Harflar marjondek tizilganda...  ( 11385 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 B


AbdulAziz  18 May 2010, 15:02:29

Tohir Qahhor

QIRG’IYAK*

(1918 yil; qo‘qonlik qo‘rboshining qo‘shig‘i)

Qirg‘iyakda, qirg‘oqlarda qirg‘ovullar qirildilar,
Qo‘tonlarda qorasondan qoramollar qirildilar,
Qoralangan qishloqlarda qirqo‘g‘illar qirildilar,
Qorako‘zlar qoldi qattol qoraqo‘lga qaray-qaray.

Qo‘g‘ayliqda, qirda quvnar qo‘sh qulunchoq, qo‘sh quralay...
Qo‘y-qo‘zini qo‘rqitadir qo‘shotarlar, quray-quray!
Qirg‘iyaqda qirg‘iy - qog‘on! Qo‘shinidir qo‘g‘ay-qo‘g‘ay,
Qoyalarda qanot qoqar qo‘mondoni - qo‘tir qumay.

Qari, qirriq qurbaqalar! Qurillama! Quring qursin!
Qo‘ri qum-qum qaroqchilar! Qo‘ring qo‘rsin! Quring qursin!
Qardoshing-la qurganlaring qon qasridir - quring qursin!
Qutulingiz, qarovchisiz qolgan qushlar, quray-quray!

Qumtoshlarni qaynatolmas qorong‘uda qora qumg‘on,
Qorabudun qayg‘usini qovuradi qora qozon,
Qirq qaroqchi! Qozonganing qora quldan qoramsiq qon!
Qirq qaroqchi! Qora qulning qonlariday qoray! Qoray!..

Qopqasiz, qoq qishloqlarda qo‘yilmishdir qopqonlaring,
Qop-qop qonni qoplatguncha qochib qolar qoplonlaring,
Qashshoqlikda qaqshatdilar qashqirlaring, qabonlaring,
Qora qishda qutqararmi qora qulni qora qumday!..

Qirg‘iyakda qo‘llab qo‘yay qo‘lsizlangan qurdoshimni,
Qirq qaroqchi qirmadimi qirlardagi qirdoshimni?
Qirg‘inlardan qo‘riyolsam qaniydi qon-qardoshimni,
Qo‘rimasam, qiripurman qirqimdayoq qariy-qariy!..

Qoraqurum, Qoraqumdan, Qizilqumdan qirq qahramon,
Qo‘llarida, qalblarida qirqmingtadan qilich-qalqon!
Qora quyun qo‘zg‘olganda, qutulolmas qora qog‘on!
Qavm-qardoshim qirganlarni quturay-da qiray-qiray!!!
____________
* Qirg‘iyak - kuz boshi; qorason - qoramollarga qirg‘in keltiradigan kasallik; qulunchoq - toychoq; qumay - o‘laksaxo‘r yirtqich kush.


Qayd etilgan


AbdulAziz  18 May 2010, 15:06:38

Erkin Vohidov

QARO QOSHING

Qaro qoshing, qalam qoshing,
Qiyiq qayrilma qoshing, qiz.
Qilur qatlima qasd qayrab —
Qilich qotil qaroshing, qiz.

Qafasda qalb qushin qiynab,
Qanot qoqmoqqa qo`ymaysan.
Qarab qo`ygil qiyo,
Qalbimni qizdirsin quyoshing, qiz.

1957

Qayd etilgan


AbdulAziz  18 May 2010, 15:13:58

Shokirbek

QATAG’ON


Qavmimni qiyratdi qatag‘on,
Qardoshlar qabrga quladi.
Qaroqchi qo‘llari qizil qon,
Qolgan-qutganlarni quvladi..

Qondoshim! Qanoat qo‘rg‘oni!
Qalbingda qotmasin qo‘rquvlar!
Quzg‘unlar qalbingdan qo‘rqajak!
Qasosing qilarlar qiy-chuvlar!
Qaroqchi qashqirni qirgani,
Qilichlar qinlarin qirqajak!

Qularlar qabrga qo‘ng‘izlar!
Qahramon qardoshlar qolajak!
Qiqirlab qaqajon qor qizlar,
Qiyqirib quvnoqlik qilajak!

Qalblarga Qur’onni qo‘ndirib,
Qaqragan qalblarni qondirib,
Qardoshlar qavmimni qo‘rajak!
Qimmatli qismatin qurajak!

O’shal kun albatta kelajak!
O’shal kun albatta kelajak!

Qayd etilgan


AbdulAziz  18 May 2010, 15:16:38

Shokirbek

TASVIR...


Sokin subhidamda sip-siyoh sochi,
Sutdek suratiga soya solibdi.
Sirli sinoatga suqlarin sochib,
Sabo sochin sekin silab suyibdi.

Saboyu sochlari sozanda sozi,
Singari sehrli so‘zlar so‘ylabdi.
Sunbul sochlarining savdoyi so‘zi,
Silliq sirtmoq solib seni siylabdi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  18 May 2010, 15:28:10

Otabek O‘roqov

«T»LAR TIZILGANDA

TOSHKENT


Tozagul Toshkentdagi tibbiyot talabagohida talaba. Tarixda tuproq titrog‘idan titrab tomlari to‘nkarilib titilgan Toshkent tag‘in tiklandi. Tiklangan Toshkentni taniyolmaysan. Tog‘dek-tog‘dek tabaqali tomlar, turli turdagi tizilib to‘lqinlanayotgan texnikalar, talabagohlar, tibbiyot, tijorat, tikuvchilik tomlari, to‘liq, to‘liqsiz ta’limga tayyorlov tomlari, tuproq tagidan, tuproq tepasidan tez talpinar tizilib taqilgan temir tomli texnikalar...

TALABALAR TILLASHDI

Toliblarning tomini tog‘ tomonidagi tig‘iz teraklar tugagach, Tozagulning tomi. Tozagul Tohirni turli tomonlama tushunadi. Tohirimiz tog‘liklarga Tyanshini tushuntirayotganida Tozagul Tohirga tinimsiz tikilardi. Tohir Tozagulning tikilishlaridan tez tushundi. Tozagulda Tyanshist Tyanshi targ‘ibot tomiga Tozagul talpinar. Tovog‘u-tog‘oralab taom tashir. Tohirimiz Tozagullar tomonga termulaverardi. Tog‘da tun tarovati, tun tugmalari tog‘lar tepasini to‘ldirgan. Tog‘da tinchlik, tiqirlagan tovush topilmaydi. Tig‘iz teraklar tagida Tohir Tozagullar tomonga termulib turardi. Tozagul Tohirning taklifiga tayyorlanib taranardi.
Tohirning toqati toq. Tirsagida terakka tayangancha tag‘in termulardi. Termulgan tomondan tiqir-tiqir tovush taraldi. Tun tugmalarining tojdori to‘lingina tepa tom taxtidan teraklar tagidagi talabalarga tomoshabin. Tozagul Tohirdan to‘rtliklar tinglardi.

Tong tojdori, tun tojdori tug‘ishgandur,
Tug‘ishganlar taftlariga talashgandur.
Tong tojdori tun tojdorin tirnagandur,
Tangri tezda tojdorlarni tarqatgandur.

Tongla tun tojdorlarga teng taqsim.
Tog‘dan tepa taxtlarla taqdirlandi.
Tangrimizni tadbiridan topib taslim,
Tug‘ishganlar topisholmay tahqirlandi.

Taqdirlangan taxtlariga topmay toqat,
Tug‘ishganlar tag‘in taxtga talashadi.
Tepa tog‘lar tojdorlarni taxtga tutib.
Tag‘in tog‘lar tojdorlarni tushiradi.

Tohir tepaga termulib tinmay to‘rtliklar to‘qirdi. Tundan tonggacha talabalar tillashuvi tugamaydi.

"Yoshlik" jurnalining 2009 yil, 4-sonidan olindi.

Qayd etilgan


Abu Muso  18 May 2010, 15:44:33

 :as:

Ajoyib, qo'shni forumda shu kabi o'yinimiz bor...

Ancha, muncha ter to'kkandik o'sha mavzuda. :D

Qayd etilgan


Abu Muso  18 May 2010, 15:47:15

 :as:

Mo'minlar, muslimlar, muttaqiynlar, muhsinlar, mujohidlar, musolliynlar,
muhojirlar mahshar maydonida martabali maqomdadurlar !

Insonning ilm istab izlanishlari,  iymon ilinjida ikkilanmay
intilishlari islomiy ixtiyorlardandir.

Aqlli asilzoda andishalik ayollar,  Allohning  aytgan amrlaridan astoyidil  ajralmay, aslo adashmaydilar .

Zamindagi zaiflarni zorillatgan zo'ravonlar, zamonaning zulmkor zolimlari,
zalolat zulmatidagi zehnsiz zinokorlar - Zaqqumda zanjirbanddurlar.


Qayd etilgan


Abu Muso  18 May 2010, 15:50:09

Munofiqlar, mushriklar, maqtanchoq mutakabbirlar, maishatparast mayho'rlar,
ma'siyatga moyillar, muttaham murtadlar - Mal'unning merosho'rlaridir .

Haq hukmlarini hohlamaydigan, hoyu havas, hayvoniy hirs haridorlari -
Hidoyat halovatini hidlamaydilar ham.

Kibrli, kaltafahm, kazzob, ko'zlari koinot kimnikiligini ko'rmaydigan, Kalomdan
kuluvchi  kofir kimsalar, Kun kelib katta kulfatla kuydiriladilar.

Tobutga tushmay turib , tahoratni tahajjudni taqvoni tanlash talabida turgan
Tiriklar tahsinga tayindirlar !

Qayd etilgan


Abu Muso  18 May 2010, 15:53:16

Inson islomni istab izlansa , iymon ila istig’for istasa, ilohiy ishqqa intilib iztiroblansa,ilmu idrok,
imkoniyatlaru iqtidorini ibodatga ihtiyoriy ishlatsa, ikkilanmang, Insonyat ichra irodali iqbolli Insondir !

Dunyodagi dindorlikka da'vogarlarning,dahriylik dashtlarida darbadar daydishlari, doimo diqqatlari  da'vatdamasligi, dillarining duoda davomiymasligi, dastavval dangasalik dardiga duchorliklari darajasidan demakdir.

Sonlari sanoqligina  Solihlar, samarasiz sanalgan sahifalarda sang'imay, saodat sanalaridagi
Sahobalarning sinovlarga sabrlilik, savdoda sahovatlilik,salohiyatda samimiylik, sunnatga
sadoqatlilik, sifatlarila sifatlansalar, Saqardan salomatu Sirotda sobitqadamdurlar.

Odamlar orasidagi oqillar Ohiratdan ogohliklari oqibatidan, odobli, oriyatli, odil, ovozlari ohista, oshiyoinlari osmono’parmas oddiyu ozoda, ortiqcha orzularsiz, orazlari osmondagi oftobu oydek oppoq orasta ommadurlar.

Qayd etilgan


Abu Muso  18 May 2010, 16:01:32

Bashariyat bugun buzg’unchiiliklar botqog’iga botishda bardavom bo’lmay,badgumonlik, besabrlik,
badfe’llik, bahillik balolariga  bardosh berib,bu balolarga boshlovchi bahonalarga barham bersalar,
birovlarning boyligiga behayo boqmay, balki bisotlaridagi behisob boyliklarining ba’zilaridan
bechoralarga behijolat bersalar, bilingki bundaylar barcha boy-baquvvat bandalardanda boyroq, bahtlidurlar.

Ba’zi bir bo’limlarda birodarlarimiz batafsil bilmaydigan bilimlari borasida behuda bahslashmoqdalar.
Bu befoyda bahslar birodarlarni, beodoblikka bir-birini behurmatlashga, banihoyat, bo’linishlikka boshlab
boradi. Bo’linish bu batahqiq, bid’atdir ! Bizlar bunga befarqu bee’tibor bo’lmasdan, balkim bu bahslarga
barham berishcun birlashib, bel boglasak bo’lmasmikan? Bizning bobolarimizning betakror bilimari bezanib
boyib borganligining boisi, behudaga bahslashavermaganlaridandir.

Qayd etilgan