Turkiya haqida savollar bo'lsa marhamat!  ( 268723 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 ... 38 B


Ansora  26 May 2010, 11:23:35

Turkiyada soqol qo'yib yurishga hech qanday qarshilik yo'qmi? Umuman soqolliklar ko'p uchraydimi yoki kammi?

Davlatni kiyinish, tashqi ko'rinish bilan bog'liq bazi qonunlari bor. Masalan polis, o'qituvchilarga soqol- mo'ylov umuman ta'qiqlangan. Lekin İstambulni o'tgan yilga qadar Eminet mudiri bo'lgan Jaloliddin Jarroh mo'ylovi bilan mashhur edi:) Kesmayman, deb qattiq turib olgan ekan, hatto "Adanalı" polis serialidagi bosh qahramonning mo'ylovi unikining kopyasi:)




Bundan tashqari Energiya Ministri Taner Yıldızning ham soqoli bor.



Siz nazarda tutgan soqol mo'ylov qo'yish esa asosan Din bilan bog'liq ishlarda ishlaydigan odamlarda ko'p.

Qayd etilgan


Ansora  26 May 2010, 11:30:12

:as:

Turk musulmonlari qaysi mazhablarga mansub?

hanafiy va shofe'iy. Bemazhablari ham bor.
Hanafiylari ichida nurchilari ham ko'p.

olmaxon,bodrin,indeets,frank,sarimsoq piyozlari ham bor

Azizlar, bir narsani unutib qo'ymaylik. Bizni dono Xalqimiz: "Pichoqni o'zingga ur, og'rimasa boshqasiga" deydi.

Endi faraz qiling, huddi shunday mavzu Turkiyadagi forumlardan birida ochildi va "O'zbekiston haqida savollar bo'lsa marhamat" deyildi. O'zbekistonda o'qigan, ishlaganlarga Turkiyadagilar savollar berishyabdi, ular esa javob berishyabdi. Faqat yomon taraflarini gapirishib, har xil mazahlar qilishsa sizni jahlingiz chiqmaydimi, "e o'l-aaa shuncha yil O'zbekistonni nonini yeding, harom bo'lsin", demaysizmi agar siz ko'rib qolsangiz. İnsonga og'ir botadi har doim Vatani haqida yomon gaplarni eshitish. Har qancha bizda poraxo'rlik yomon rivojlanganini bilsak ham bir begona bu haqda gapirsa bizga alam qilmaydimi, menga shaxsan yomon alam qiladi, o'zimiz gapirishimiz mumkin, lekin boshqasi iloji bo'lsa gapirmasin, ayniqsa internet o'rtamida!!!

Qayd etilgan


Ansora  26 May 2010, 11:37:13

Nurchilarga qarashli litseylar ko`p deb eshitdim, Davlatga qarashlidan ham ko`pmi?

Ancha muncha litseylari bor. Aniq sonini bilmayman. Lekin bir narsani bilaman, ularni o'qishlari yaxshi o'qitadi, buni har yili Unv-ga kirgan talabalar sonidan bilishadi.

Qayd etilgan


muhibb  26 May 2010, 12:27:48

Nurchilarga qarashli litseylar ko`p deb eshitdim, Davlatga qarashlidan ham ko`pmi?

ja unchalikmas. ular asosan chet ellarda litsey ochishadi. afrikaning odam bormas joylarida ham yo turk litseylarini ko'rishingiz mumkin, yo xristianlarning missionerlarini :)

Gulenchilar o'zlarining maqsadlariga erishish uchun ta'lim sistemasini qo'lga kiritishga harakat qilishadi. OTL yopilishining sababi ham shu:)

Yevropada ham bor ularni litseylari.
1.FGchilar haqidagi fikringizni isboti bormi,biron daleel yoki o'zingizni fikringizmi?
2.Gulenning diniy qarashlari,uning yo'li haqidagi fikringiz qanday?Faqatgina diniy tomondan adashgan joylari bormi yo'qmi?
bu narsa forumda, ayniqsa, bu mavzuda davom ettirilishi tarafdri emasman. Bu masalan tarvuzchilarda so'rasangiz, dalillari bilan tushuntirib berishadi :)

Qayd etilgan


muhibb  26 May 2010, 12:29:19

Kapalak opa, hali salbiy fikr bildirmadik shekilli?
Shuningdek, ularni yomonlaganimiz ham yo'q.
poraxo'rlik,...masalalari butun dunyoda bor. shuning uchun unchalik siqilishga arziydigan masala emas.

Qayd etilgan


muhibb  26 May 2010, 12:30:08

Mavzuda davom etaylik,

Ibrohim alayhissalom gulhanga otilgan oy Turkiyada deyishadi, bu haqda ma'lumot berib o'tasizmi?

Qayd etilgan


Ansora  26 May 2010, 14:04:04

Mavzuda davom etaylik,

Ibrohim alayhissalom gulhanga otilgan oy Turkiyada deyishadi, bu haqda ma'lumot berib o'tasizmi?

Turkiyaning Shonli Urfa shaharini Payg'ambarlar shahri deyishadi. İbrohim a.s gulhanga otilgan joy ham shu yerda bo'lib, Nemrut tog'i ham bor. Gulhanga otilgan joylarida ko'l paydo bo'lgan, "Halilul-Rahmon" yoki "Baliqli ko'l" deyishadi bu ko'lga.

 



Qayd etilgan


Ansora  02 Iyun 2010, 12:13:56

Savollar tugadimi, muhibb so'rab turardilar, u kishiyam forumga hayr-mazur qilibdilar. Jonlari sog' bo'lsin...

Qayd etilgan


registan  02 Iyun 2010, 12:41:35

Savollar tugadimi, muhibb so'rab turardilar, u kishiyam forumga hayr-mazur qilibdilar. Jonlari sog' bo'lsin...

Men bir narsa so'ramoqchi edim, bir kuni bir turk "Dunyodagi eng a'lo xalq ham biz, eng iflos xalq ham biz" degandi, bu gapga qanday qaraysiz?

Qayd etilgan


Chustiy  02 Iyun 2010, 12:43:46

Капалак опа, ану Қашқирлар фильмида, Умер баба, сувга ранглар берип қоғозга хар хил компазияислар чиқазади, шу соха нима деп аталади, срганишни иложи борми, жаа қизиқиб қолдим шу ишга, агар шу сохани сргатадиган одам бсса шогирд тушардим :) таниш билишлариз бсса стин ;)
Атак онлайнда срганиш мумкин бслса серёзно бир уриниб ксрмоқчиман...

Qayd etilgan