Turkiya haqida savollar bo'lsa marhamat!  ( 268732 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 ... 38 B

Ansora  20 May 2010, 12:33:57

:as:

Kapalakxon yaxshi mavzu ochibsiz... Ammo savolga ko'mib tashlaymiz endi,

javob berib ulgursangiz bo'ldi.  ;D Mana sizga bitta savol:

Ko'p kuzatganman kinolarda, nima uchun turklarning uyidagi xonalar poli

ko'cha sathidan pastda qurilgan bo'ladi? Istagan bir xonada ham undan

pastroqqa tushadigan 2-3 qator zina mavjud, bu nima bilan bog'liq?

Rahmat Abu Muso aka.

Agar savolni to'g'ri tushungan bo'lsam:

Buning sababi podvali bo'lishi kerak, bizga o'hshab faqat ortiqcha narsalar uchun ishlatishmaydi bu yerni, pastki qavatda ko'pincha oshxona bo'ladi. Yoki kichkina xona, salqin bo'lganligi uchun tinchgina:)

Qayd etilgan

JaviK  20 May 2010, 12:34:46

Kapalak opa hayrli ish boshlabsiz. Hammaga foydasi  tegadi degan umiddaman. Yana bir savol. Turkiya -O`zbekiston vaqtlari o`rtasidagi farqi necha soatga teng?

Qayd etilgan

Ansora  20 May 2010, 12:36:22

Kapalak opa turklarda davlat tomonidan qurol sotib olish yo'lga qo'yilganmi?
 Nega bunday deganimga sabab, Amerikada fuqarolik pasportiga ega bo'lgan barcha odam qurol sotib olishi huquqiga ega

Tabiiki ruhsat bor. Davlatning İchki ishlariga borib, qanday qurol sotib olganingizni bildirasiz, ro'yhatdan o'tkazasiz bu qurolni. Jinoyat sodir bo'lganda bu qurolning rusumi, qaydga olingan raqami kompyuterga kiritilganda "taq" edib qarshingizga chiqadi, bu qurolni egasini butun ma'lumotlari.

Lekin rasmiy bo'lmagan qurol ham anchagina:)

Qayd etilgan

Ansora  20 May 2010, 12:38:45

Kapalak opa hayrli ish boshlabsiz. Hammaga foydasi  tegadi degan umiddaman. Yana bir savol. Turkiya -O`zbekiston vaqtlari o`rtasidagi farqi necha soatga teng?

Rahmat Javlonbek.

Xozir yoz vaqtiga o'tganmiz. Biz 2 soat Ona-Vatandan orqadamiz. Qish kelganda esa 1 soat orqaga olinadi. Sababi quyoshdan foydalanish.

Qayd etilgan

Abu Muso  20 May 2010, 12:42:41

 :as:

Yo'q men aytganim, ko'chadan kelib uyning eshigidan

kirasizu zinadan pastga tushasiz... Bu degani, uyning

poli ko'chadan ancha pastda degani. Shunga so'radim.

Qayd etilgan

Ansora  20 May 2010, 12:45:38

:as:

Yo'q men aytganim, ko'chadan kelib uyning eshigidan

kirasizu zinadan pastga tushasiz... Bu degani, uyning

poli ko'chadan ancha pastda degani. Shunga so'radim.

Himmm, bu savolni aniq javobini surishtirib ko'raman inshalloh. Oddiy domlarda bunday emas, asosan villa tarzi, dubleks uylarda shunday.
Balki uzun bo'yli odamlar uchundir:) boshini urib olmasin, deb:)

Madrasalarni eshigi past bo'lishini sababi talaba ilm olgan joyiga hurmat ko'rsatib, eshikdan egilib kirsin, deb shunday past qurilgan, deb bilaman, birdan esimga tushib ketdi:)

Qayd etilgan

Abu Muso  20 May 2010, 13:01:05

 :as:

Bu narsani anchadan beri so'ramoqchi bo'lib yurgandim...

Biz ko'rib iymonimizni chaqlagan bir turk filmi bor edi - "Rabia".

Ana shu Robiyatul Adaviya haqidagi filmning birinchi versiyasi,

(adshmasam, Туркан Шорай o'ynagandi bosh rolda) qanday

topsa bo'ladi. Biror joyda bo'lsa linkini bervoring. Qayta ishlanganida

o'sha birinchisidagi qanaqadir nur yetishmaydi. Please...

Qayd etilgan

Ansora  20 May 2010, 13:17:09

http://www.diziizleyelim.com/hazreti-rabia-dini-film.html

Shu yerdan ko'rishingiz mumkin. Yuqorida 1 chi 2 qism deb yozilgan..

Qayd etilgan

Abu Muso  20 May 2010, 13:30:03

 :as:

Chox teshekkur edirem! , deyilarmidi...  ;D

Qayd etilgan

registan  20 May 2010, 13:31:12

Yana bir savol: Bi kuni facebookimga bir video keldi, ko'rsangiz ko'nglingiz ozadi. Turk xalqi bir militsiya xodimini shunaqangi urishdiki, asti qo'yaveasiz. Namoyishchilar desangiz namoyishchilarning bu darajaga borisini tasavvur qilolmaysiz. Kim ular, ba'zilar kurdlar deyishdi, baribir tushunmadim, muammo nimada?

Qayd etilgan