Turkiya haqida savollar bo'lsa marhamat!  ( 268721 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 ... 38 B


registan  25 May 2010, 11:20:59

Navbatdagi savol:)

Nima uchun ko'p turk ismlari ikki qismdan iborat? Bir to'xtamga kelisholmaganliklaridanmi bu? Yani dadasi bir ismni qo'yamiz desa ayasi boshqa bir ism aytadi, natijadan ikki qismdan iborat ism paydo bo'ladi. :P

Qayd etilgan


Ansora  25 May 2010, 11:24:58

Navbatdagi savol:)

Nima uchun ko'p turk ismlari ikki qismdan iborat? Bir to'xtamga kelisholmaganliklaridanmi bu? Yani dadasi bir ismni qo'yamiz desa ayasi boshqa bir ism aytadi, natijadan ikki qismdan iborat ism paydo bo'ladi. :P


Shunday desak ham bo'ladi, keyin ota-onalar bir ism xohlashadi, yoshlar bir ism.
Keyin bir ismni bolaga ism tanlanib  bo'lgandan keyin qo'yish majburiyatida qolishadi, masalan tushida ko'radi, hech hafa qilishi mumkin bo'lmagan bir qarindosh iltimos qiladi:)
Davlat tarafidan 2 ismgacha ruhsat berilgan bo'lib, ismlardan biri begona tilda bo'lishi mumkin. Masalan men bir O'zbekcha ism qo'yish haqqiga egaman:)

Qayd etilgan


Abu Muso  25 May 2010, 11:46:18

 :as:

Turk musulmonlari qaysi mazhablarga mansub?

Qayd etilgan


muhibb  25 May 2010, 11:57:08

:as:

Turk musulmonlari qaysi mazhablarga mansub?

hanafiy va shofe'iy. Bemazhablari ham bor.
Hanafiylari ichida nurchilari ham ko'p.
nurchilarining o'zi ham bir necha xil.
eng ko'p tarqalgani Fathulla gulen tarafdorlari.
Aksariyat "julik" turklar o'zlarini shu jamoat vakili hisoblanishadi.
Gulen o'zi surgunda. Aniqrog'i Amerikada. 2008 yilda turkiyaga kirishiga izn berilgan, lekin u kirmayapti. Nimaymish: "Mening turkiyaga kirishim minglab musulmonlarga ziyon yekazadi" emish.
Bo'lmagan gap. Shunchaki o'zini katta tutishini uning ixlosmandlari ko'zida kamtarlik sifatida baholashadi.

Qayd etilgan


Ansora  25 May 2010, 21:19:14

:as:

Turk musulmonlari qaysi mazhablarga mansub?

V.assalom.

Turkiyada eng ko'p tarqalgan mazhaplar shular ekan:

Sunniy Hanafiylar- Turklar, Kurtlar, Zazalar, Cherkezlar, Gurjilar, Lazlar, Hemshinlar, Arnavutlar( Albaniyadan kelganlar), Boshnaklar (Bosniyadan kelganlar), Romanlar( Ruminyadan kelganlar), Sudanlilar, Arablar, Makedoniyaliklar, Ozarbayjonlar.

Sunniy Shofiylar-Turklar, Zazalar, Kurtlar, Arablar, Chechenlar, Dog'istonliklar( Avar, Lezgi, Dargi)

Shii Aleviylar- Turklar, Zazalar, Arablar, Arnavutlar, Kurtlar.

Shii Jaferiylar - Turklar, Kurtlar, Arablar. 


Qayd etilgan


ZUBAIR  26 May 2010, 01:33:21

Turkiyada soqol qo'yib yurishga hech qanday qarshilik yo'qmi? Umuman soqolliklar ko'p uchraydimi yoki kammi?

Qayd etilgan


BelleQizcha  26 May 2010, 01:49:07

uzbekla qaysi mazhablarga mansub unda?

Qayd etilgan


JaviK  26 May 2010, 07:39:40

Nurchilarga qarashli litseylar ko`p deb eshitdim, Davlatga qarashlidan ham ko`pmi?

Qayd etilgan


muhibb  26 May 2010, 09:52:19

uzbekla qaysi mazhablarga mansub unda?

o'zbeklani ota-bobolariyam hanafiy o'sishgan. Hanafiylikniyam ashaddiysi o'zbeklar hisoblanishadi :)
Shuning uchun qo'rqmay, hanafiyman deyishingz mumkin. Aqdada Moturidiymiz.

Qayd etilgan


muhibb  26 May 2010, 09:54:12

Nurchilarga qarashli litseylar ko`p deb eshitdim, Davlatga qarashlidan ham ko`pmi?

ja unchalikmas. ular asosan chet ellarda litsey ochishadi. afrikaning odam bormas joylarida ham yo turk litseylarini ko'rishingiz mumkin, yo xristianlarning missionerlarini :)

Gulenchilar o'zlarining maqsadlariga erishish uchun ta'lim sistemasini qo'lga kiritishga harakat qilishadi. OTL yopilishining sababi ham shu:)

Qayd etilgan