Turkiya haqida savollar bo'lsa marhamat!  ( 269217 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 ... 38 B

Ansora  31 Iyul 2010, 12:51:07

Xa bu gaplariz mutlaqo to'g'ri :).
Lekin bizning chetdagi ba'zi bir o'zbeklar bor ekan.
Huddi chet davlatda uni o'zbekligini bilmedigondegi ularga taqlid qilib yurishar, so'zlashar..... shunaqa ekan !
Shunaqalar ham uchrab turadimi qo'ni-qo'shnilariz orasida?

Ha uchrab turadi afsus. İstambulda ko'p edi. Xozir Ankaradamiz va uyda bo'lganligim uchun uncha O'zbek tanimadim:)

Shunday taqlid qilsa juda kulgili tuyuladi-da...

Qayd etilgan

Ansora  31 Iyul 2010, 13:43:50

Ha uchrab turadi afsus. İstambulda ko'p edi. Xozir Ankaradamiz va uyda bo'lganligim uchun uncha O'zbek tanimadim:)

Shunday taqlid qilsa juda kulgili tuyuladi-da...
Ha afsus, undek insonlardan bo'lib qolishdan Alloh o'zi asrasin.
Menga shundek voqea bo'lganligi haqida o'zimni hamshaxarim Amsterdamda yashovchi muslima opajonim aytib bergan edi.
Juda achinarli holatni tasvirlagan edi, oilaviy o'sha xonadonga mehmon bo'lib borishgan ekan.
Ha ham kulgili ham achinarlida-a?

Haqlisiz...

Turkiya haqida savollardan bo'lsa marhamat:)

Qayd etilgan

Shoxjahon12  02 Avgust 2010, 12:27:06

Assalomu alaykum, opajon!
Avvalo baxoli qudrat bizni Turkiya davlati haqidagi foydali ma'lumotlar bilan xushnud etayotganingiz uchun katta raxmat!
Men ham o'zga mamlakatlar madaniyati va urf-odatlariga juda qiziqaman.
Turk va o'zbek urf-odatlarida yaqqol o'xshash bo'lgan xolatlar haqida gapirib bera olasizmi?
Javob uchun oldindan raxmat!

Qayd etilgan

Ansora  02 Avgust 2010, 14:45:30

 :vslm:

Rahmat:)
Bunday holatlar ayniqsa Turkiyaning Sharqiy qismida ko'p. Nima bo'lsa ham bizga yaqin tarafida:)
Bilasiz, endigina farzandlik bo'ldik, qaynonamlar ham Sharqiy qismdan bo'lishgani uchun farzand bilan bog'liq hamma narsa bir xil ekanligini ko'rdim.
Masalan qirqi chiqmaguncha uyga mehmon kelmasligi, tashqariga chiqmaslik vhk.

Qaynona-qaynotaga xizmat, oila-a'zolariga (kichkina bo'lsa ham) hurmat-izzat ko'rsatish.

Uyga mehmon kelganda darrov ovqatga unnash:)

Aslida bu urf-odatlar serob, mavzu mavzu yozilishi kerak:)

Qayd etilgan

Zamiraxon  05 Avgust 2010, 10:45:00

Assalomu alaykum
Kapalak opa, Alloh sizdan rozi bo'lsin, boshingizdan savoblar yog'dirsin!!!
Savolim: Amerikaga yoki boshqa joylarga borish uchun o'zbek yoshlari( ko'pincha) har xil muddatga grandlar yutib olishadi. Shunday grandlar Turkiyaga ham yo'qmi?
Asl maqsadim Turkiyaga borish bu savoldan.
Yana bir savol: Turkiya mehmonxonalari haqida ma'lumot bersangiz. Siz qaysi mehmonxonalarni tavsiya qilasiz? Narxlari qanday? Inshaallah agar imkoniyat yopsam albatta boraman!
OFF: O'zbekistonga qachon kelasiz?

Qayd etilgan

Ansora  07 Avgust 2010, 21:23:56

Grand mavzusiga kelsak, O'zbekiston bilan Turkiya orasida "sovuq shamollar esgani" uchun bo'lmasa kerak,deb o'ylayman. Chunki shu kungacha eshitmadim.
Masalan Turkiyaning YO'S degan chet ellik (Turkiyaga nisbatan) abituriyentlar uchun imtihoni bor. Bu Turkiy Jumhuriyatlar orasida faqat O'zbekistonda yo'q. Aslida Turkiya Elchixonasidan olgan xabarimga ko'ra imtihon o'tkazish uchun hamma narsa bor, lekin aytganimday bizda ruhsat yo'q. Turkiyada o'qimoqchi bo'lganlar esa bu imtihonga Turkiyaga kelib kiradi. Juda ko'pchilik shu imtihonni qozonib o'qiyabdi...

Mehmonxonalarga kelsak, pulingizga qarab tanlayverasiz. Hatto bizdan ancha arzon. Masalan Toshkentdagi 4-5 yulduzli otellardan sharoiti yaxshi bo'lsada arzon mehmonxonalar bisyor. Buning asosiy sababi raqobat.

Mana bu adresdan mehmonxonalar haqida ma'lumot olishingiz mumkin:

http://www.otelrehberim.com/

OFF'ga javob: Nasib bo'lsa kelgusi yilga, kichkina biroz katta bo'lib, kuchga to'lsin : )

Qayd etilgan

Shoxruh Mirzo  08 Avgust 2010, 08:20:59

Savol: Kinolarda ko'ramiz turk qardoshlar, taziya vaqtida, (qabrstonlarda) ko'kraklariga marhumning rasmini taqib olishadi. Bu narsalar faqat kinodami yoki xayotda ham shundaymi?
Agar shunday bulsa nega bunday?
Javobingiz uchun oldindan rahmat!

Qayd etilgan

Ansora  10 Avgust 2010, 16:48:58

Savol: Kinolarda ko'ramiz turk qardoshlar, taziya vaqtida, (qabrstonlarda) ko'kraklariga marhumning rasmini taqib olishadi. Bu narsalar faqat kinodami yoki xayotda ham shundaymi?
Agar shunday bulsa nega bunday?
Javobingiz uchun oldindan rahmat!

Bu asosan bizni tilimizda "Ruslashib ketgan" degan ma'nodagi Turklarda uchraydi.

Turkiyadagi insonlarni hammasi ham Musulmon, Turk emas, shuining uchun ham bunday holatlar ko'p uchraydi.

Sababi esa- vafot etgan inson yuragimizda mangu yashaydi, degani. Rasm chap tarafga taqiladi...

Qayd etilgan

Ansora  31 Avgust 2010, 16:59:02

Savollar bo'lsa bemalol : )

Qayd etilgan

yoqutxon  02 Sentyabr 2010, 06:12:06

Assalomu aleykum Kapalak opa.Turk madaniyati, turk halqiga bo'lgan qiziqishim katta. Judayam yaxshi ish boshlagan ekansiz. Ko'p bilmagan malumotlarimni o'qib, bilib oldim. Olloh rozi bo'lsin sizdan. Meni  Turk oilalarida ayol kishining o'rni qandayligi qiziqtiradi.  Shu haqida ham bilganlaringizni gapirb bersangiz.

Qayd etilgan