Inson islomni istab izlansa , iymon ila istig’for istasa, ilohiy ishqqa intilib iztiroblansa,ilmu idrok,
imkoniyatlaru iqtidorini ibodatga ihtiyoriy ishlatsa, ikkilanmang, Insonyat ichra irodali iqbolli Insondir !
Dunyodagi dindorlikka da'vogarlarning,dahriylik dashtlarida darbadar daydishlari, doimo diqqatlari da'vatdamasligi, dillarining duoda davomiymasligi, dastavval dangasalik dardiga duchorliklari darajasidan demakdir.
Sonlari sanoqligina Solihlar, samarasiz sanalgan sahifalarda sang'imay, saodat sanalaridagi
Sahobalarning sinovlarga sabrlilik, savdoda sahovatlilik,salohiyatda samimiylik, sunnatga
sadoqatlilik, sifatlarila sifatlansalar, Saqardan salomatu Sirotda sobitqadamdurlar.
Odamlar orasidagi oqillar Ohiratdan ogohliklari oqibatidan, odobli, oriyatli, odil, ovozlari ohista, oshiyoinlari osmono’parmas oddiyu ozoda, ortiqcha orzularsiz, orazlari osmondagi oftobu oydek oppoq orasta ommadurlar.