Teleseriallar haqida  ( 154824 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20 21 ... 23 B


Nodi  07 Noyabr 2006, 07:27:32

SERIALLAR SEHRI

Hozirgi kunda mamlakatimiz telekanallarida namoyish etilayotgan seriallar har bir xonadonda o‘ziga xos o‘ringa ega bo‘ldi, desak yanglishmaymiz. Birgina yoshlarimiz suhbatlariga e’tibor berib qaraydigan bo‘lsak, "œYoshlar" va "œO‘zbekiston" telekanallarida berib borilayotgan Meksika va Koreya seriallaridagi qahramonlar nomi tillaridan tushmaydi. Yoshlar-ku mayli-ya, ammo kattalarga nima bo‘ldi? Axir, ular hayoti davomida ko‘pni ko‘rgan insonlar-ku! Ishdan kelgach, farzandlari bilan dasturxon atrofida yig‘ilishib, ibratli maslahatlar va hikoyatlar gapirish o‘rniga saviyasi past va yoshlar ongiga salbiy ta’sir qiluvchi seriallarni ko‘rishadi.

Rivojlangan davlatlar televidinielariga e’tibor qiladigan bo‘lsak, unda har bir beriladigan kinolar yoshlar va kattalarga mo‘l ishlanadi. Voyaga yetmaganlar uchun belgilangan ko‘rsatuv va kinolar namoyish qilinadigan bo‘lsa, ekranning pastki qismida kichikroq yashil rang paydo bo‘ladi. Ota-ona va farzandlar birgalikda tomosha qilishlari mumkin bo‘lgan kinolarda sariq rang, qizil rang esa faqat kattalar uchun mo‘ljallangan kinolarda paydo bo‘ladi. Bu belgilarning xorij televideniesida joriy etilishi yoshlarning ota-onalari tomonidan nazorat qilinishi uchun qo‘l keladi.

Endi o‘zimizga qaytadigan bo‘lsak, sevgi-muhabbat mavzusi birinchi o‘ringa chiqarilgan va hali yoshlarning ongiga to‘g‘ri yetib bormaydigan seriallarni ota-onalar farzandlarini atroflariga to‘plab, berilib tomosha qilishadi. Bunga misol qilib hozirgi kunda qaytadan namoyish etilayotgan "œYolg‘on asirasi" serialini ko‘rsatish mumkin. Nafaqat yoshlarimiz, balki ularning ota-onalari ham ma’lum ma’noda mazkur kinosiz hayotlarini tasavvur qila olishmaydi. Birgina "œO‘zbekiston" kanalida namoyish etilayotgan "œIshq ertagi" seriali qahramoni Demir o‘zining omadsiz muhabbati alamini ichkilikdan oladi. "œYolg‘on asirasi" haqida-ku izohning o‘zi ortiqcha. Yolg‘onga asir bo‘lgan Paulina emas, balki ekrandan ko‘z uzmay o‘tirgan tomoshabinlardir.

So‘ng so‘z o‘rnida shuni aytmoqchimanki, farzandlari kelajakda o‘z o‘rnini topib, or-nomus, andisha, iffat kabi xislatlardan yiroqlashmasligi uchun ota-onalar, bekorchilarga mo‘ljallangan va ma’naviy qashshoqlikni yuzaga keltirishga sabab bo‘ladigan seriallarni ular bilan birga tomosha qilish o‘rniga turli xil badiiy kitoblarni o‘qishni tavsiya qilsalar bo‘lmaydi-mi? Bu yoshlarning mustaqil hayotga tayyorlanish, nutqini rivojlantirib, ravon qilish, mantiqiy fikrlash va shuningdek, o‘zini munosib tutishga ko‘mak beradi.

Gulruxsor SAODATILLO qizi,
O‘zDJTU talabasi

Qayd etilgan


shoir  03 Yanvar 2007, 17:55:11

Ayni paytda TVda ko'rsatilayotgan "Xinoli qor"seriali haqida fikringiz qanday?

Qayd etilgan


Umarbek  04 Yanvar 2007, 16:35:54

TV1 da hozirda ketayotgann "Muhabbat dardlari yohud Hinoli qor" seriali haqida gapiradigan bulsak bu serial har bir odamga har hil ta'sir ko'rsatadi, nafaqat
ushbu serial, balki barcha serial yoki filmlar insonga har hil ta'sir ko'rsatadi, bu
insonning temperamentiga bog'liq. Insonni bevosita o'ziga bog'liq qanday o'z hayotiga
filmlarni ta'sir ko'rsatishi.

Qayd etilgan


Nodi  05 Yanvar 2007, 00:12:10

Manga bu serial yoqdi.
Hayotiy mavzularni ko'tarib chiqishgan. Ayniqsa, Ali muallimning taqdiri judayam qiziqarli.

Umarbek, sizga aynan bu serial qanday ta'sir qildi?

Qayd etilgan


Umarbek  05 Yanvar 2007, 11:19:26

 Nodirahon bilasizmi manga bu serialni har hil biddiatlarga muallimning qarshi chiqishi, bundan tashqari haqiqiy muhabbatning paydo bulishi. Keyin Alining shohona hayotdan oddiy bir qishloq hayotiga moslashishi va shunga uhshash yana bir qancha holatlari mavjud. Biroq serialning tanqid qiladigan tomonlari ham albatta mavjud. Bu haqda yana alohida tuhtalib utamiz albatta.

Qayd etilgan


Shoxjahon12  05 Yanvar 2007, 14:20:25

Nodirahon bilasizmi manga bu serialni har hil biddiatlarga muallimning qarshi chiqishi, bundan tashqari haqiqiy muhabbatning paydo bulishi. Keyin Alining shohona hayotdan oddiy bir qishloq hayotiga moslashishi va shunga uhshash yana bir qancha holatlari mavjud. Biroq serialning tanqid qiladigan tomonlari ham albatta mavjud. Bu haqda yana alohida tuhtalib utamiz albatta.
Anu jinni obrazini optashlash kerak,manimcha...Har qadamda sevgidan gap ochadi..Axir hayot faqat muhabbatdan iboratmasku...(((

Qayd etilgan


shoir  05 Yanvar 2007, 14:49:34

Anu jinni obrazini optashlash kerak,manimcha...Har qadamda sevgidan gap ochadi..Axir hayot faqat muhabbatdan iboratmasku...(((

Menimcha shu ishq telbasi serialni qiziq qilayapti.
Hayotda shunaqa insonlar ham uchrab turadi.
Ali muallim ham Qambarga suyanib qolgan-ku, ayni damda.

Lekin Nazarning oyisiga tan bermadim. Mol-dunyoni deb qizini jirkanch bir insonga sotdi-qóydi...

Qayd etilgan


Doniyor  16 Fevral 2007, 15:48:04

"Kurtlar vodiysi"ni ham ko'rganlar bormi?

Qayd etilgan


Munira xonim  16 Fevral 2007, 17:52:39

"Kurtlar vodiysi"ni ham ko'rganlar bormi?

Meni eng yahshi ko'rgan filmim bu. Juda zo'r ishlangan.
Lekin afsus ohirigacha ko'rolmaganman...

Qayd etilgan


AbdulAziz  16 Fevral 2007, 18:11:01

Nargiza opa, "Kurtlar vadisi" ("Qashqirlar vodiysi")ning seraili ham bor.
Yana "Kurtlar vadisi Irak" ("Qashqirlar vodiysi - Iroq") degan film ham bor.

Serial 97 qismdan iborat bo'lib, unda Turkiyadagi davlat va mafiyaning qilmishlari ochib beriladi.
Filmda esa Iroqdagi musulmonlarga nisbatan AQSh tomonidan o'tkazilayotgan vahshiyona ishlar haqida hikoya qilinadi.

Nargiza opa siz qaysi birini ko'rgan edingiz?
 

Qayd etilgan