Turkiya haqida savollar bo'lsa marhamat!  ( 268772 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 25 26 27 28 29 30 31 32 33 34 35 ... 38 B

Arkmon  07 Fevral 2012, 20:12:38

eski Turk tili: " man bu bitikni Anatkak tilntin Turk tilina avirdim " (10-yuz yilda yoshagan Buddist Uyg'ur tarjimashunosi Singqu Sali Tutung : <<Oltin Yoruq>>!

Qayd etilgan

amir.temur  07 Fevral 2012, 22:55:03

Hurmatli Kapalak Honim (asl ismingiz Zamira opa bo'lsa kerak), sizni bu ochgan forum o'qib, berayotgan xolis fikrlaringizdan xursand bo'ldim, ko'nglimdagi javoblarni bergansiz. Bilasizmi, turklar bizning qondoshlarimiz. Usmonli podshohlari Amir Temurdek bobolarimiz. Ular ham Turkiyadek yerga joylashib olib, bizlar uchun ham Vatan qurib ketishgan. Turkiyada bizning ham xaqqimiz bor. Manga ko'pincha yaxshi turklar, shuningdek yomonlari ham uchraydi. Yomonlari bizni yerga urgandek gapiradi, yaxshilari o'z oila a'zosini ko'rgandek gapiradi, yomonlari ham pastga uraman desalar, o'zlarini pastga ko'radilar, shu sababdan ularning gapi manga o'tmaydi, mayli gapni qisqa qilmoqchiman. "Mühtesem yüzyil" serialini sizning o'zingiz shaxsan qanday kutib oldingiz va oila a'zolaringiz bu serial haqida qanday fikr bildirdilar?
Hurmat bilan
Zafar

Qayd etilgan

Ansora  08 Fevral 2012, 13:29:21

eski Turk tili: " man bu bitikni Anatkak tilntin Turk tilina avirdim " (10-yuz yilda yoshagan Buddist Uyg'ur tarjimashunosi Singqu Sali Tutung : <<Oltin Yoruq>>!

 :asl3:

Arkmon, o'qish paytlarimni esga tushirdingiz:) Uyg'ur yozuvi darsimiz bor edi, yomon qiynalganman. Domlar imtihonda faqat 2-3 satr berardilar, lekin shu satrlar jilt jilt kitobday tuyulardi:) Oltin yoruq asarini bir qancha kursdoshlarim bolishib dissertatsiya yozdilar.

Sizda toliq asar bormi?

Qayd etilgan

Ansora  08 Fevral 2012, 13:39:07

Ha ismim Zamira. Xolis niyyat bilan javob berishga harakat qilyabman, siz aytganday. Yana Aybsiz Parvardigor. Mening fikrlarimni Turkiyadagi kommunist va tarafdolarlari, terroristlarning tarafdorlari yoqtirmaydi, chunki men doimo ularga qarshi fikr yuritaman. Turkiyada haqqimiz bor, deganizga kuldim:) keling bemalol yashashingiz mumkin(balki bu yerdasizdir) vizani olgandan keyin hech kim mushugingizni pisht demaydi:) dunyodagi qancha millatni sigdirgan Turkiya bizni albatta sigdiradi:)

"Muhteşem yüzyıl" serialiga kelsak, eng boshda oilaviy juda quvonib qarshi oldik, chunki Usmonli tarixi, madaniyatini organishga Turk xalqining ehtiyoji bor. Faqat akademik insonlargina biladi, oddiy xalq kam biladi.
Lekin....1 bolimdan keyinoq hafsalamiz pir boldi, chunki serial tamoman reklama maqsadli, kunimizda qanday narsalarga insonlar och bolgan bolsa shu mazvular qolga olingandi.
Men urush sahnalari uchungina koraman, degandim, otga, qilichga judayam qiziqaman, qayerda? 40 yil tahtda otirgan Qonuniy Sulton Sulaymon bu emas edi! Venagacha ot surib borgan podshoxni tayinli hech bir urush sahnasi yoq edi...

Zotan serial boshlanar ekan "bu filmdagi qahramonlar va voqealar toqima" deb yozishadi, chunki film chiqar chiqmas juda kop tanqid oldi. Lekin qarangki haliyam davom etmoqda....

Sulton Sulaymonday muborak zotni ismni bu shaklda xalqqa tanitganlar inshalloh jazosini oladi...men vijdonan har hafta qiynalaman, Lekin kanallar shaxsiy bolgani uchun hech kim hech narsa qila olmadi...

Ora-sira koz tashlab qoyaman, ashaddiy muhlisi emasman, sababini yozdim...

Qayd etilgan

Arkmon  08 Fevral 2012, 14:12:55

eski Turk tili: " man bu bitikni Anatkak tilntin Turk tilina avirdim " (10-yuz yilda yoshagan Buddist Uyg'ur tarjimashunosi Singqu Sali Tutung : <<Oltin Yoruq>>!

 :asl3:

Arkmon, o'qish paytlarimni esga tushirdingiz:) Uyg'ur yozuvi darsimiz bor edi, yomon qiynalganman. Domlar imtihonda faqat 2-3 satr berardilar, lekin shu satrlar jilt jilt kitobday tuyulardi:) Oltin yoruq asarini bir qancha kursdoshlarim bolishib dissertatsiya yozdilar.

Sizda toliq asar bormi?
Hurmati ziyoda singlim (qiyosimcha sizdan cho'ng bo'lsam kerak), <<Oltin Yoruq>> ning to'liq asari Russiyadagi ErmitoJ muzeyida bo'lishi mumkin, zamonasida Evropa ekspeditsiyachilari Sharqiy Tangritog' rayonidan (Turfondan) <<Oltin Yoruq>>, <<Maitrisimit>>, <<Shuan Zongning Tarjimaholi>> qotarli asarlarni olip ketgan ekan, hozir faqatgina bu asarlarning porchalari qolgan.

Qayd etilgan

Ansora  08 Fevral 2012, 14:20:58

Arkmon, javob uchun rahmat. Ha domlamiz bir nushasini olib kelgandilar Rossiyadan. Balki sizda oqilgan varyanti bormi, degandim. Ya'ni zamonaviy Uygurchaga tarjima qilinganmi?

Qayd etilgan

Arkmon  08 Fevral 2012, 14:25:39

Arkmon, javob uchun rahmat. Ha domlamiz bir nushasini olib kelgandilar Rossiyadan. Balki sizda oqilgan varyanti bormi, degandim. Ya'ni zamonaviy Uygurchaga tarjima qilinganmi?
man izdanip ko'ray. hozirgi zamon tilidagi tarjimasi bo'lishi mumkin!

Qayd etilgan

amir.temur  08 Fevral 2012, 15:24:54

 Assalamu alaykum Zamira opa,
 Rahmat javobingiz uchun. Turkiyada emasman, hech bormadim Turkiyaga, ammo inshalloh nasib qilsa boraman. Gaplarimga kulgingiz kelmasin. Man jiddiy aytdim, sizga emas, ammo umumiy ma'noda jiddiy aytdim. Turklar bilan turkiylarni ajratayotgan insonlarga qarata aytgandim. Man sizdan serialni so'raganim sababli, bu serial haqida ba'zi bir turk do'stlar bilan tortishuvlar bo'ldi. Natija esa hamon yo'q. Ammo shundan keyin Usmonli podshohlari haqida yozilgan kitoblar juda tez sotiladi boshlandi. O'zim ham yaxshiroq e'tibor berib tarixini o'qidim. Mani xulosam shu bo'ldiki, film bu shou biznes mahsuli, ammo tarix haqiqatlarining bir qismini anglatgan. Aslida bu tortishuv turk tarixchilari orasida ham tez tez tortishilib turadi.
    Zamira opa, man bu forumni boshidan oyog'igacha o'qob chiqdim. Bir savol tug'ildi yana. Tarixda Usmonli podshohlari taxt uchun ko'pincha o'z yaqin erkak qarindoshlarini o'ldirgan. Turklardan so'rasa davlat va hukumat uchun shu ishlarni qilish kerak bo'lgan deydi, ammo davlat va hukumat uchun shu ishlarni qilishgan, deyarli ko'pchilik hukmdori shu ishni qilgan, ammo oxirida davlat Evropaliklarning bo'lib olishi mumkin bo'lgan xavfli bir vaziyatga tushgan. Turklarning bu hukmdorlarining xalifa deyishlari aslida ne qadar to'g'ri? Uzr, bu savolning sizning shaxsiy fikringizni bilish uchun yozdim, chunki bu savolga hamma har xil javob berishi mumkin. Ammo siz ko'p savollarga keng, ma'noli javob bergan ekansiz. Ziyoli inson ekanligingiz bilinib turibdi. Shu sababdan sizdan so'radim. Shu savolni Ömer abi'dan ham bir so'rang. Hali sizga ko'p savol bersam kerak :)
Ezgu ishlaringizga Alloh yordamchingiz bo'lsin
Zafar

Qayd etilgan

Sayyid90  08 Fevral 2012, 18:28:07

men bu muhtasham yuz yil filmiga qiziqib qoldim serial tugagan emasmi?ermitaj muzeyi dunyoni durdona asarlarini özida jamlaganda.

Qayd etilgan

amir.temur  08 Fevral 2012, 18:30:29

men bu muhtasham yuz yil filmiga qiziqib qoldim serial tugagan emasmi?ermitaj muzeyi dunyoni durdona asarlarini özida jamlaganda.
Yo'q hali tugamagan, 2-fasl 46-qismi bugun namoyish etiladi.

Qayd etilgan