Turkiya haqida savollar bo'lsa marhamat!  ( 268792 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 12 13 14 15 16 17 18 19 20 21 22 ... 38 B


Ansora  07 Oktyabr 2010, 19:12:08

Kapalak xonim, XVII - asrda Turkiyada kofe ichish ta'qiqlangan ekan , xatto qonunni buzganlarni qatl qilishgan ekan. Rostdan shunday bo'ganmi , agar eshitgna bo'lsangiz...

 :as:

Turkiyada "Qahvaxona qayerda?" deb so'rasangiz insonlar sizni qahva ichmoqchi, deb emas, sigareta chekmoqchi yoki karta o'ynamoqchi shekilli deb o'ylashadi.
Sababi Qahvaxona=Tamaki so'zi bilan tenglashgan ekan.

Siz aytgan gapga kelsak, sababi shu ekan. İstambulda 1633 chi yilda yani IV chi Murod tahtdaligida juda katta yong'in chiqadi. Bu vaqtda qahvaxonalar haqida yomon gaplar tarqala boshlaydi. Podishoh ham endigina Xalqni hurmatini qozonar ekan, o'z sha'niga yomon gap olib kelayotgani uchun qahvaxonalarni yoptirib, tamaki chekilib, ichki ichilishini qonun bilan taqiqlaydi. Bir yildan keyin qahvaxonalar yopilib, ichkilik umuman ta'qiqlanadi. Qonunga bo'yin egmaganlarni podishoxni o'zi birma-bir ta'qibga oladi.
IV chi Murod tahtda o'tirgan yillar davomida bu tamaki va ichkilik ta'qiqi davom etadi. Anchagina inson qonunni buzgani uchun o'ldiriladi. Bu qonunni chiqishiga sabab bo'lgan kishilardan biri Qozizoda Mehmed Afandi (Podishoxni qozisi) bo'lgan ekan.

Qayd etilgan


Ansora  07 Oktyabr 2010, 19:20:08


Abu Muslim, siz aytgan raqs-Sema yani Samo deyiladi.
Mavlono Jaloliddin Rumiy Hazratlarini Jazba holi, ham deyiladi.
Ha men ham Rumiy Hazratlari yotgan joyda yani Konya degan shaharda 2 marotaba bu Semani ko'rishga muyassar bo'lganman.
Bu aslida raqs emas, bir diniy marosim. Har bir harakatida Rabbga itoat bor.
Balki xabaringiz bor, So'fiylar diniy marosim paytida zikr qilib, o'zlaridan kechadilar. Sema ham Allohni ishqida joyida tura olmay, gir gir aylanish, Yaratgan ishqidan mast bo'lishdir. Har bir xarakat Qur'oni Karimdan olingan oyatlarga ishorat beradi.
Turkcha bilsangiz Sema xarakatlarining ma'nosi:

http://aruz.com/mevlana/mev_sema.htm

video linklari:
http://www.uzmantv.com/semazen-olmak-icin-nasil-bir-egitim-alinir

http://www.uzmantv.com/semazenin-hareketlerinin-anlami-nedir

Qayd etilgan


Ansora  07 Oktyabr 2010, 19:25:48

Abu Muslim, kiyinish bilan bog'liq so'rovnomaga kelsak, men qatnashmaganman:)
Turkiyada o'rangan ayol soni tahmimincha ko'proq bo'lishi kerak. Shuning uchun ham yopiq kiyinadigan ayol soni ham ko'p.

Qayd etilgan


yoqutxon  08 Oktyabr 2010, 14:05:51

Assalam aleykum Kapalak opa. Hozir " Yahshi yigit tanishsak bo'ladimi" mavzusini o'qib hammada shunaqamikan yoki faqat bizda shunday holatlar bo'layaptimikan degan savol paydo bo'ldi menda. Mana siz Turkiyadasiz? 21- asr turkiya yoshlarining hulqi, qay darajada? Turk seriallarini ko'rib turkiyadagi yoshlar ahvolli ham havas qilarli darajada emasday fikr uyg'otadi. Baribir bu oddiy serialga qarab hulosa chiqarib bo'lmaydi... Mana shu haqida iltimos malumot bersangiz.

Qayd etilgan


Ansora  08 Oktyabr 2010, 14:41:00

Assalam aleykum Kapalak opa. Hozir " Yahshi yigit tanishsak bo'ladimi" mavzusini o'qib hammada shunaqamikan yoki faqat bizda shunday holatlar bo'layaptimikan degan savol paydo bo'ldi menda. Mana siz Turkiyadasiz? 21- asr turkiya yoshlarining hulqi, qay darajada? Turk seriallarini ko'rib turkiyadagi yoshlar ahvolli ham havas qilarli darajada emasday fikr uyg'otadi. Baribir bu oddiy serialga qarab hulosa chiqarib bo'lmaydi... Mana shu haqida iltimos malumot bersangiz.

 :vslm: Yoqutxon. Dolzarb mavzu...
Eng boshda kelganimda 6 yil oldin yani menga Turkiyadagi yoshlar juda ahloqsiz ko'rinardi. Juda hafa bo'lardim. Lekin shu o'tgan 6 yil ichida afsus bizni yoshlar ham hech "kechikmay" ahloqlarini o'zgartira boshlashibdi...
Sekin asta qaradim, har xil qizlar bor. Oilalariga bog'liq. Shunday dindorlari borki, masalan juda yaqin dugonam, singillari, suhbatiga to'ymaysiz. Kiyinish tarziyu, qarashlari bilan sizni sehrlab qo'yadi. Ko'cha-ko'yga chiqqanimda "unaqa" yoshlarga unchalik e'tibor bermaslikka harakat qilaman, chunki kayfiyatim buzilyabdi. Bir narsa deb bo'larmidi? Xozir hamma "menga nima"ga o'tib olgan, bir narsa desa o'ziga  zarar yetishi mumkin.
Yaqinda ho'jayinim aytib qoldilar, qo'shnilarga "nimaga unaqa qilyabsizlar" deb jahl qilma, falon yerda shunday janjal chiqib, shikoyat qilgan ayolni pichoqlashibdi". "Ho'p" dedim, nima ham deysiz.
Yani har xil yoshlar, lekin qaysi toifaga yaqin turishingiz sizga bog'liq...

Qayd etilgan


Rumiy  09 Oktyabr 2010, 00:18:49

[/size]
Agar boshqacha bo'lsa,ularda Vatanni sevishga o'rgtaishga bo'lgan metodlari qanaqa?

Rahmat

Metod petodni o'zi ham yo'q. Faqatgina hayot.
Turkiylar 1000 yildan buyon shu to'proqlarni vatan qilish uchun qo'n va ko'z yoshi to'kib keladi. 10 yashar bolalar ham buni belki tushunmaydi lekin sezadi. Hali ham shunday.
Kapalakxon batafsil yozgan. Alloh o'zi rozi bo'lsin. Ko'zimga yosh keldi. Mana shu joylarni belgilash kerak deb o'ylayman.

Iqtibos
Hatto ayollari ham Vatan, deganda jonlarini berishga tayyor.

Iqtibos
Turkiyadagi qardoshlarimizni bunchalik Vatanparvar bo'lishlarini sababi, yaqinlargacha Vatanlarini himoya qilish uchun turli xil urushlarga qatnashganliklari

Iqtibos
Bu tuproqlarni Turkiyaliklarga bu asr boshida Alloh qaytib berdi, deyishadi, chunki to'rt tarafdan dushman kuchlari ojiz tushgan Turkiyaga qarshi.

Iqtibos
Turkiya tuproqlarida urush tugamagan, bundan keyin ham osonlikcha tugamasa kerak. İnsonlari ham shuning uchun Vatan, Himoya, urush, qurol degan narslarani asarda, so'zda emas, Jonli shakda ko'rib turishibdi.

Iqtibos
Oilalarga o'g'lining shahid xabarini olib kelganda-ularni og'zidan chiqqan so'z-VATAN SAG' OLSUN.

Birodar, Turkiyaliklarni urushqoq, millatchi deb o'ylamang. Sodda xalqmiz aslida qo'yday yuvvosh, bag'rikeng, mexmondo'st, rahmli... Ha, zamonaviy, axloqiy kasalliklar bizda ham katta muommoga aylangan. Lekin ishonamizki gavhar yerga tushmak bilan soqit bo'lmaydi. Alloh axloqimizni, iymonimizni mustahkam qilsin.

Turklar, O'zbeklar mavzusida umuman shuni aytmoqchiman: Turkiyaliklar "Turk" deganda O'zbek, Qozoq, Turkman, Qirg'iz, Tatar, Onato'li Turklari vhkz. hamma Turkiylarni nazarda tutadi va shu bilan maqtanadi. O'zbeklar esa "Turk" deganda faqat Turkiyaliklarni nazarda tutadi va mana Turklar bizni kam ko'radi, o'zini maqtaydi deb o'ylaydi. Shundan juda afsuslanaman.

Kapalakxon, yana bir bor rahmat.

Qayd etilgan


Govegastar  09 Oktyabr 2010, 09:05:42


   Kapalak honim javoblar uchun rahmat.

   Janob Rumiy, men "O'zbek" man,  siz mendan turklar haqida so'raganmidingiz :)). Kim turklarni alohida "Turk" der ekan. Mulsulmon sifatida shuni aytardimki, islom asosida yotgan tomirlarni unitmang !

Qayd etilgan


Ansora  09 Oktyabr 2010, 13:36:29

 :as:

Aziz forumdoshlar, bir narsani eslatib o'tishni joyiz ko'rdim.
Bu mavzu, qolaversa bu forum bizni ichimizdagi tuyg'ularimizni nima uchun boshqalarda yo'q, deb u kishilarga qarshi har xil gap qilishimiz uchun ochilmagan.
Shuning uchun Milliyatchilik yoki boshqa masalalarda bu yerda tortishmaylik. Bu mavzuda ortiqcha hissiyotlarga berilmasdan, nima bo'lsa shuni yozaylik va fikrlarimizga hurmat bilan qaraylik!

Qayd etilgan


Rumiy  09 Oktyabr 2010, 17:38:05


   Kapalak honim javoblar uchun rahmat.

   Janob Rumiy, men "O'zbek" man,  siz mendan turklar haqida so'raganmidingiz :)). Kim turklarni alohida "Turk" der ekan. Mulsulmon sifatida shuni aytardimki, islom asosida yotgan tomirlarni unitmang !


Ayvalloh.
Ba'zibir deyish esdan chiqqan.  :)
Hamma shunday o'ylaydi yoki shunday o'ylash to'g'ri deganim yo'q. Bu faqat oddiy kuzatuv xolos.

Ha, qavm-qardosh yoki millat to'g'risida gap ochish juda xatarli. Birodarlikni yo'qotmaslik, ustun bo'lishning faqat taqvoda ekanligini unutmaslik kerak. Ifratdan ham tafritdan ham o'zi asrasin.

Mayli so'zi egasiga topshiraylik, mavzudan chetlashgan bo'lsam uzr so'rayman.

Qayd etilgan


Govegastar  09 Oktyabr 2010, 19:23:43

 :as:

Aziz forumdoshlar, bir narsani eslatib o'tishni joyiz ko'rdim.
Bu mavzu, qolaversa bu forum bizni ichimizdagi tuyg'ularimizni nima uchun boshqalarda yo'q, deb u kishilarga qarshi har xil gap qilishimiz uchun ochilmagan.
Shuning uchun Milliyatchilik yoki boshqa masalalarda bu yerda tortishmaylik. Bu mavzuda ortiqcha hissiyotlarga berilmasdan, nima bo'lsa shuni yozaylik va fikrlarimizga hurmat bilan qaraylik!

[/quote]


va alaykum.

OK. Honim, Janob Rumiy, sizlarni tushundim. Qardoshlarimiz fikri biz uchun qadirli.

fi amanillah !


  

Qayd etilgan