Teleseriallar haqida  ( 154624 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 ... 23 B


Margilanets  05 Sentyabr 2006, 07:39:39

AbdulAziz:

Obbo!
Yana-ya?
T`oyishmadimikin?

Qayd etilgan


Margilanets  05 Sentyabr 2006, 07:39:50

Noza:

To'yishmaganga o'xshaydi.
Chunki ko'pchilikni og'zida shu
"-Vay eshittilarmi Esmeralda boshlanibdi?
- Soat nechchida ekan?
- "Begonadan" keyin bersa yahshi bo'lardi"

Qayd etilgan


Margilanets  05 Sentyabr 2006, 07:40:08

Bonu:

Ajabo!!! teleradiokompaniya qayoqqa qaravotti??? Shunaqasi ham boladimi??? hammani vaqtini olishdan boshqasimas. Qaysi vaqt berarkan shu Esmeraldani yana bolalar uhlamasdan ularni miyasini buzishmasin huddi oldingi galadaka!

Qayd etilgan


Margilanets  05 Sentyabr 2006, 07:40:20

Margilanets:

Manam shunga hayron qolaman.
Buni nafaqat ayollar, ba'zi erkaklaram ko`rarkan. Man bir-ikkitasini bilaman, xotinlari bilan, bola-chaqasi bilan billa ko`rarkan.
ha, keyin bitta o`rtag`im bitta voqeani aytiberdi. Qaysidir qishlaqqa borganakan. O`sha kuni xuftonga machitga chiqsa, chollar yo`qmish, keyin bilsa shu kuni qaysidir serialdi zo`r joyi bo`ganakan, shunichun jamoatdanam kechib qo`yishibdi, shum chollar. ???

Qayd etilgan


Margilanets  05 Sentyabr 2006, 07:40:29

Noza:

Aynan siz etgande bu seriallarni kechki payt berar ekan. Yana qaysi kanaldan deng "Yoshlar" mish. Hech bir yoshlarga ta'luqli tayinli programma ham yoq. Albatta bundan keyin biz nima ko'rishimiz kerak? Rossiya yoki boshqa bir davlatning TV sida berayotgan kinomi, klipnimi ko'ramizda......................

Qayd etilgan


Margilanets  05 Sentyabr 2006, 07:40:45

Nodirbek:
Assalomu alaykum. Seriallar haqida menda ham bir-ikki fikr bor edi. Umuman G'arb davlatlari tomonidan ishlangan seriallarda men birorta ham tarbiyaviy ahamiyatni ko'rmaganman. To'g'risi bu haqda o'ylasam achinib ketaman. Avvallari biz oila a'zolarimiz bilan birorta film tomosha qilayotganimizda "jonim" degan so'z ishlatilib qolsa uyatdan o'zimizni qo'yarga joy topolmay qolardik. Endi-chi ..? Umuman bu seriallar Ma'naviy tubanlik, hayosizlik va bachkanalikdan boshqa hech narsa bermayapti bizga.

Qayd etilgan


Margilanets  05 Sentyabr 2006, 07:40:57

Mohinur:
\
Assalomu alaykum Nodirbek!
Gaplarizga qoshilaman.
Ha, bu bema'ni seriallarni qo`ygandan kimga va nimaga foyda? Shuni tushunolmayapman.
Bu seriallarni qo`yib, bundan maqsad nima? Ularning o`rniga yaxshi seriallar topib, shularni namoyish qilsa ham bo`ladi-ku!
Nima bu bilan millatimizga qanday qilib uzr, "o`ynash" qidirishni, qanday qilib "oila qurish"ni o`rgatishmoqchimi?

Qayd etilgan


Margilanets  05 Sentyabr 2006, 07:41:09

Mohinur:

Hurmatli Mohinur. Sizning gaplaringizni o'qib juda xursand bo'ldim. Negaki bu masalada men ko'proq ayollardan hafa bo'layotgandim. Chunki aynan ayollar bugungi kunda seriallarga mukkasidan ketishgan. Natijada bolalar ham ana shunday kinolar ta'siriga tushib qolishayapti. O'zlari bilib bilmay bolalarini noto'g'ri yo'lga boshlashayapti. Hozir ham yosh bolalariga ertaklar, dostonlar o'qib beradigan ayollar bormikan-a?

Qayd etilgan


Margilanets  05 Sentyabr 2006, 07:41:20

Maknuna:

Naga har doim ayollarimizani ayblashadi. Nima erkela orasidayam bir kun serialli ko`rmasa

boshqacha bo`pqoladiganlari bor.
Man uladan bitta-ikkitasini taniyman. Ula har kungi serialli kevolib muhokama qilishadi. Ipidan

ignasigacha bilishadi.
Bolala tarbiyasi toboro bizilib ketvotti. Bunga serialladan boshqa narsalayam sabab boladi.
Bormikan deb savolli juda aktual qo`yib yo`q, demoqchimisiz?
Naga endi hoziram bor. Mana mani oyimla jiyanlarimga har kuni kechgi ovqatdan keyin har xil

ertelar etiberadilar....

Qayd etilgan


Margilanets  05 Sentyabr 2006, 07:41:34

Otabek:

Hurmatli forumchilar! Biz shu paytgacha seriallarning faqat salbiy tomonlari haqidagina gaplashdik. O'ylab ko'raylikchi, seriallarning yaxshi tomonlari, foydali jihatlari ham bormikan???

Qayd etilgan