Teleseriallar haqida  ( 154894 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 ... 23 B


maknuna  27 Iyul 2006, 08:19:22

Assalomu alaykum forum ishtirokchilari!
hozirda juda ham ko`payib ketgan teleseriallar haqidagi fikringiz qanday?

Qayd etilgan


Munira xonim  27 Iyul 2006, 10:48:34

Va alaykum assalam.
Bu teleseriallar insonlarga ayniqsa yoshlarimizga juda ham yomon ta'sir qilyapti. To'g'ri o'rnak bo'ladiganlari ham bordir. Lekin yomon o'rnak bo'ladiganlari juda ham ko'p. Musulmonlarimiz shunday teleseriallarni ko'rib, shunday qilsa bo'lar ekan deb ularga taqlid qilib,o'zlarining kim ekanliklarini unutib qo'yishmoqda. Bu meni fikrim.

Qayd etilgan


Foniy  27 Iyul 2006, 11:38:18

Assalomu alaykum do'stlar!
Shaxsan men o'zim seriallar ko'rishga umuman toqatim yo'q, hozirgi paytda ko'pchilik yoshlarimiz(kattalarimiz ham bundan mustasno emas) ayrim seriallar uchun hamma narsaga tayyor turishadi, nahotki osha serialdan biron bir moddiy yoki ma'naviy naf topishsa, ayniqsa Meksika teleserillari hozirda ko'pchilik yoshlarimizni o'zgartirib yuborayapti.., nachora, OAVlari shu narsalarni bemalol uzatib turgandan keyin bir narsa deyish qiyin...
Olloh Barchamizni to'g'ri yo'ldan adashtirmasin!

Qayd etilgan


forumnnb  27 Iyul 2006, 18:53:34

Menimcha, hamma seriallar ham yomon emas, ayniqsa shu yilda ekranga chiqqan "Saroy javohiri" serialini hamma tomosha qildi desam xato qilmasam kerak.

Qayd etilgan


maknuna  28 Iyul 2006, 08:40:30

Otabek:
Men faqatgina koreys teleseriallarini hayotiy, deb hisoblayman...

Shaxina:
Nima koreysladan boshqasi nohaqiqiymi?

Otabek;
Boshqa seriallarning qanday yakun topishini oldindan aytib berishim mumkin...

Shaxina:
O`sha siz sevadigan koreys seriallarininig tarbiyaviy ahamiyati qanday?

Otabek;
Koreys seriallari sharqona odob-axloq, sharqona go'zallikni ifoda etadi...

Qayd etilgan


maknuna  28 Iyul 2006, 08:41:09

Kumushbibi:
"Ramayana" filmi garchi hayotiy bo'lmasa-da juda katta tarbiyaviy ahamiyatga ega.Har bir yosh avlodga uni ko'rishni tavsiya etgan bo'lar edim.Unda aka-uka,ota-ona,oilaga,vatanga bo'lgan muhabbat ,gurur,mardlik va shu kabi fazilatlar rangli qilib berilgan.

Qayd etilgan


maknuna  28 Iyul 2006, 08:41:22

AbdulAziz:
Albatta har bir xalqning odob-axloqqa buyuruvchi tarbiyaviy eposlari bo`ladi. Ularda umuminsoniy g`oyalar tarannum etiladi.

"Ramayana" ham shulardan. Yana hozir efirga uzatishayotgan "Mahobhorat" haqida ham iliq fikrlar aytish mumkin.

Ikkinchi masala, ulardan faqatgina odob-axloqni olamiz. Dinni esa olmaymiz. Chunki, ushbu seriallarning ko`pgina qismlarida shirk va kufr jihatlari mavjud.

Qayd etilgan


maknuna  28 Iyul 2006, 08:42:24

Otabek;
Odamlarni "jinni"qilgan "Esmeralda", degan serial bo'lardi...

AbdulAziz:
"Esmeralda" yo`q bo`lib ketdi.
"KLON" haqida nima deysizlar?
"Klon"da musulmonlarni ifoda etish qanday bo`lgan? Ko`rgan odam musulmonlar haqida qanday taassurotga ega bo`ladi?

Kumushbibi:
Albatta har bir xalqning shunday tarbiyaviy eposlari mavjud.Aytmoqchimanki Hozirgi bo'layotgan Esmeralda va shunga o'xshash mexica serilallaridan ko'ra ko'proq shunaqa seriallar qo'yilsa yoshlar uchun ancha ibratli bo'lar edi.
Diniy tomondan siz haqsiz,ammo Mexico seriallaridan ko'ra afzalroq demoqchiman.

Qayd etilgan


maknuna  28 Iyul 2006, 08:43:31

AbdulAziz:
Savol: Seriallar jamiyatdagi odamlar hayot tarziga ta'sir qiladimi?

Qayd etilgan


maknuna  28 Iyul 2006, 08:43:43

Otabek:
Albatta ta'sir qiladi. Yosh bolakaylar orasida "man Xose Armandoman", "u Esmeralda", "anovi Melisio", deb yurganlar ko'p guvox bo'lganman. Bu achinarli xolat...
Xali maktabga xam qadam qo'ymagan bolalarning shunday taqlid qilishlari - seriallarning ta'siri, deb o'ylayman...

Qayd etilgan