Turkiya haqida savollar bo'lsa marhamat!  ( 269314 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 27 28 29 30 31 32 33 34 35 36 37 38 B


Ansora  09 Fevral 2012, 12:21:21

Assalamu alaykum Zamira opa,
 Rahmat javobingiz uchun. Turkiyada emasman, hech bormadim Turkiyaga, ammo inshalloh nasib qilsa boraman. Gaplarimga kulgingiz kelmasin. Man jiddiy aytdim, sizga emas, ammo umumiy ma'noda jiddiy aytdim. Turklar bilan turkiylarni ajratayotgan insonlarga qarata aytgandim. Man sizdan serialni so'raganim sababli, bu serial haqida ba'zi bir turk do'stlar bilan tortishuvlar bo'ldi. Natija esa hamon yo'q. Ammo shundan keyin Usmonli podshohlari haqida yozilgan kitoblar juda tez sotiladi boshlandi. O'zim ham yaxshiroq e'tibor berib tarixini o'qidim. Mani xulosam shu bo'ldiki, film bu shou biznes mahsuli, ammo tarix haqiqatlarining bir qismini anglatgan. Aslida bu tortishuv turk tarixchilari orasida ham tez tez tortishilib turadi.
    Zamira opa, man bu forumni boshidan oyog'igacha o'qob chiqdim. Bir savol tug'ildi yana. Tarixda Usmonli podshohlari taxt uchun ko'pincha o'z yaqin erkak qarindoshlarini o'ldirgan. Turklardan so'rasa davlat va hukumat uchun shu ishlarni qilish kerak bo'lgan deydi, ammo davlat va hukumat uchun shu ishlarni qilishgan, deyarli ko'pchilik hukmdori shu ishni qilgan, ammo oxirida davlat Evropaliklarning bo'lib olishi mumkin bo'lgan xavfli bir vaziyatga tushgan. Turklarning bu hukmdorlarining xalifa deyishlari aslida ne qadar to'g'ri? Uzr, bu savolning sizning shaxsiy fikringizni bilish uchun yozdim, chunki bu savolga hamma har xil javob berishi mumkin. Ammo siz ko'p savollarga keng, ma'noli javob bergan ekansiz. Ziyoli inson ekanligingiz bilinib turibdi. Shu sababdan sizdan so'radim. Shu savolni Ömer abi'dan ham bir so'rang. Hali sizga ko'p savol bersam kerak :)
Ezgu ishlaringizga Alloh yordamchingiz bo'lsin
Zafar

 :vsl3:

Tarix, oson mavzu emas, ki Usmonli tarixi 600 yildan ko'p vaqtni o'z ichiga oladi. Men judayam kam o'qiganman, shuning uchun siz so'ragan mavzuda bir narsa deyishga ojizman...

Ömer akangizdan so'ragan edim...to'g'risi kutmagandim bunday javobni, avvalo ajdodlarimiz haqida (madomiki biz bir millatmiz, debdilar ukamiz) hurmat bilan gapirishlarini iltimos qilaman, rahmatlilarning suyaklarini zirqiratmanglar. Sizga savol:

1. Halifa nima degani, halifalik haqida nimalar biladilar? Avvalo buni izlab, o'qib o'rgansinlar. Siz aytganday faqat Turklar Usmonli podshohlariga "halifa" degan bo'lsa, Usmonli hukmronlik yuritgan 3 qit'ada nima uchun turli xalq, millatlar (albatta musulmonlari) podshohni ismi hutbaga qo'shib o'qildi?

2. Usmonli tarqalgandan keyin alohida davlat holiga kelgan davlatlar: Misr, Suriya, Falastin, Bosniya va yana qanchasida nimalar bo'layotganini bilasizmi...

3. Biz 3 qitaga hokim bolgan davlat haqida gapiryabmiz, tasavvur qila olasizmi...siz yaqinlarini oldirgan degan xodisalar haqida avvalo ishonchli manbalardan organing, u yer, bu yerdan eshitgan gaplaringiz bilan fikr yuritmang.

Siz bular haqida oqing, keyin gaplashamiz dedilar...

Qayd etilgan


Ansora  09 Fevral 2012, 12:23:25

Hurmatli Kapalak Honim (asl ismingiz Zamira opa bo'lsa kerak), sizni bu ochgan forum o'qib, berayotgan xolis fikrlaringizdan xursand bo'ldim, ko'nglimdagi javoblarni bergansiz. Bilasizmi, turklar bizning qondoshlarimiz. Usmonli podshohlari Amir Temurdek bobolarimiz. Ular ham Turkiyadek yerga joylashib olib, bizlar uchun ham Vatan qurib ketishgan. Turkiyada bizning ham xaqqimiz bor. Manga ko'pincha yaxshi turklar, shuningdek yomonlari ham uchraydi. Yomonlari bizni yerga urgandek gapiradi, yaxshilari o'z oila a'zosini ko'rgandek gapiradi, yomonlari ham pastga uraman desalar, o'zlarini pastga ko'radilar, shu sababdan ularning gapi manga o'tmaydi, mayli gapni qisqa qilmoqchiman. "Mühtesem yüzyil" serialini sizning o'zingiz shaxsan qanday kutib oldingiz va oila a'zolaringiz bu serial haqida qanday fikr bildirdilar?
Hurmat bilan
Zafar

 :asl3:

Zotan serial boshlanar ekan "bu filmdagi qahramonlar va voqealar toqima" deb yozishadi, chunki film chiqar chiqmas juda kop tanqid oldi. Lekin qarangki haliyam davom etmoqda....

Sulton Sulaymonday muborak zotni ismni bu shaklda xalqqa tanitganlar inshalloh jazosini oladi...men vijdonan har hafta qiynalaman, Lekin kanallar shaxsiy bolgani uchun hech kim hech narsa qila olmadi...

Ora-sira koz tashlab qoyaman, ashaddiy muhlisi emasman, sababini yozdim...

 
Zamira opa, uzr yana bir narsani aytay demoqchi edim. Bu filmdagi qahramonlar va voqealar to'qima deyilmagan, Bu dizideki olay ve karakterler, tarihten ilham alinarak kurgulanmistir, deyilgan ekan.

kurgu- toqima degani...qahramonlar bor edi, leki ular bu emas...necha bolimdan beri izlaysiz, necha marta namoz, azon sahnasi kordingiz...

Qayd etilgan


Ansora  09 Fevral 2012, 12:42:17

Sizga Sulton Sulaymon haqidagi bu voqeani tavsiya etaman, balki oqigandirsiz, Abdulhafizga rahmat u kishi manba keltirgandilar:

Сайёҳ Хаммернинг "œТарих" китобида қизиқ бир воқеа келтирилган: Султон Сулаймон Франсис императори Франсуага қуйидаги мазмунда бир мактуб юборган сди: «Менким, қирқ саккиз юртнинг императори Қонуний Султон Сулаймонман. Менга етган хабарларга ксра, сенинг мамлакатингда «танса» номида хотин билан сркак бир-бири ила қучоқлашиб, халойиқ олдида очиқчасига сйин тушадиган одат пайдо бслибди. Ҳудудларимиз битта бслгани боис, ушбу разолатли сйиннинг мамлакатимга стиш сҳтимоли мавжуд. Аомаи ҳумоюним қслингга етгани замон бу сйинни тсхтатсанг-тсхтатдинг, тсхтатмасанг, менинг сзим бориб тсхтатаман». Мана шу биргина мактуб туфайли Франсисда тсла юз йил танса сйини ман стилди. Бу ҳақда Франсис тарихига оид манбаларда ҳам қайд стилган.

manba: http://www.e-tarix.uz/maqolalar/556-maqola.html

Shunday shaxsni faqat haram-ayol qiz mavzusi bilan eslashlari g'ijimga tegyabdi...

Usmonli Afrikaga ham hukmron edi, Ache degan joyda qattiq zilzila bo'lgandi, balki eshitgandirsiz, Turkiya yordam olib borganda ular: "Biz sizlarni kelishingizni bilar edik Usmonlilar", deb kutib olishadi...

Taniqli tarix olimi Ahmet Akgunduz Misrda taksiga minadilar, pulini to'layman, deb uzatganlarida taksi shofyori: Bir qul, o'z sohibidan pul oladimi? degan hikoyani A. Akgunduzni xotiralarida oqishingiz mumkin.

Usmonlining "Ertug'rul" kemasi Yaponiyaga ketar ekan, Indoneziya sohillarida tohtaydi, xalq "Halifani kemasida namoz o'qiylik" deb navbatga turadi....

Xatto Yaponlar Usmonli podshohlarini "halifa" deb qabul qiladilar. Ertug'rul kemasi g'arq bolgandan keyin Yaponlar qattiq qayg'urib, ularga botgan yerdagi yaqin shaharga xotira ornatadilar:

http://tr.wikipedia.org/wiki/Ertu%C4%9Frul_F%C4%B1rkateyni

Bularning hech biri majburan qilinmagan...

Qayd etilgan


Sayyid90  09 Fevral 2012, 13:01:48

uzr bu yerda tarih asosiy roldami usmoniy imperatorligi haqida malumotlarni qidiruv tarmoglaridan topib örgansa böladiku.

Qayd etilgan


Sayyid90  09 Fevral 2012, 13:08:31

Zamira opa yashang.misol uchun bizda ham shunday filmlar(tarihiy)filmlar ishlansa edi qaniydi 10yildan buyon yengil yelpi filmlar ishlanmoqda.hozir köchadagi bolalardan korea tarihi haqida söralsa bemalol aytib beradi chunki tvda koreys tarihiy filmlari namoyish etilmoqda,ammo

Qayd etilgan


Ansora  09 Fevral 2012, 14:31:45

Nasibni qarang, ozgina oldin tv da reklama korib qoldim, anchadan beri kutilgan: Bir paytlar Usmonli-Qiyom seriali boshlanarkan TRT1da.

Buni korishga arziydi, deb umid qilaman:)

<a href="http://www.youtube.com/watch?v=eR0b_G4BWXM" target="_blank">http://www.youtube.com/watch?v=eR0b_G4BWXM</a>

Qayd etilgan


Shokir63  09 Fevral 2012, 19:32:59

Erver paşanı bazı Turklar juda sevadi, asosan mhp liklar, Enver pasa bizning diyorlarga ham kelgan. Lekin uning nima ishlar qilgan, nima bilan mashg'ul bo'lgan shu haqda biroz malumot olmoqchi edim. Men bu inson haqida Fayzulla Xo'jayev hayotiga bag'ishlangan bir kitobda Fayzulla Xo'jayevni ham Akmal Ikromovning ham aybnomalarida Anvar Podsho (Enver paşa) bilan aloqa o'rnatganlikda ayblanganliklarini o'qigan edim. Keyin yana Turkiyaning Sarikamis shahrida katta qo'shinni muzlatib qo'yganini turklardan eshitgan edim, ko'p Armanilarni o'ldirish buyrug'ini bergan deb Arman genosidi ga bag'ishlangan maqolada o'qigan edim. Uning hayoti haqida batavsil malumot qayerdan olish mumkin?

Qayd etilgan


Ansora  09 Fevral 2012, 20:20:39

asl3: Tibbiyot va sog'liqni saqlash tizimi qay darajada? Kishilarning kasallanish darajasi qanday xolda? Qaysi kasalliklar köp uchraydi? Tashxisot, davolash, xizmat körsatish va xaq tölash tizimi xaqida aytib ötsangiz. Raxmat.

Erver paşanı bazı Turklar juda sevadi, asosan mhp liklar, Enver pasa bizning diyorlarga ham kelgan. Lekin uning nima ishlar qilgan, nima bilan mashg'ul bo'lgan shu haqda biroz malumot olmoqchi edim. Men bu inson haqida Fayzulla Xo'jayev hayotiga bag'ishlangan bir kitobda Fayzulla Xo'jayevni ham Akmal Ikromovning ham aybnomalarida Anvar Podsho (Enver paşa) bilan aloqa o'rnatganlikda ayblanganliklarini o'qigan edim. Keyin yana Turkiyaning Sarikamis shahrida katta qo'shinni muzlatib qo'yganini turklardan eshitgan edim, ko'p Armanilarni o'ldirish buyrug'ini bergan deb Arman genosidi ga bag'ishlangan maqolada o'qigan edim. Uning hayoti haqida batavsil malumot qayerdan olish mumkin?

Javoblarni biroz kutasizlar, maylimi?

Qayd etilgan


Sayyid90  09 Fevral 2012, 23:00:28

asli ismi Ismoil
Anvar tugilgan sanasi[22-
yanvar 1881-yil. 4 avgust
1922 |tugilgan_yeri istanbul
|shaxid_yeri va qabri
Tojikiston | 1913 yil boshliq bolgan
laqab Anvar Poshsho burch
xizmati �tagan joyi Mirliva
raxbarlik vaqtlari (Usmonli
Ordasi, Kavkaz islom xududi
urushlari Trablusgarp urushi, [[Saraskama�
Harakati, Baku Muharabasi
(1918)]], Buhoro amirligi-
Bolsheviklarga qarshi
urushi |Laqab shahid-i Ala
va G'ozi-i Nomdor.usmanli Davlatining oxirgi yillarida
Turk askari va siyosat
odami.. 1 jahon oxirida zaifligi ila
parchalanib olmaniya va
Rossiyada Turk halqlari bir
murosagakeltirmoq uchun
majlislarda boldi�, Sovet
hukumatining qollashini yoqotgaNdan songra Orta
osiyo Turklarini, Rus ishgoli
karshi kurashmoq niyatid
ketdi Turkistanda Ruslarga
qarsHi jagnda xayit
kuni shaxid boldi.manba uz.vikipedia.org

Qayd etilgan


amir.temur  09 Fevral 2012, 23:38:16

  Zamira opa, mani savollarim sizning nazdingizda xuddi Usmonlilarni yomonlagandek bo'lib qolibdi. Aytganingizdek, tarih juda qiyin mavzu. Uni hamma har xil nazar bilan qaraydi. Man Qonuniy Sulton Sulaymon haqida har xil manbalardan ko'p kitoblarni o'qib chiqqanman. Man ham Usmonli davlatidek davlatning o'sha davrdagi kuchini yo'qotganiga afsus chekaman. Siz aytgan savollarga haqida izlanib ko'rib javoblarimni yozsam, bu forum tarixiy forumga aylanib qoladi, shu sababdan, shu yerda to'xtatmoqchiman.Agar Turkiya haqida qiziqtirgan savollar bo'lsa inshalloh yana shu forumga kirib yozaman. Salomat bo'ling,
Zafar

Qayd etilgan