Teleseriallar haqida  ( 155123 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 ... 23 B


Margilanets  05 Sentyabr 2006, 07:41:44

Noza:

Hammaga Salom!
Albatta 5 qo'l baravar bo'lmagandek, seriallar orasida haqiqiy, ya'ni hayotiy seriallar ham bor.
Odatda 100-200 seriali seriallar bema'ni va oldi qochdi gaplarga to'la bo'ladi. Buni hammamiz juda yahshi bilamiz. Ayrim seriallar bor ularda hayotiy gaplar, hayotiy voqealar aks etadi.
Lekin hozirgi paytda bunaqa seriallarni faqat qo'l bilan sanash mumkin. Ular juda kam. Yoki bizning TV da qo'tilmaydi

Qayd etilgan


Margilanets  05 Sentyabr 2006, 07:41:59

Otabek:

Masalan, qaysi seriallarni "pichoqqa ilinadigan" serial deb hisoblaysiz?

Qayd etilgan


Margilanets  05 Sentyabr 2006, 07:42:11

Noza:

Man uchun "pichoqqa ilinadigan" serial o'sha etib o'tganimiz "Shaytanat", "Vabank".

Qayd etilgan


Margilanets  05 Sentyabr 2006, 07:42:30

Margilanets:

Ha, yaxshi sreriallaram bor.
Lekin ular kam ko`rsatiladi-da, undan foyda yo`q, chon`takka,
Anu jinnicha seriallarni ko`pchili ko`radi, ichiga reklama joylashadi va soqqa qilishadi, yaxshi seriallar bor, ulardan foyda yo`q, chontakka, shunichun bunaqa seriallarni sotvolishmiydi.

Qayd etilgan


Margilanets  05 Sentyabr 2006, 07:42:47

Farzonochka:

Torisini etsam Tv da qoyilvotgan hamma teleserialladan bezor boldim
Albatta kormiman, lekin boshqala korsam ham jahlim chiqadi, nega kere ekan shu filmla, kimgadir bula "zavq" bag`ishlar, lekin hozir 2-3 yoshli bolani og`zida ham Esmeralda, Palumo, Verheniya.. va hokazo, hatto ulani oynashvotgan oyinlarida ham shu nomlani oziligiga qoyib olishgan, Bu bola miyasiga yaxshi ta`sir etmayapti....

Qayd etilgan


Margilanets  05 Sentyabr 2006, 07:42:58

Maknuna:

Gaplarizga qo'shilaman, farzona!
Teleseriallarning foydasidan kora zarari koproq deb oylayman, Chunki uni korvotgna yoshlaga ta'sri kotta bovotti.
Hatto kichkina bolalar ham hayotning aldovli, yosh bola bilishi kerak bolmagan holatlarini ham shu seriallardan organishmoqda.
Bu narsaning ta'sirini ayni damlarda kochaga chiqib ko'ring. Tuppa tuzk ozbek qizlarimizayam shu seriallanikidaka behayo kiyimlani kiyib yurishibdi.
   

Qayd etilgan


Margilanets  05 Sentyabr 2006, 07:43:13

Farzonochka:

Xuddi shuni ettimde man xam.
Kimga qaramen, og`zida osha kino taxlili.
uychilari ham etishmasmikin, "san korma, yoshli qilasan" deb. yo ula ozligisi bollani chaqirishadi.
"kel, kino boshlandi" ... ana shunga man qarshiman...

Qayd etilgan


Margilanets  05 Sentyabr 2006, 07:43:23

Kamol:

Siz, masalan, umuman serial ko'rmaysizmi?
Sizlar ko'radigan seriallar ham bormi?
   

Qayd etilgan


Margilanets  05 Sentyabr 2006, 07:43:37

Farzonochka:

Tori savol, man ham koraman serial.
Oxirgi sevib korgan serialim "qish sonatasi' edi.
U haqiqy ishonsa boladigan serial edi.
Urf-odat, madaniyatlari uzbelaga yaqin.
Balki shuning uchundri, serialni oilaviy korvotganda ham hech "xijolat" bolib qoladigan joylari yoq. Mexico seriallari esa umuman .... manga yoqmidi. Endi bu mani fikrim albatta.
   

Qayd etilgan


Margilanets  05 Sentyabr 2006, 07:43:54

Assalom:

Oldinlari Ramazonda ma'naviy-islomiy seriallar qo'yilardi, hozir ham qo'yilyaptimi?
Yoki bir-birini quchoqlab o'pishishi namoyish etadigan seriallarmi haliyam?

Qayd etilgan