Хотиндан беркитган пуллар :)  ( 12899 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 B


Lu`lu`  21 Oktyabr 2011, 08:41:21

Хуллас, уйланган куп танишлар хотинидан сширинча пул туплашаркан, хар хил "кора кунлар" учун :)...

Кизик, "кора кунлар" деганда нима назарда тутилвотти, азами? Тавба тириклигида пулини ишонмаган, улганида нима кераги борикин пулни сширилганни  ???

форумдошлардан бекитаман :D

Оилада муомала нозик гул кабидир. Гулни Гулидан тикони куп булади, деганларидек, оиладасм пул муаамоси шунга ухшаш
Гулни асрагандек, оилани пулисм асралса, гунчалар тугаверади. Лекин муаммоларам тугилаверади.
А­х, бусм утади - кетади  :5

Qayd etilgan


Habib  21 Oktyabr 2011, 10:31:32

Юқорида кечадан бери анча фикрлар ёзилибди. Тсғри, сир бслмаслиги керак оилада. Лекин сркак кишини ёнида пул туриши керак-ку ортиқча, тсғрими?
Қариндошларининг (сиз учун бамаҳалда! ;D  ) тсй қилиб қолиши бор, меҳмон келиб қолиши уйга,...ва сна бир қанча оилавий "чиқим"лар.Тасаввур қилинг, пул жуда зарур бир ишни битиришга, қарз ссраб сарғайиб юриш схшими, ёки жамғариб қсйганингиздан олган схшими.   

Оилани бошқариш сркак кишининг вазифаси. Ҳафа бслиш бслмасин муҳтарама хонимлар, аммо аёл киши кспам узоқни сйлаб иш қила олмайди сркак кишига нисбатан. А­ркак киши асосан етти слчаб, сйлаб бир кесади. Шунинг учун "қора кунлар" деганда мусибатли кунларни смас, схшиликка ишлайдиган, сзгуликка, оилангиз учун ҳаражат бсладиган пулларни тушунайлик. А­ркакларнинг топганини сарваришлаб, камҳарж бслиб ишлатиш қандоқ ҳам гсзал, азиз аёллар?  ;)

Qayd etilgan


siddiqa  21 Oktyabr 2011, 15:43:22

Habib aka gaplarizga qo'shilaman.:-) to'g'risi ayollarga qolsa bitta pishiradigan shirinligini o'ziga qancha ketadi. Bekitishdamasu lekin erkak kishini zapasda puli bo'lgani ma'qul. ALLOH razzoq zot va harakat qilgan bandasiga taqvo qilsa risqini keng qib qo'yadi.

Qayd etilgan


Muallim  22 Oktyabr 2011, 02:03:50

:asl3:
   Habib birodarimizning oyilarining bir gapini haligacha eslayman va yaxshi ko'raman. "Bolam dadang bergan pullarni qo'rqmasdan ishlataveraman. Sen bergan pullarni esa nimagadir o'ylab ishlataman"... Onaning bolasiga nisbatan mehri ko'proq bo'lar ekan... Subhanalloh.

Qayd etilgan


muxlisa  22 Oktyabr 2011, 16:14:40

Xotinladan pul berkitishda yomon narsa ko'rmiman.. Erlar pulini o'zi topgandan keyin, unga o'zi xo'jayin. Xoxlaganicha berkishi mumkin. Tepada etilganidek, ko'pchilik ayollar uzoqni ko'risholmidi, ya'ni erkaklar tadbirliroq. Erga itoat va bo'ysunishdagi xikmat ham shulardan...

Qayd etilgan


Ansora  24 Oktyabr 2011, 13:04:51

Ayol eridan pul berkitsa aylanib uyiga ishlatadi, lekin erkakni ayolidan pul berkitishi yaxshilikkamas-shaxsiy fikrim...

Qayd etilgan


Shoxjahon12  24 Oktyabr 2011, 13:31:09

"Xotindan pul berkitish yo'lini izlash kerak emas, balki xotinga pulga xirs qo'ymaslik ta'limini berish kerak.". Bir akaxonimizning fikridan)

Qayd etilgan


Mo'min Mirzo  24 Oktyabr 2011, 19:11:59

Kapalak opa ayol eridan pul berkitsa aylanib uyiga emas, yangi kiyimgami, sumkachagami yo qandaydir pardoz buyumigami sarflaydi :)

xotindan pul berkitishni emas, ahliyasiga iqtisod qilishni o'rgatish kerak.
Oyisha onamiz boshqa ayollarday zeb xohlaganlarida Rasululloh s.a.v. hafa bo'lib gaplashmay qo'yadilar, bu tavba qilmagunlaricha davom etadi.
biz ham shundoq qilishimiz kerak. kerak bolganda berib, ehtiyoj bolmaganda qaytarib tursak ro'zg'orga baraka kelaveradi. uy bekasi ham tez orada kerakli narsalarga sarflash har tomonlama foydali ekanligini tushunib yetadi.

Qayd etilgan


Lu`lu`  25 Oktyabr 2011, 08:51:24

Kapalak opa ayol eridan pul berkitsa aylanib uyiga emas, yangi kiyimgami, sumkachagami yo qandaydir pardoz buyumigami sarflaydi :)

xotindan pul berkitishni emas, ahliyasiga iqtisod qilishni o'rgatish kerak.
Oyisha onamiz boshqa ayollarday zeb xohlaganlarida Rasululloh s.a.v. hafa bo'lib gaplashmay qo'yadilar, bu tavba qilmagunlaricha davom etadi.
biz ham shundoq qilishimiz kerak. kerak bolganda berib, ehtiyoj bolmaganda qaytarib tursak ro'zg'orga baraka kelaveradi. uy bekasi ham tez orada kerakli narsalarga sarflash har tomonlama foydali ekanligini tushunib yetadi.

Мана буни муътадил иш юритиш дейилади.
Баъзи оилаларда Аллох хикмати бн рузгор аёлларнисм бошига тушган.
Халкимизда "А­р-хотин куш хукиз" деган гап бор.
Маълумки, оила факат ср-хотиндан иборатмас, факат киз фарзандли ёки замона зайли бн оилада карислару аёллар, болалар колган оилалар хам бор.
Форумдошларимизни фикрлари хар бир оилага тегишли булиб, алохида юкори мавкеъга сга.
Ва оила рахбари зиммасига катта масъулист юклатилишини алохида таъкидласпсизлар.
Манимча,снг муътадил ва хаётни жабхаларини кенг камраб оладиган фикр Мумин Мирзоникидир.

Qayd etilgan


Ansora  25 Oktyabr 2011, 13:04:53

Men yaqindan taniygan ikki ayol- biri onam, biri qaynonam. Men yuqoridagi fikrlarimni ularni eslab yozgandim.
 
Onam, ah onaginam, esimni taniganimdan beri bir marotaba dadamdan beruhsat bir narsa olmaganlar na ustilariga, na qorinlariga. Har doim aytardilar: bola chaqam yonimda bo'lmagan payt og'zimga bir narsa solsam, xuddi tiqilib qoladiganday bo'laveraman. Sizlarsiz hech narsani mazasi yo'q. Qizim yoki o'g'limni kamchiligini o'ylab uyqularim qochdi, deganlarini ko'p eslayman.

Qaynonamlarchi? U kishiga pul bergandik oyligimizdan, talaba qaynimni cho'ntagiga solibdilar, sen begona yurtdasan bolam, deb.
Dadam ham maosh olib kelgan kunlari ayamga berardilar, cho'ntaklarida keragidan ortiqcha pul olib yurganliklarini (berkitishlar aslo xayolimga kelmas) hech ko'rmaganman oilani katta qizi sifatida.

Qaynotam bir tiyin topsalar ham qaynonam bilan baham ko'radilar, kelajakka doir, farzandlarini iqboliga sarflash uchun rejalar qiladilar.Agar ular er-xotin shunday bo'lishmaganda bir o'qituvchi maoshi bilan Turkiyada 3 farzandni unv-da o'qitish juda qiyin. Oilani barokati- er-xotinni birbiriga bo'lgan ishonchida, deb bilaman.

Men ho'jayinimni maoshlarini omonat deb bilaman. Zotan kasblari osonmas, kechalari kunduzlari aralash, uyqusiz, peshona terilari bilan topgan pullarini men qanday qilib u kishi rozi bo'lmasdan sarf qilay, uyalaman...qul haqqi bu...

Har kim o'zidan chiqib javob beradi, albatta.

Bazi erlar bor, ayoli zoriqib turganda ham olmaydi o'sha buyumni, ayol nima qilsin?

To'qlikka sho'xlik qilgan ayollarga esa aytagigan gapim: Olloh iymon, insof bersin...

Qayd etilgan