Turkiya haqida savollar bo'lsa marhamat!  ( 268725 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 ... 38 B


Ansora  20 May 2010, 12:07:22




A.alaykum aziz forumdoshlar. Forumdosh ukalarimizdan İbrohimjon bu mavzuni ochilishiga sabab bo'ldilar. U kishiga rahmat:)
Bu mavzuda Turkiya bilan bog'liq butun qiziqqan sohangiz (shaharlari, o'qishlari, ovqatlari, kutubxonalari vhk) haqida savol berishingiz mumkin.
Men ham qo'limdan kelganicha sizlarga javob berishga harakat qilaman inshalloh. Bir Davlatning butun sohalari haqida birma-bir ma'lumot berish qiyin bo'lganligi uchun ham savollar orqali ma'lumot berib borish osonroq bo'ladi, deb o'yladim. Balki vaqti bilan alohida mavzular ochilar, hayirlisi Allohdan.






Qayd etilgan


Shoxjahon12  20 May 2010, 12:12:20


Turkiyada 1 million liraga nimalar xarid qilsa bo'ladi? (Turk seriallarida ko'rib qolamiz: 100 million, 200 million deyishadi. Shunga qiziqdim-da)

Qayd etilgan


Ansora  20 May 2010, 12:14:30


Turkiyada 1 million liraga nimalar xarid qilsa bo'ladi? (Turk seriallarida ko'rib qolamiz: 100 million, 200 million deyishadi. Shunga qiziqdim-da)

Turk Lirasi o'tgan yili adashmasam, 6 dona nollni tashladi, shuning uchun bundan keyin faqat 1 Turk lirasi, bo'lib qoldi.

Eski 1 million, yangi 1 liraga- ancha narsa olsa bo'ladi, asosiysi 2 dona non beradi : )

Qayd etilgan


muhibb  20 May 2010, 12:16:35

1. Turkiya aholisning necha foizini "toza" turklar tashkil qilishadi?
Kurdlarning ulushi qancha?

2. Kuzatsam, chet eldagi turklar bir-biri bilan tanishayotib, "hangi memleketdensiniz?" (ya'ni bizdagi qaysi viloyatdansan?) deb so'rashadi. Turklarda bizdagi kabi mahalliychilik kuchlimi?

3. Turkiya krizisdan chiqib keta oldimi?

Qayd etilgan


muhibb  20 May 2010, 12:18:08


Turkiyada 1 million liraga nimalar xarid qilsa bo'ladi? (Turk seriallarida ko'rib qolamiz: 100 million, 200 million deyishadi. Shunga qiziqdim-da)

Turk Lirasi o'tgan yili adashmasam, 6 dona nollni tashladi, shuning uchun bundan keyin faqat 1 Turk lirasi, bo'lib qoldi.

Eski 1 million, yangi 1 liraga- ancha narsa olsa bo'ladi, asosiysi 2 dona non beradi : )

o'rinsiz tiqilganim uchun uzr.

nollar olinganiga kamida 3 yildan oshdi shekilli?
Chunki 3 yil oldin turklar bizga "sizlar ham nollarni olib tashlasangiz bo'lardi...." deyishardi. :)

Qayd etilgan


Ansora  20 May 2010, 12:18:22

Yuroridagi Turkiya haritasida Turkiyadagi İller (viloyatlar) berilgan, pastdagi haritada esa bu viloyatlardagi tarixiy makonlarni eslatadigan maketlar qo'yilgan.

Masalan: İstambul joylashgan joyda- Sultonahmad Masjidi,

Ankarada- Anıtkabir (Otaturk yotgan joy)

Konyada- Nasriddin Afandining haykali va Mavlono Jaloliddin Rumiyning maqbarasi.

Qayd etilgan


Ansora  20 May 2010, 12:22:51


Turkiyada 1 million liraga nimalar xarid qilsa bo'ladi? (Turk seriallarida ko'rib qolamiz: 100 million, 200 million deyishadi. Shunga qiziqdim-da)

Turk Lirasi o'tgan yili adashmasam, 6 dona nollni tashladi, shuning uchun bundan keyin faqat 1 Turk lirasi, bo'lib qoldi.

Eski 1 million, yangi 1 liraga- ancha narsa olsa bo'ladi, asosiysi 2 dona non beradi : )

o'rinsiz tiqilganim uchun uzr.

nollar olinganiga kamida 3 yildan oshdi shekilli?
Chunki 3 yil oldin turklar bizga "sizlar ham nollarni olib tashlasangiz bo'lardi...." deyishardi. :)

Nollar 2005 1 chi yanvarda tashlangan ekan, faqat pulni ismi YTL yani Yeni Turk lirasi edi. Men bu ismni Turk Lirasi, deb almashtirilgan tarix bilan aralashtiribman, uzr:) Chunki bu ism 2009 chi yil, 1 chi yanvarda o'zgargan edi.

Qayd etilgan


Abu Muso  20 May 2010, 12:25:27

 :as:

Kapalakxon yaxshi mavzu ochibsiz... Ammo savolga ko'mib tashlaymiz endi,

javob berib ulgursangiz bo'ldi.  ;D Mana sizga bitta savol:

Ko'p kuzatganman kinolarda, nima uchun turklarning uyidagi xonalar poli

ko'cha sathidan pastda qurilgan bo'ladi? Istagan bir xonada ham undan

pastroqqa tushadigan 2-3 qator zina mavjud, bu nima bilan bog'liq?

Qayd etilgan


ibrohim  20 May 2010, 12:28:40

Kapalak opa turklarda davlat tomonidan qurol sotib olish yo'lga qo'yilganmi?
 Nega bunday deganimga sabab, Amerikada fuqarolik pasportiga ega bo'lgan barcha odam qurol sotib olishi huquqiga ega

Qayd etilgan


Ansora  20 May 2010, 12:29:16

1. Turkiya aholisning necha foizini "toza" turklar tashkil qilishadi?
Kurdlarning ulushi qancha?

2. Kuzatsam, chet eldagi turklar bir-biri bilan tanishayotib, "hangi memleketdensiniz?" (ya'ni bizdagi qaysi viloyatdansan?) deb so'rashadi. Turklarda bizdagi kabi mahalliychilik kuchlimi?

3. Turkiya krizisdan chiqib keta oldimi?

1. Turkiyada ancha-muncha irq yashaydi. Buni aniq qilib hisoblasha olmaydi, chunki qonlar aralashib ketgan. Kurtlar soni anchagina, chunki har bir oilada o'rtacha 7-8 farzand bor:)

2. Bizga o'hshab, Turklar ham darrov qayerdansan, deb so'raydi, bizdan ham kuchli desam bo'ladi, lekin joyiga qarab bu gaplar ham, bazan Hammamiz Turkmiz, Musulmonmiz, deganlar ham bor. Bizni yonimizda un mahsulotlari pishiradigan joy, restoran bor. Egasi- Qoradengizning Samsun shaharidan. U kishi faqat Qoradengizlilarni ishga olarkan:) Sababi "avvalo o'zimizni odamlar ishli bo'lsin". Non olgani kirganimda e'tibor beraman-da hammasi sariq odamlar, qizlar. (Qoradengizlilar asosan Ruslarga o'hshab ketishadi) ,

3. Davlatga qolsa krizdan qutildi, lekin Xalq unday demaydi, o'zim ham qancha tanishimni ishdan chiqqanini eshitdim, eng ko'p tekstil zarar ko'rdi...

Qayd etilgan