Yaxshi seriallar ham bor. Tarixiy, tarbiyaga to'g'ri keladigan seriallar yetarlicha topiladi.
Deylik Jumong-mi?!
Yaqinda stomotologda o'tirganimda ikkita katta ya'ni 60 yoki undan kam kattaroq yoshdagi amakilar suhbatiga guvoh bo'lib qoldim, istamas holatimda. 5 yoshlik nevaralari Jumongni bir-birini pichoqlab urushayatgan joylarini qattiq stres va hayajon, intiqlik bilan ko'rishayotganini hattoki ota-onasining gaplarini ham eshitmayatgan ekan. Kino tugagach uyquga ketar chog'da, bobojon manam katta bo'sam yaxshi urushadigan, dushmanlani so'yib tashliyman-a? deb bobosiga mo'ltirab turganmush. Nabirasini bu savoliga hangu mang bo'lib bobo behchora mung tishlab hayron bo'lganini yonidagi birodarlariga aytib turgandila...
Ho'sh ayting-chi, shu tarixiy seriallar qanchalik ibratli?!
U ham mayli O'zimizning o'zbek seriallari.
Albatta tan olish kerakki, kundan kunga aktyorlar soni ko'payib har hil kino va seriallar ko'paymoqda. Afsuski quvonarlik ham pichoqqa ilarlik hali ishlandi deyish qiyin.
Masalan, hozir tele ekranlarda namoyish etilayotgan "tutash taqdirlar" serialini olib qaraylik. To'g'ri bir tomondan qaraganda hozirgi kunimizdagi ayni holatlar tanqid ostiga olib chiqilgan ammo bu serial ham tanqiddan holi emas. Deylik, yangi kelin bo'lib tushgan qiz, qaynonani aldab, Onasini uyiga borib uhlab kelishi, bu qanchalik to'g'ri?!
Yoki "Dil payvandi" seriali, qishloq va mahallaning muammosini ko'tarib chiqishganuuu....
Mayli, tanqid qilay desa, yoki kamchilik topay desak har bitta odam ham kamchilikdan holi emas, ammo achinarlisiki o'sha kamchilikni bila turib qilishimiz va kamchilikni to'g'irlay olmayotganimiz, bizning eng katta kamchiligimiz deb o'ylayman...