Harflar marjondek tizilganda...  ( 11377 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 B


Abu Muso  18 May 2010, 16:06:52

Nafsimning nojoiz nayranglari negadir nihoyasizdir. Nafsim namuncha nayrangbozsan?
Nayranglaring negizi nafsiz-nojo'ya narsalarku, nahotki nayranging nazdida noilojdurman?



Qayd etilgan


Abu Muso  19 May 2010, 11:44:19

 :as:

Bu bo'limimiz borligini ba'zi bilimdon birodarlarimiz bilmas balki, birorta bir burilish bo'lmapti...:(

Qayd etilgan


JaviK  19 May 2010, 12:01:37

Bu bo`limni borligini bilmabman, Bilganimda boshqacharoq bahslar bo`larmidi.

Qayd etilgan


JaviK  19 May 2010, 12:10:50

Bahodirning bobosini bog`i bor. Bog`da bodom, behilar bor. Biz bog`ga bordik.  Bahodirning bobosi bog`di burchagiga bo`zakchani bog`ladi. Bahodirning bobosi bizga bodom, bexilardan berdi.

Qayd etilgan


Shoxjahon12  19 May 2010, 12:20:11

Badriddinov Bahodir bilan Baxromov Baxtiyor boks bo’yicha birinchilikka, Bolgariyaga borishdi. Bo’ladigan bola boshidan bilinadi. Baxodir birinchi, Baxtiyor bo'lsa braziliyalik bokschi bilan birga beshinchi bo’lishdi.  ;D

Qayd etilgan


Abu Muso  24 May 2010, 11:33:35

 :as:

Sahifamizda sukunat sohib... :( Sababi, sahifamiz so'zamol safdoshlarning so'zlarisiz

suvsiz soydek, saksovulzor sahrodek. Sizlarning satrlaringiz, sahifamizni sukunat sahrosidagi

sargardardonlikdan saqlardi. Sahifamizni sara so'zlarla sayqallayvering. Sizga sihatu-sog'lik,

salomatlik, sizning so'z san'atingizga samaralar...

Qayd etilgan


registan  24 May 2010, 13:37:03

:as:

Sahifamizda sukunat sohib... :( Sababi, sahifamiz so'zamol safdoshlarning so'zlarisiz

suvsiz soydek, saksovulzor sahrodek. Sizlarning satrlaringiz, sahifamizni sukunat sahrosidagi

sargardardonlikdan saqlardi. Sahifamizni sara so'zlarla sayqallayvering. Sizga sihatu-sog'lik,

salomatlik, sizning so'z san'atingizga samaralar...


Tilagan tilaklaringizga tashakkurlar.
To’g’ri, tovushlar tilladek tizilganda topigida tinchlik.
Turnadek tizilgan tekstingizdan to’lqinlandim, to’g’risi.
Tangridan tinchlik-totuvlik tilaymiz.

Qayd etilgan


JaviK  10 Iyun 2010, 16:24:18

Tilaklaringizdan ta'sirlandim. Tabassumim tilaklaringizga  tilakdoshdur.

Qayd etilgan


ZUBAIR  11 Iyun 2010, 03:24:12

Seshanba sahar soat sakkizda Sirdaryolik savdogar Salimning sobiq sinfdoshi Sardor sariq, sabzirang semiz sigirni sog'ib, svejiy sutni soy sohilidagi "Sabo" samovarxonasida sakson sakkiz so'mdan sotdi.

:-)

Qayd etilgan


Robiya  17 Iyul 2010, 17:08:29

 :as:

Кел-сй кузлари кимхобим, кулбани Каъбалаб кетгин,
Комони кипригинг кучиб кузимни куймалаб кетгин,
Карам курсат, касод курди карашмангдинму карвоним,
Кунглимни кавсари куйдин кузангга кузалаб кетгин.

Касалдирмен куриб кукда кузинг касби киборингдин,
Кумирдек куйдику кечам кулиб кучган каломингдин,
Кутурмен куш куролмай кун кумуш-кимёб камолингдин,
Кел-сй кокили кажрафтор кафтимда кечалаб кетгин.

Дилсора Фозилова

Qayd etilgan