Turkiya haqida savollar bo'lsa marhamat!  ( 269184 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 ... 38 B

Ansora  02 Iyun 2010, 14:12:47

Kapalakhon  Mahmud Hudoyi filmidagi Bursa  shahri haqida so'ramokchi edim,,
kinoga olingan ko'chalar o'zgarib ketgan bo'lsa kerak-a,

mabodo turkiyaga sayohatga borib qolsak ,
qayerlarni ziyorat qilishni  taklif qilasiz

Bursa Usmonli Davlatining poytahti edi. Shuning uchun juda ham muhim shahar. Yashil Bursa, deyiladi:) Uludag' degan tog'i bor, huddi bizni Chimyonga o'hshaydi. Turistik zona. Ham Bursani tekstili juda rivojlangan.

Opa, juda ko'p ziyorat qiladigan joylar bor. Vaqtim bo'lishi bilan ma'lumot berib borishga harakat qilaman inshalloh.

Eng boshda- İstambul....Ayamlarni Aziz Mahmud Hudoiy Hazratlari va Ayyub al Ansoriy Hazratlarini maqbaralariga olib borgandim. Ayam juda ta'sirlangandilar. Yig'laganlari haliyam ko'z oldimda...

Jome'larini sanab tugata olmaysiz.

Bursada Emir Sultan Hazratlari yotibdilar. U kishiyam Buxorodan kelgan bo'lib, Payg'ambarimizni (S.A.V)nasllaridan bo'ladilar.

Qayd etilgan

registan  02 Iyun 2010, 14:15:53

:as:

Menda turklardagi bir odat yoqmaydi, arzimagan narsa uchun ham

"Allah jazaingni barsin", deyishadi. Bu so'zning ma'nosiga e'tibor

qilishmaganidanmi, yoki boshqacharoq tushunushadimi? Xullas,

bizdagi, "jin urisn" degan so'z kabi oddiy va ko'p iste'mol qilishadi.

Arabchada "Jaza'" mukofot degani, yani "Allah cezani versin" degani "Alloh mukofotingni bersin" degan ma'noda keladi, balki shundandir.

Qayd etilgan

Chustiy  02 Iyun 2010, 14:35:27

Jazakalloh degani bo'lishi kere...

Qayd etilgan

Ansora  03 Iyun 2010, 15:28:02

Aslida bu mavzuni nomini "Siyosatdan tashqari,",,,deb qo'ysam bo'larkan:)
Chunki siyosiy savollarga javoblar 1 post bilan javob berib qoniqtirib bo'lmaydi.
Siz so'ragan savolga javob izlab minglab maqola, yuzlab kitob yozilgan, necha necha olimu-siyosatchilar yillab izlanishgan.

Birgina shuni aytishim mumkin: Bu muammo II. chi Abdulhamid Xon

http://ru.wikipedia.org/wiki/%D0%90%D0%B1%D0%B4%D1%83%D0%BB-%D0%A5%D0%B0%D0%BC%D0%B8%D0%B4_II

vaqtida o'rtaga chiqqan. Yani undan oldin bunday muammo bo'lmagan ekan.

Undan keyin esa 1980 chi yillarni boshida PKK

http://en.wikipedia.org/wiki/Kurdistan_Workers%27_Party

o'rtaga chiqqandan keyin yana Kurt-Turk muammosi o'rtaga chiqqan.

Talablar har xil, aytganimday bir-ikki post bilan yoki faqat meni nazarim bilan aniqlab bo'lmaydi.

O'zi eng yomon ko'rgan mavzuyim siyosat:)

Qayd etilgan

Muslima.bgm  03 Iyun 2010, 16:07:18

Turkcha kino, seriallarda ko'p ko'raman. Ota onasini qo'lini farzandlari, kelini kuyovi ..... o'padi va peshonasiga tekkizadi. Hurmatni juda chiroyli ko'rinishi deb bilaman. Lekin ba'zida g'alati tuyuladi. Aytingchi bu "qo'l o'pish" degan narsa faqat ota onalar uchunmi yoki masalan singlisi opasini qo'lini o'psa ham bo'ladimi?
2. Bitta oilada turadiganlar har kuni shu odatni qiladilarmi?

Qayd etilgan

Ansora  03 Iyun 2010, 16:16:54

1. Odatda- yoshi kattalarni asosan ota-ona, yaqin qarindosh-urug'larni qo'llari o'piladi. Lekin har viloyatda ham keng tarqalmagan. Bazi viloyatlarda qo'lini o'pib peshonasiga qo'yadi, bazilarida esa iyagini qo'liga tekkizib peshonasiga surtadi.
Lekin yaqin qarindosh bo'lishi shart-nomahram sanaladiku. Lekin bazan "zarar kelmaydigan" insonga bo'lgan hurmatidan qo'l o'pganlar ham ko'p:) tanimasa ham. Masalan to'ydan keyin- El o'pme- qo'l o'pish, degan marosim bor. Biz ham qarindosh urug'larni uylariga birma-bir borib qo'llarini o'pganmiz. Bu men bundan keyin sizni qarindoshingizman, meni ham qabul qilinglar, sizga hurmatim cheksiz, degani:)

2. Bitta oilada turadiganlar har kuni o'pmaydi, Diniy bayramlarda...Biz qaynonamlar bilan yaqin turamiz kunora borsak ham qo'llarini o'pamiz.

Masalan: Eli o'pulesi adam (qo'li o'pishga loyiq)- degan ibora bor. bu - juda qadrli, hurmatli, xizmati singgan inson, degan ma'nodadir.

Ha keyin singlisi opasini, akasini qo'lini albatta o'padi. Shart emas, lekin hurmatdan. Bu hayitda 1 chi marta meni amakilarimizdan birini o'g'li qo'limni o'pdi, bola 12 yoshlarda, rosa g'alati bo'lib, uyaldim. Kerakmas, deb qo'limni tortgandim, "sen yangamizsan-ku", dedi:)

Hayitlarda bolalar kattalarni qo'lini o'padi, kattalar esa pul berishadi:) qochish yo'q:)

Qayd etilgan

Ansora  06 Iyun 2010, 11:21:40

Assalomu-alaykum. Barchangizga yaxshi dam olish kunlari nasib bo'lsin inshalloh.

Forumdagi opalarimizdan biri pardalar haqida ma'lumot so'rabdilar. İlgari ham yana bir singlimiz bu haqda so'ragandilar.

Men ham Turkiyadagi parda ishlab chiqarayotgan firmalarni web adreslarini bu yerga joylashni ma'qul ko'rdim. Bu mavzuda ma'lumot qidirayotganlarga foydasi tegsa ne a'lo...

http://www.maurerperde.com/

http://www.tac.com.tr/#/urunler/perdeler/

http://www.royalperde.com/list/list.asp?ktgr_id=31

http://www.realperde.net/

http://www.ugracperde.com/

http://www.brillanthome.com/

Qayd etilgan

Muxsinahon  12 Iyun 2010, 13:46:41

Kapalak honim manga BEKIRKOY shahri haqida azgina malumot berolismi iltimos qanaqa shahar joylari haqida

Qayd etilgan

Ansora  27 Iyun 2010, 21:46:21

Kapalak honim manga BEKIRKOY shahri haqida azgina malumot berolismi iltimos qanaqa shahar joylari haqida

Muxsinahon, Bakırko'y İstambul massivlaridan biri. Bu haqda to'liq ma'lumotni shu yerdan o'qishingiz mumkin:

http://tr.wikipedia.org/wiki/Bak%C4%B1rk%C3%B6y,_%C4%B0stanbul

http://en.wikipedia.org/wiki/Bak%C4%B1rk%C3%B6y

Qayd etilgan

Muxsinahon  02 Iyul 2010, 11:32:47

Kapalak honim manga BEKIRKOY shahri haqida azgina malumot berolismi iltimos qanaqa shahar joylari haqida

Muxsinahon, Bakırko'y İstambul massivlaridan biri. Bu haqda to'liq ma'lumotni shu yerdan o'qishingiz mumkin:

http://tr.wikipedia.org/wiki/Bak%C4%B1rk%C3%B6y,_%C4%B0stanbul

http://en.wikipedia.org/wiki/Bak%C4%B1rk%C3%B6y

rahmat kottakon ALLOH rozi bolsin : )

Qayd etilgan