Turkiya haqida savollar bo'lsa marhamat!  ( 269152 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 ... 38 B


Ansora  20 May 2010, 14:00:11

Bazan xabarlarni shunchaki tomosha qilaman, bazan esa sabrim chidamaydi. Shunchaki kuzataman, holos degan ma'noda aytdim.

Ha keyin bir narsani eslatib qo'yay: Meni fikrlarim shaxsiy fikrlar. Masalan forumga qarshi fikrli biri kirib qolsa- Turklardan meni yolg'onchiga chiqarishi mumkin, asosan Kommunistlar, Ergenekon haqida  ;D

Qayd etilgan


muhibb  20 May 2010, 14:02:47

turkiyada hijobli ishlash va o'qish masalasi qaysi tomon foydasiga hal bo'lgan?
turk qizlari hijobni chin ko'ngildan kiyishadimi, yoki hijoblilarning katta qismi ota-onasining zo'rlashi natijasida kiyadilarmi?

Qayd etilgan


Ansora  20 May 2010, 14:05:35

turkiyada hijobli ishlash va o'qish masalasi qaysi tomon foydasiga hal bo'lgan?
turk qizlari hijobni chin ko'ngildan kiyishadimi, yoki hijoblilarning katta qismi ota-onasining zo'rlashi natijasida kiyadilarmi?

Bu masala o'tgan yili yana "olovlandi" bazi Unv- rektorlari ruhsat berdi, bazilari esa yo'q. Qizlar hijoblarini ochib yoki parik bilan o'qishga kirishadi. Hijob yuzidan o'qishni tashlaganlari ham ko'p bo'ldi.

Har xil inson bo'lgani uchun bazilari aytganingizday ota-onasini majburlashi bilani bazilari esa ota-onasiga qarshi kelgan holda hijobni o'rashadi....

Qayd etilgan


muhibb  20 May 2010, 14:08:08

uzb da turklar o'zini podsho hisoblashadi.
normal turklar ham shunaqa kibrlimi?
ular yevropaga borishsa ham, shunday kibrlari saqlanib turadimi?
Hech shunga e'tibor berganmisiz?

Qayd etilgan


Ansora  20 May 2010, 14:13:00

uzb da turklar o'zini podsho hisoblashadi.
normal turklar ham shunaqa kibrlimi?
ular yevropaga borishsa ham, shunday kibrlari saqlanib turadimi?
Hech shunga e'tibor berganmisiz?

Demak sizga shundaylari uchragan faqat:)

Men ilk tanigan inson Turk tili domlam edilar, Nizomiyda. U kishi bizdan ajralar ekanlar yig'lagandilar....Turklar shunday ekan, degan fikr bo'lgan boshda.

Bazilari puldor bo'lgani uchun o'zini katta ko'rsatadi, buni keyinchalik ishlagan joylarimda ko'rganman, lekin "damini ham olgandi" u boshliq, O'zbekistondan haydalgandi 24 soat ichida.

Hammasi shunday deyish qiyin!

Yevropada asosan Turklardan qo'rqishadi:) Tez jahli chiqqani uchun varvarı deyishadi eshitgandirsiz. Bilmadim men O'qituvchilarimni o'rnak olaman doim, ularni haqlarini to'lay olmayman, Alloh ulardan rozi bo'lsin. To'yimda ham yolg'iz qoldirishmadi, bosh qosh bo'lishdi 12 soatlik yo'ldan kelishdi men uchun. Bir talaba uchun shunchalik jon kuydirilsa kerak:)

Qayd etilgan


ibrohim  20 May 2010, 16:20:42

Kapalak opa kurdlar, kurdlar diyapsizlar , Kurdlar o'zi kimlar yomon odamlarmi?

Qayd etilgan


Ansora  20 May 2010, 19:30:37

Kapalak opa kurdlar, kurdlar diyapsizlar , Kurdlar o'zi kimlar yomon odamlarmi?

Kurtlar ham Turkiyada yashaydigan bir Millat. Ular ham Musulmon. Ularni yomon ko'rsatilishiga sabab, Amerika tarafidan o'rtaga chiqishiga sabab bo'lgan PKK (Kurtlar partiyasi) terorist guruhiga asosan Kurtlar a'zo bo'lgan va Turklarga qarshi kurash olib borishgan, hali ham bu kurash asosan Turkiyaning Janubiy qismida davom etyabdi. Kunora shahid xabarlarining kelishi ham shundandir afsus.
Bu partiyaning boshlig'i Abdullah O'jalan edi. U xozirgi kunda Turkiyada umrbo'yi hapisga otilgan. Bu inson sabab- Turklar Abdulloh ismini qo'yishdan chekinishadi, afsus!!! Familyasi ham: "O'ch olgan", degan ma'noda. Bu odamning amri bilan 30 mingdan ortiq askar o'ldirilgan. Lekin Kurtlar ko'pincha bu odamga ega chiqib hurmat ko'rsatishadi, shuning uchun ham Kurtlar Turklar tarafidan (haqli holda!) sevilmaydi...

To'liq ma'lumot uchun:

http://tr.wikipedia.org/wiki/K%C3%BCrtler

http://ru.wikipedia.org/wiki/%D0%9A%D1%83%D1%80%D0%B4%D1%8B

Qayd etilgan


BelleQizcha  21 May 2010, 01:51:05

Kopchilik Kurtlar, ozlarini turklarman diyishadi.. Lekin turkiyada unaqa bomasa kere a?

Qayd etilgan


Abu Muso  21 May 2010, 09:26:27

 :as:

Kapalakxon bizga ma'liumki, Turkiyada Islom dini arkonlariga

aholining juda ko'pchilik qismi amal qiladi... Ammo, ko'p

kuzatamizki, dafn marosimlarida qabristonlarda ayollar ham

ishtirok etishadi. Bu holat ayrim evropalashgan turklarda

bormi, yoki hamma turklardagi rasm-rusummi bu?

Qayd etilgan


Abu Muso  21 May 2010, 09:38:58

 :as:

Yana bitta savol: Meni bilishimcha turklar ikki toifa bo'lishadi...

Qora ko'z, qora sochli baroq turklar va ko'k ko'zli, sariq turklar.

Ana shu ikki toifaning kelib chiqsh tarixi nima bilan bog'liq ?

Masalan, o'zbeklardagi qisiq ko'zlilar Chingizxondan meros,

sariq sochlilar Makedonskiydan meros... ;D ;D ;D

Qayd etilgan