Teleseriallar haqida  ( 107630 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 ... 23 B


Margilanets  05 Sentyabr 2006, 07:35:15

Bonu:

Man ham huddi shu narsani guvohi bolganman, juda ham yomon holat, bundan battar behayo joylarigacha gaplashishadi hozirgilar. Ayniqsa 7 yoshdan 15 yoshgacha bolganlar juuuda ham qiziqishadi, yana uni ustiga usti odamlar bizness qilib pul topib olay deb, hamma yoqqa oshalarni ideal qilib chiqargan rasmlaru , oquv qurollariyu, kalendarlaru, hullas, hamma narsalar chiqarishadi, bir yili esimda bor, Esmeralda seriali berilvotganda, kochaga chiqsez hamma yoqda uni rasmi, sentyabrda oquv qurollari olishga borsez hamma daftarda uni rasmi..shunga chalgimay yana nimaga chalgishsin bechora maktab yoshlari!!!

Qayd etilgan


Margilanets  05 Sentyabr 2006, 07:35:25

Noza:

Bu kanal o'zi yaqindan beri efirga chiqmoqda.Manimcha yomon emas. Siz etgande faqat kliplar emas hozir.
Hozir kinolar ham qo'yilmoqda. Bundan tashqari News , hit parad. Boshlanishiga yomon emas. Umuman bu kanal manga boshqalariga nisbatan ko'proq yoqadi.
Bu kanalda hind kinolaridan ham, chet el va o'zbek estradasidan ham qo'shiqlar beradi.
Bunisi juda ma'qul

Qayd etilgan


Margilanets  05 Sentyabr 2006, 07:35:38

AbdulAziz;

Ha, mana teleseriallarning zararini ko`rib turibmiz.
Siz aytgan holatdan ayrim shotirlar foydalanib qolmoqdalar. Endi o`ylab qoling, daftari ham, futbolkasi ham, kalendari hammasi "sevimli" qahramoni rasmlari bilan to`lib toshgan yosh bola o`ziga o`sha qahramonni ideal qilib oladi va harakteri ham shunga o`xshab boradi.
Man yana bir narsaga e'tibor berdim. Shu behayo, bema'ni seriallar ayni hamma uydaligida, juda qulay vaqtda - 8.30 da qo`yilarkan. 11 dan keyin qo`yishning ham iloji bor-ku! Nima bu atayin millatni aynitishga qo`yilgan harakatmi? Bugun TV dan ehtiroslar-u, behayo tasvirlarni ko`rib ulg`aygan millatdoshimiz ertaga kim bo`lib yetishadi? Nega mutasaddilar shu jihatlarga e'tibor bermaydilar?

Qayd etilgan


Margilanets  05 Sentyabr 2006, 07:35:51

Noza:

Hozircha MARKAZ TV ni hech bir programmada ko'rmadim. Manimcha hali bu kanal to'liq ya'ni 100% tayyor bo'lmaganligi uchun proggrammasi yoq.
Ha bu kanalda seriallar ham qo'yilmoqda. Otabek! Man sizdan qo'shiqlarini so'ragan koreys kinosi "VABANK" ni qo'yishayabdi.

Qayd etilgan


Margilanets  05 Sentyabr 2006, 07:36:04

Mohinur:

Assalomu alaykum hamma forum ishtirokchilariga!
Qalaysizlar? Forumda ishtirok etmaganimga ham bir oylar bo`lgandi. Juda ko`p yangiliklar bo`libdi.
Barchangizaga tashakkur!
Noza, "Vabank" qanaqa serial ekan? "qish sonatasi", "Yoz ifori" larning davomimi? Yoki shunga o`xshashmi?

Qayd etilgan


Margilanets  05 Sentyabr 2006, 07:36:16

Noza:

Salom Mohinur!
"Vabank" umuman "Qish sonatasi" "Yoz ifori" kabi ezma kino emas. Manga shunisi bilan ham juda yoqgan bu Korea seriali. Bu kino boshqalariga nisbatan tabiiyroq, ya'ni raelno! Kimga qanaqa yoqadi bilmadimku lekin manga juda yoqdi bu serial.

Qayd etilgan


Margilanets  05 Sentyabr 2006, 07:36:31

Margilanets:

Shu telekanal boshqa joylarda nimaga ko`rsatmaydi?
Boshqa joylarga uzatishsayam bo`ladi-yu.
Lekin bizga keremas.
O`zimiz telekanallar bor.
   

Qayd etilgan


Margilanets  05 Sentyabr 2006, 07:36:44

Noza:

Manimcha bu hozircha shunday, vaqtinchalik
Keyinchalik Markaz TV ham O'zbekistonnig boshqa viloyatlarida ham efirga ketsa kerak

Qayd etilgan


Margilanets  05 Sentyabr 2006, 07:37:02

Margilanets:

SAVOL: Nimaga o`zbekcha teleseriallar yo`qalib ketyapti? Bir chiqadi-da, keyin yo`g` bo`pketadi?

Qayd etilgan


Margilanets  05 Sentyabr 2006, 07:37:13

Noza:

Seriallar yoqolib ketvotti, lekin kinolar ko'payvottiku ayniqsa ashulachilarimiz bilan olinayotgan kinolar. Balki o'zbeklar hali seriallar olishga hali tayyor emasdir. Serial olganda ham qanaqa serial.................
Axir bunga katta mablag' kerak

Qayd etilgan