Turkiya haqida savollar bo'lsa marhamat!  ( 269162 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 ... 38 B

muhibb  22 May 2010, 10:42:23

Turklarning Amir Temur haqidagi fikri menga qiziq.

Tarix kitoblardan o'rganiladi, kitoblar nima desa hamma shuni takrorlaydi.
Sovet paytini o'ylang, Amir Temur haqida nimalar deyilardi, huddi shu fikrlar Turkiyadagi kitoblarda ham uchraydi.
Amir Temurni hayoti O'zbekistonda ham to'liqligicha ochib berilmagan, asosan tarixchilar bilishadi bazi mavzularni, oddiy o'quvchi esa juda ko'p narsadan behabar...

Menga bir Turk otaxonni gapi yoqqandi: "Amir Temur Ankara jangiga Boyazid ukasini qulog'ini cho'zib qo'ygani kelgan holos" ;D

Alloh rozi bo'lsin, bir tanishimiz buyuk Naqshbandiya shayxining bir so'zini aytgan edilar:

"Alloh Taolo Boyazidga xukmronlikni berdi, lekin Boyazid haddidan oshib ketdi. Shunda Alloh taolo balo o'laroq Amir Temurni jo'natdi..."

Boshqa bir tadqiqotchi turk bilan gaplashganimizda, shu fikr haqiqat deb aytgan edi va qo'shimcha qilib: "Amir Temur har safar jagda keyin Boyazidni hurmat-ehtirom bilan qo'yib yuborar edi. Lekin Boyazid har safar yonidagi maslahatchilari so'zlari bilan Temur bilan urishar edi. Boyazidning kuyovi Amir Kulolning o'gli bo'lgan. Kuyov har safar urushdan qaytarishga harakat qilar, lekin atrofidagi vazirlr uning so'zlariga quloq solmaslikka chaqirishar ekan. Hatto, bir shaxar aholisi (nomi esimdan chiqib qoldi) shu valiy zotning ustidan kulishgan ekan. Amir Temur shu shaxarni necha kundir qamal qilibdi. Oxiri: "Agar bugun shaxar eshiklarini ochib bersangiz, qilichim qon to'kmaydi" deb qasam ichibdi. Shaxar eshiklari ochib berilgach, aholiga chuqur qazishga buyuribdi. Har bir chuqur qazigan odamni, o'zi qazigan chuqurga bo'ynigacha ko'mib qo'yibdi. Bu holatdan darg'azab bo'lgan odamlar: "Axir sen bugun qilichim qon ko'rmaydi deb va'da bergandingku!" deganlarida, buyuk bobomiz: "haqiqatan ham, qilichim qon to'kmayapti. Sizlar o'zingizni o'zingiz o'ldiryapsizlar" degan ekanlar. Allohning valiy qulini haqorat qilgani uchun shunday jazolagan edi,...." degan edilar.

Qayd etilgan

Ansora  22 May 2010, 10:49:23

Tarixni qoralash- oqlash juda oson. Odamlar yashagan birma-bir bularni, biz esa faqat mulohaza yuritamiz, ishning eng oson qismi esa bu.

O'sha paytlarni qiyinchiliklarini bilmaganimiz uchun nimaga unaqa qildi, nimaga bunaqa qilmadi, deyish tarixdagi shaxislar uchun haqsiz muomala qilishimizga olib keladi.
Men tarixni bir butun o'rganish tarafdoriman va tarixiy shaxislarni hayotlari bilan bog'liq voqea-hodisalarni ro'kach qilib, xozirgi kundagi Millatlarni orasini ochilishi, bir-biriga dushman bo'lishini hech xohlamayman.

Chunki insonlar uchun eng nozik nuqtalardan biri ota-bobolari haqida aytilgan yaxshi-yomon gaplardir.
Tarixni bilish kerak, lekin bir-birimizni kamsitish uchun ishlatmasligimiz kerak bu dalillarni.

Bu gapni umumiy holda aytdim muhibb, notog'ri tushunmang yana : )

Qayd etilgan

muhibb  22 May 2010, 11:01:46

uzr, lirik chekinish.

Universitetda o'qib yurganimizda arab tili domlamiz aytib bergandilar:
Arab davlatida majlis bo'lgandi, qatnashdik. Bitta professor turib, "Mashxur arab olimi Ibn Sino shunday degan...., boshqa arab olimi Beruniy.....degan" deb ma'ruza qilibdi. Shunda biz (o'zbekar) qanday qilib ular arab bo'lishsin, axir ular ajamku, o'rta osiyoda tug'ilib, arab diyorlariga keyin borganlar,....dedik. haligi arab biroz ikkilanib: "to'g'ri, uzr musulmon demoqchiydim. Axir hammamiz musulmonmizku!" dedi. Ozginadan keyin yana bir narsa bo'ldiyu: "Mashxur arab olimi Buxoriy....." desa bo'ladimi!?

Qayd etilgan

muhibb  22 May 2010, 11:04:14

huddi shuningdek, o'zbekistonda ishlayotgan ko'pchilik turklarda ham bor bu narsa.
O'zbek kecha paydo ob'lgan termin, o'zbeklar o'zi qattan kelib chiqqan?....degan savol berib kinoya qilishadi.

Boshida indamas edim, hozir kontur ataka qilib: "Turklar o'zi qattan kelib chiqqan? Turkiya davlati oldinam bo'lganmi?..." desam, haligi suhbatdoshim qizarib ketadi va "aslida hammamiz turkmiz,..." degan cho'pchagini boshlaydi...

Qayd etilgan

ibrohim  22 May 2010, 15:24:01

:bsm:
Men shu ochilgan mavzudan foydalanib Turkiyada yashayabgan Ozbeklar safida sizga bir ochiq va ravshan fikir bildirmoqchiman va sizdan javob soramoqchiman.
Turkiyada manashuncha yashagan bolsak hech bir yerda bizni bayroqni yoki millatimizni ismini kormadik, siz nima uchun bunchalik turk bayroghiga etibor berib qoldiz?
Ikkinchi savolim turklar Ozbeklar haqida salbiy fikrdalar tarihdan bugungacha, siz nima uchun ularni kulturlarini bu yerda tanityabsiz?
uchunchi savolim turklar ozbeklarni korsalar him deb yuz ogirib nafratlanishadi, televizorlarida gazetalarida Ozbek fohisha qizlari deb millatni badnom qilishadi, siz bularga nima deysiz?
Mayli gapiraversa gap kop ammo toghri tushunib toghri javob berasiz degan umiddaman. Chunki Ozbeklarni ayollari fohisha boladi deyishlari bizni nafsoniyatimizga qattiq botadi. Tarihdan biz Ozbeklarga salbiy fikirda bolganlari uchun milyonlarcha Ozbek muhojirlardan hech biri qolmagan Turkiyada. Bundan imkoniyati bolmay chiqib keta olmaganlar mustasno.

Tur bo'ttan sur bo'ttan man NORTOOOOOOOYYYYYYYYYYY

p.s. Bojalar guruhining qo'shig'i esimga tushib ketti

Qayd etilgan

ibrohim  22 May 2010, 15:56:46

Qizishmela,to'g'ri savolla berilibdi :  ) O'zbek ayollari haqidagi turklarning gapiga sababchi esa--rostdan ham o'zbek ayollarida..Qanchadan-qancha O'zbek fohishalar ishlashadi Turkiyada,buni tan olish kerak.

Amir Temur bilan Boyazid esa,afsus,o'sha paytda birlashganda ,ancha-muncha katta imperiya hosil qilishgan bo'lardi.O'sha paytda ham,hozirgidaqa o'rtaga suyak tashlab urishtiruvchilar ko'p bo'lgan va afsuslanarlisi shunaqa sarkardalar ham shu narsaga uchishgan.

Turklarni panturkizm g'oyalari,o'zini millatini hammadan ustun qo'yishi (bularga qo'yib bersangiz hatto Kofe Annanni ham turk devorishadi :D) yoqmaydi.

Hurmat tilasang hurmat topasan-izzat tilasang izzat topasan.....

Qayd etilgan

BelleQizcha  22 May 2010, 18:12:46

:bsm:
Men shu ochilgan mavzudan foydalanib Turkiyada yashayabgan Ozbeklar safida sizga bir ochiq va ravshan fikir bildirmoqchiman va sizdan javob soramoqchiman.
Turkiyada manashuncha yashagan bolsak hech bir yerda bizni bayroqni yoki millatimizni ismini kormadik, siz nima uchun bunchalik turk bayroghiga etibor berib qoldiz?
Ikkinchi savolim turklar Ozbeklar haqida salbiy fikrdalar tarihdan bugungacha, siz nima uchun ularni kulturlarini bu yerda tanityabsiz?
uchunchi savolim turklar ozbeklarni korsalar him deb yuz ogirib nafratlanishadi, televizorlarida gazetalarida Ozbek fohisha qizlari deb millatni badnom qilishadi, siz bularga nima deysiz?
Mayli gapiraversa gap kop ammo toghri tushunib toghri javob berasiz degan umiddaman. Chunki Ozbeklarni ayollari fohisha boladi deyishlari bizni nafsoniyatimizga qattiq botadi. Tarihdan biz Ozbeklarga salbiy fikirda bolganlari uchun milyonlarcha Ozbek muhojirlardan hech biri qolmagan Turkiyada. Bundan imkoniyati bolmay chiqib keta olmaganlar mustasno.

a.a
Gaplariga manam qo'shilaman, Turklarni va turkiyani judayam mahtaysiz, osha turklarni bittasi ham, Uzbeklar bunaqa unaqa diyishmidi, eshitadiganmiz faqat salbiy gaplar.. turklar judayam millatparas halq,. Inson qayerda bo'lsa ham. ozini kimligini qayerdan kelganini unutmasligi kerak. Boshqa shaharda 100 yil yashasak ham.. osha shahari odamlari bob qolmaymiz, balki fuqorasi bo'larmiz, lekin osha shahari odamlari ham bizni bir millat dib bilishmidi.

Qayd etilgan

JaviK  22 May 2010, 19:00:37

a.a
Gaplariga manam qo'shilaman, Turklarni va turkiyani judayam mahtaysiz, osha turklarni bittasi ham, Uzbeklar bunaqa unaqa diyishmidi, eshitadiganmiz faqat salbiy gaplar..

1. Hech kim turklarni maqtamadi shekilli, shunchaki turk tanishlariga tarif bergandur.
2. Siz aytayotgan "Maqtalgan turklar " o`zbeklar haqida yomon gapirishmaydi. Turklarning Kapalak opaga qilgan muomilasidan kelib chiqib aytyapman.
3. Siz o`ziz yashayotgan yerda bir insonga(turk, lekin siz turklinini bilmasdan) Turklarni, turkiya haqida yomon ig`vo qilinda, U ham O`zbekiston haqida gapizga yarasha yolg`on yomon ig`vo tarqatadi.
4. Sizga hech bir turk yomonlik qilmagan bo`lsa ular haqida yomon gapirmang, chunki bu forumga turklar ham kirib tursa kerak. Olloh bilguvchi.

a.a
turklar judayam millatparas halq

Bo`lsa bordur.

Inson qayerda bo'lsa ham. ozini kimligini qayerdan kelganini unutmasligi kerak. Boshqa shaharda 100 yil yashasak ham..

Shunday bo`lishlik sizga ham nasib etsin, O`zbekligingizni unutmang!!!

osha shahari odamlari bob qolmaymiz, balki fuqorasi bo'larmiz, lekin osha shahari odamlari ham bizni bir millat dib bilishmidi.

Men sizni Canadada yashagan deb yurar edim turkiyada ham yashaganmisiz? Kapalak opani tan olishibdiku. Keyin Mavzuga savol tariqasida Turkiyada o`zbeklarni hurmat qilishadimi deb savol berin.

Qayd etilgan

Abu Muso  22 May 2010, 19:48:45

:as:

Bu narsani anchadan beri so'ramoqchi bo'lib yurgandim...

Biz ko'rib iymonimizni chaqlagan bir turk filmi bor edi - "Rabia".

Ana shu Robiyatul Adaviya haqidagi filmning birinchi versiyasi,

(adshmasam, Туркан Шорай o'ynagandi bosh rolda) qanday

topsa bo'ladi. Biror joyda bo'lsa linkini bervoring. Qayta ishlanganida

o'sha birinchisidagi qanaqadir nur yetishmaydi. Please...

http://www.diziizleyelim.com/hazreti-rabia-dini-film.html

Shu yerdan ko'rishingiz mumkin. Yuqorida 1 chi 2 qism deb yozilgan..

 :as:

KAPALAKxon siz bergan linkdagi ham yangi Rabia ekan... :(

Ammo shu bahonada o'zim qidirganimni ham topib oldim.  ;)

Juda maza qildim ko'rib, o'sha davrlarni eslab. Aytmoqchi,

bosh rolda Turkan Shoraymas, Fatma Girik o'ynagan ekan.

Qayd etilgan

Ansora  23 May 2010, 11:09:46

V.assalom. Xursandman har ikkala kinoni topganingizga:) Men har ikkalasini ham ko'rmaganman, nasib bo'lsa bir kun ko'rish uchun vaqt ajrataman inshalloh.
Fatma Girik juda mahoratli aktrisa, bir paytlar İstambuldan deputat bo'lib saylangan ham ekan:)

Qayd etilgan