Turkiya haqida savollar bo'lsa marhamat!  ( 269323 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 ... 38 B


Shoxjahon12  02 Iyul 2010, 11:38:47

Kaburga dolmasi qanday ovqat?

Qayd etilgan


Ansora  02 Iyul 2010, 19:57:19

Kaburga dolmasi qanday ovqat?

Kaburga do'lmasi- Qovurg'a do'lmasi- qo'y qovurg'asining ichiga to'ldirilgan palovdan iborat taomdir.





1 qo'y qovurg'asini ichiga biroz jigar solinadi, guruchni ichiga esa turfa xil ziravorlar solinib damlanadi.
Bu taom Turkiyaning Janubiga oid (Diyarbakır, Mardin vhk) bo'lib, qo'y go'shti yaxshi ko'radigan insonlar juda yaxshi ko'rib tanavvul qilishadi.

Men ham Diyabrakırli bir oila bilan "Diyarbakır dasturxoni" degan restorantda 1 marta yegandim. Juda mazali edi, asosan ko'pchilikka tayyorlanadi...

Yonida turfa xil salatlar (asosan achchiq) yeyiladi...

Qayd etilgan


shirin_a  02 Iyul 2010, 20:06:52

 :as: mani doim bir savol qiynab keladi, Turkiya musulmonlarr davlatimi?  :3 :3 :3

Qayd etilgan


Ansora  02 Iyul 2010, 20:08:47

:as: mani doim bir savol qiynab keladi, Turkiya musulmonlarr davlatimi?  :3 :3 :3

V.assalom...Turkiyada butun dinga mansub insonlar yashaydi...

Qayd etilgan


shirin_a  02 Iyul 2010, 20:43:53

Vallohi mani bir turk dindoshim bor,o`zbek tilini ham biladilar, endi ko`rsez u islom dinida lek unga yarasha hech narsa qimidi, na namoz o`qidi va na ro`za tutadi, shu dindoshimizga ko`p gapirdik bir nechta bb hammamiz birgalikda chuntikdik lek befoyda, Alloh biladi yana nima qilishimizani, shunga hayronmizade, yana nima haqida gapirishshi bilmayammiza.... :3 :3 :3 :3

Qayd etilgan


Nurilla  02 Iyul 2010, 22:07:50

:as:
 Man ham savol bersam, qarshi bo'lmasanglar. Hurmatli Kapalak opa! "Sultonahmad" maydoni va "Qiz qal'asi" haqida ham ma'lumot bersangiz. Juda qiziqaman shu ikki joyga.
:as:

Qayd etilgan


Ansora  05 Iyul 2010, 14:10:14

Vallohi mani bir turk dindoshim bor,o`zbek tilini ham biladilar, endi ko`rsez u islom dinida lek unga yarasha hech narsa qimidi, na namoz o`qidi va na ro`za tutadi, shu dindoshimizga ko`p gapirdik bir nechta bb hammamiz birgalikda chuntikdik lek befoyda, Alloh biladi yana nima qilishimizani, shunga hayronmizade, yana nima haqida gapirishshi bilmayammiza.... :3 :3 :3 :3

Siz u kishi haqida duoda bo'ling...

Afsus hamma Musulmonlar ham toat-ibodatda bo'lmaydilar. Shu o'rinda bir voqea esimga tushdi:  Eski mahallamizda (O'zbekistonda) bir ayol bor edi. O'zi juda dindor bo'lishiga qaramay na eri na 6 farzandi namoz o'qirdi...Hatto O'zbekiston endi Mustaqil bo'lib, qiyinchilik bo'lgan yillari o'g'illaridan biri bug'doy o'g'irlab qamoqqa tushgandi. Eri texnikumda o'qituvchi bo'lib, asosan hamma hurmat qilardi. Bir kuni eshitdikki, o'zidan 20 yosh kichik ayolga xotinidan habarsiz uylanib 1 o'g'illik ham bo'lgan ekan. O'g'li 12-13 yoshga kelganda bu voqea eshitilibdi...
Bechora ayol mahallada bosh ko'tarib yura olmaydigan bo'lib qolgandi...

Singlim o'zingiz ayting, qaysi biri Musulmonchlikka to'g'ri keladi...Bizga faqat duo qlish tushadi halos...Birovni ustidan kulish, kamsitishdan juda qo'rqaman, Xudo saqlasin...

Qayd etilgan


Ansora  05 Iyul 2010, 14:13:46

:as:
 Man ham savol bersam, qarshi bo'lmasanglar. Hurmatli Kapalak opa! "Sultonahmad" maydoni va "Qiz qal'asi" haqida ham ma'lumot bersangiz. Juda qiziqaman shu ikki joyga.
:as:

V.assalom. İstambulni tamsillaridan biri Sultonahmad jomesi 1609-1616 chi yillarda Usmonli Sultoni Sulton 1 chi Ahmad tarafidan me'mor Sadafkor Mehmed og'aga qurdirilgan. Turkiyadagi ilk 6 minorali jome'dir. Bu jome haqida o'nlab kitob, maqola yozilgan. To'liq ma'lumot uchun:

http://tr.wikipedia.org/wiki/Sultan_Ahmet_Camii

http://ru.wikipedia.org/wiki/%D0%93%D0%BE%D0%BB%D1%83%D0%B1%D0%B0%D1%8F_%D0%BC%D0%B5%D1%87%D0%B5%D1%82%D1%8C










Qayd etilgan


Ansora  05 Iyul 2010, 14:20:14

:as:
 Man ham savol bersam, qarshi bo'lmasanglar. Hurmatli Kapalak opa! "Sultonahmad" maydoni va "Qiz qal'asi" haqida ham ma'lumot bersangiz. Juda qiziqaman shu ikki joyga.

:as:


Qiz kulesi- İstambul-Uskudar massivining timsolidir.
Miloddan oldingi 24. chi yillarga qadar eski tarixga ega. Uskudardagi Vizantiya davlatidan qolgan yagona obida.

To'liq ma'lumot uchun>

http://tr.wikipedia.org/wiki/K%C4%B1z_Kulesi

http://ru.wikipedia.org/wiki/%D0%94%D0%B5%D0%B2%D0%B8%D1%87%D1%8C%D1%8F_%D0%B1%D0%B0%D1%88%D0%BD%D1%8F_(%D0%A1%D1%82%D0%B0%D0%BC%D0%B1%D1%83%D0%BB)






Qayd etilgan


Oyshanur  07 Iyul 2010, 08:14:52

 :as:
Menga mana shu "Sulton Ahmad"masjidi juda-juda yoqdi-da.Haqiqiy islomiy ruhiyatni sezasiz,ichiga kirsangiz.
Alloh rozi bo'lsin,Kapalak opa.

Qayd etilgan