumot bersangiz hali Toshkentga borsam hayron bolib hech narsa b ilmay yurmay yana! Ozi qanaqa kanal? Gapizga qaraganda Musiqa kanaliga ohshidi? nimalar beriladi?
   

Qayd etilgan


Margilanets  05 Sentyabr 2006, 07:34:58

AbdulAziz:

Wa alaykum assalam!
Yuqorida yozilgan seriallarning bittasini ham ko`rmaganman. Lekin "Ramayana"ning ba'zi qismlarini ko`rgandim. Hindlar milliyligi va bizga to`gri kelmaydigan diniy motivlar ufurib turgan bo`lsa ham, tarbiyaviy jihatdan yaxshi serial. Ayniqsa, aka-uka, ota-ona, do`st-yorlar o`rtasidagi mehr-muhabbatni aynan shu serialdan o`rgansa bo`ladi.
Boshqalari haqida bir narsa deyolmiyman. ha aytgancha, to`yda xizmat qilib yuribman-u. ikkita 7-8 yoshlardagi bolaning suhbati e'tiborimni tortdi:
- Kecha Paolani ko'rdingmi?
- Ha, zo`r bo`ldi, uni eri boridi-yu, osha boshqasi bilan yurarkan.
- Ha, kecha Paola erini ushlab oldi.
- Endi ajrashisharkan...
8 yoshli bolaning ongidagi o`zgarishni ko`ryapsizmi? Bu nimadan? Bugun bundan debturgan boladan ertaga kim chiqadi? Bugun Paolayu yana balo-bvattarlariga taqlid qilgan qizlarimiz, bolalar ertaga kimga yor bo`ladi?...

Qayd etilgan