Turkiya haqida savollar bo'lsa marhamat!  ( 268657 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20 21 ... 38 B


Nurilla  24 Sentyabr 2010, 21:32:29

Katta rahmat sizga Kapalak opa.

Qayd etilgan


JaviK  28 Sentyabr 2010, 17:17:27

Opa hpozirda turkiya shaharlarida o`zbeklar ko`p  joylashgan mahallalr bormi misol uchun o`zbeklar mahallasimi?

Qayd etilgan


Ansora  28 Sentyabr 2010, 19:11:38


   Agar malol kelmasa ayta olasizmi, Turkiyadagi tariqat shayhlarini, umuman ulamolarni yashash manzillarini qayerdan olsam bo'ladi?


 :as:
Bu mavzuda unchalik ma'lumotga ega emasman. Lekin en ko'p eshitganim Naqshibandiy tariqati. Agar Turkcha bilsangiz ular haqida shu yerdan ma'lumot olishingiz mumkin ekan:

http://www.facebook.com/pages/SADATI-NAKSIBENDIASIKLAR-DIYARI-MENZIL/76302888886

Qayd etilgan


Ansora  28 Sentyabr 2010, 19:15:34

Opa hpozirda turkiya shaharlarida o`zbeklar ko`p  joylashgan mahallalr bormi misol uchun o`zbeklar mahallasimi?

1920chi yillardan keyin O'zbekistondan qochgan O'zbeklar Afg'oniston, Pokiston, Hindiston, Arabistonlarga tarqalib ketishgan. 1950 chi yillarda esa Turkiyaning Adana shahariga joylashishgan. Keyinchalik İstambulning Merter degan massiviga ko'chishgan ekan.
Yana İstambulning Zeytinburnu degan massivida ham Turkistondan qochib kelib qolgan oilalar ko'p.
Bundan tashqari Kayseri degan shaharda ham Sharqiy Turkistondan kelgan Uyg'ur qardoshlarimiz juda ko'p.

Qayd etilgan


JaviK  28 Sentyabr 2010, 19:18:25

Uzr bu shahsiy savolga o`hshar, Siz yashaydigon manzilda ham o`zbek oilalari bormi. Ularni bir ko`rishda Ozbekligini bilsa bo`ladimi! (Biror bir milliligimiz ko`ratib turadigon ko`rishdami?)

Qayd etilgan


Ansora  28 Sentyabr 2010, 19:24:16

Uzr bu shahsiy savolga o`hshar, Siz yashaydigon manzilda ham o`zbek oilalari bormi. Ularni bir ko`rishda Ozbekligini bilsa bo`ladimi! (Biror bir milliligimiz ko`ratib turadigon ko`rishdami?)

Men bu yerga ko'chganimdan beri unchalik ko'p tashqariga chiqmadim. Biz yangi uyga ko'chdik, ertasi kuni Abdulaziz Ensar tug'ildi. Bo'lsa kerak albatta:)
Oldingi mahallada o'tirarkanmiz, marketga borgandim, marketni 1 chi qavatida Bolalar kuni uchun konsert bor edi. Tosmosha qilayotganlar ichida bir oilani ovozi diqqatimni tordi:
-Yana ozgina turaylikmi?
-Mayli o'g'lizga yoqdi shekilli:)

Yalt etib qaradim, O'zbeklar:)
Albatta darrov seziladi, men sezaman. Lekin Turkiyaliklar unchalik ajrata olishmaydi. Ayniqsa Qozoq, Qirg'izlar bilan ko'pincha aralashtirib yuborishadi.
Ankarada to eskidan kelib qolgan Tatarlar serob. Ko'zi qisiqlarni hammasini Tatar ham deb o'ylashadi:)

Qayd etilgan


JaviK  28 Sentyabr 2010, 19:30:46

Javoblar uchun rahmat.

yana bir savol: Misol uchun bizda 1-oktabr uztozlar kuni, 8-dekabr Konstitutsiya qabul qilingan kun, o`z davlat bayramlarimiz bor. Turkiyaning  o`zi nishonlaydigon milliy va davlat bayramlari bormi?

Qayd etilgan


Ansora  28 Sentyabr 2010, 19:40:21

Javoblar uchun rahmat.

yana bir savol: Misol uchun bizda 1-oktabr uztozlar kuni, 8-dekabr Konstitutsiya qabul qilingan kun, o`z davlat bayramlarimiz bor. Turkiyaning  o`zi nishonlaydigon milliy va davlat bayramlari bormi?


Unaqa kunlar serob. Lekin ularga "Bayram" emas, faqat "Kun" deyishadi. Masalan:

24 chi Noyabr-o'qituvchilar kuni.

2 Diniy Bayramgagina Bayram deyishadi. Ramazon va Qurbon Bayramlari.

Qayd etilgan


Govegastar  02 Oktyabr 2010, 02:50:06


 :as:
Bu mavzuda unchalik ma'lumotga ega emasman. Lekin en ko'p eshitganim Naqshibandiy tariqati. Agar Turkcha bilsangiz ular haqida shu yerdan ma'lumot olishingiz mumkin ekan:

http://www.facebook.com/pages/SADATI-NAKSIBENDIASIKLAR-DIYARI-MENZIL/76302888886


  va alaykum.


   Rahmat honim. Turkchani bilmaymanu lekin juda yahshi ko'raman :). Bilishimcha Turkiyada Zikr raqsi bo'lar ekan. Yaniy Allohni zikri. Siz shunday voqea guvohi bo'lgansizmi, hozirham Turkiyada shu hol kuzatiladimi. Qisqacha tasvirlasam, bir qancha odamlar  bel- gavda qismi o'rtacha, osti va yenglari keng, uzun, oq libos kiyib olib ko'p aylanma harakat bilan ijro qilishadi (men ko'rganim). Shu haqida eshitganmisiz. Balki yaqindan ko'rgandursiz...


Tahrir: Uzr, yanabir anchadan beri qiziqib yurgan savolim bor edi.


   Bir paytlar qaysidur ahborotdan eshitgandim. Turkiyada qandaydur so'rovnomaga o'hshash yoki aynan shunday tadbir o'tkazilganda, ayollarni yengi kalta ko'ylak kiyishi bo'yicha, adashmasam 54 % rozilik, 46 % qarshilik bo'lgan deyishadi. Lekin bu malumotni sahihligiga kafolat bermayman. So'rovnoma bo'lganmi yoki yo'q, qancha, qanday odamlar orasida o'tkazilganidan ishonarli habarim yo'q, yani manbani qandayligini bilmayman. Ammo aniq bir radio kanalda shu to'g'rida eshitganman. Demoqchiydimki agar shu ish bo'lgan bo'lsa bu haqida nima deya olasiz, sizham shu so'rovnomada qatnashgansizmi.

Qayd etilgan


ibrohim  02 Oktyabr 2010, 14:57:02

Kapalak xonim, XVII - asrda Turkiyada kofe ichish ta'qiqlangan ekan , xatto qonunni buzganlarni qatl qilishgan ekan. Rostdan shunday bo'ganmi , agar eshitgna bo'lsangiz...

Qayd etilgan