Erver paşanı bazı Turklar juda sevadi, asosan mhp liklar, Enver pasa bizning diyorlarga ham kelgan. Lekin uning nima ishlar qilgan, nima bilan mashg'ul bo'lgan shu haqda biroz malumot olmoqchi edim. Men bu inson haqida Fayzulla Xo'jayev hayotiga bag'ishlangan bir kitobda Fayzulla Xo'jayevni ham Akmal Ikromovning ham aybnomalarida Anvar Podsho (Enver paşa) bilan aloqa o'rnatganlikda ayblanganliklarini o'qigan edim. Keyin yana Turkiyaning Sarikamis shahrida katta qo'shinni muzlatib qo'yganini turklardan eshitgan edim, ko'p Armanilarni o'ldirish buyrug'ini bergan deb Arman genosidi ga bag'ishlangan maqolada o'qigan edim. Uning hayoti haqida batavsil malumot qayerdan olish mumkin?
Turkistonda
"Anvar" nomlik bollar soni Turkiyadagidan ko'proq bo'lsa kerak.
Alloh; Islom ittihodi, Turkiston mustaqillig'i yo'lida
Anvar Bek bajo keltirgan shahidlikni qabul qilsin, joyi firdavs jannatlaridan bo'lsin.
"Ali Bademci"ning ikki jilddan tashkil topgan
"1917 - 1934 Türkistan Milli İstiklal Hareketi Korbaşılar ve Enver Paşa" nomlik kitobidan batafsil ma'lumot olsa bo'ladi.
Anvar Bek Ruslar tomonidan shahid qilingach shoir shunday aytgan:
BALJIVONFaryodim dunyoning borlig’in bog’sin,
Umidning eng songg’i iplarin uzsin!
G’azobdan titragan yosh bir yigitning
Toshdan sinasiga o’qlar o’rnashmish.
Tog’larda erk uchun yurgan keyikning
Qora ko’zlariga motamlar kirmish!
Daryolar, tolqinlar titratgan bir er,
Zarbalar qahridan yiqilmish, talmish!
Qutulish yulduzi yo’qliqqa kirmish,
Sening song joningi yovlaring olmish.
Marmara bo’ylari, Edirna yo’li,
Chataljo kengligi, Bo’g'az tarligi,
Qarpat belendigi, Trablus cho’li
Go’zal Salonikning shirin bog’lari"¦
Shahidlar yuziga tomg’uchi nurlar
Qonlar yig’latdi bizni bu xabar!
Berlin ko’chalari yigitning birin
Toptolug’ albalar qo’yniga oldi.
Tiflis havolari bir najot ering
Qora qong’a boyab yerlarga soldi.
Tarixning rangini ko’p qonlar bilan
Qorayitqon, toldurg’an biroq Baljivon
Eng songg’i umidni qonga boyag’an,
Oh, qanday ug’ursiz zamonlar kelgan!
Faryodim dunyoning borlig’in bog’ib o’ldirsin,
Qopqora baxtimga shaytonlar kulsin!
Abdulhamid Sulaymon o’g'li Cho’lpon