Ilm va ziyo > Dizayn

Yangiliklar. Dizaynga oid programmalar, yangi texnologiyalar haqida.

(1/3) > >>

MaxCmd:
Assalomu alaykum!

Bu xabarda sizlar uchun dizaynga oid bo`lgan yangiliklarni berib borishga harakat qilamiz.

Hurmat bilan MaxCmd.

MaxCmd:
Adobe Light Room: professional fotograflar uchun


Bu programma orqali fotograflar katta hajmdagi suratlarni import qilish o`zgartirish uchun xizmat qiladi.
Adobe Light Room avval Macintosh OS i foydalanuvchilari uchun chiqarilgandi. Hozir esa bu programmaning Windows varianti ham Beta tekshiruvda.
Xohlovchilar va qiziquvchilar http://labs.adobe.com/technologies/lightroom dan bu programmani olishlari mumkin.

MaxCmd:
Paint.NET 2.70


Paint.NET ixcham(bor yo`gi 3,57 Mbayt), tekin va imkoniyatlarga boy programma bo`lib, suratlar bilan ishlashda va rasm chizishda ishlatilishi mumkin. Bu programma Vashington shtati Universitetida Microsoft Paint programmasining analogi sifatida yaratilgan bo`lsa-da, keyinchalik unga qo`shimcha imkoniyatlarning qo`shilishi va takomillashuvi bilan hozirgi ko`pgina grafik redaktorlar bilan raqobatlasha oladi. Bu programmada qatlam(layer)lar bilan ishlash, turli effektlar qilish va h.k. imkoniyatlar bor.
Bu programma bilan ishlash uchun Microsoft .NET Framework ni o`rnatish kerak.
Paint.NET ni olish:
http://www.getpaint.net/download.html
Microsoft .NET Framework ham shu sahifada mavjud.

MaxCmd:
Pixarra Twisted Brush 9.9: Rassomlar uchun ajoyib programma



Bu ajoyib programma rassomlar va rasm chizishga qiziquvchilar uchun chiqarilgan bo`lib, o`zining rasm chiziqsh uchun kerak bo`lgan keng ko`lamli imkoniyatlari bilan ajralib turadi. Narxining arzonligi esa Adobe Photoshop kabi professional paketlarni sotib olishga ehtiyoj qoldirmaydi.
Digital Painting(raqamli chizish, elektron chizish) bilan shug`ullanuvchi rassomlar(turli o`yinlarda tekstura chizuvchi, spetseffektlarda qatnashuvchi rassomlar va h.k) uchun juda qulay. Bu programma 1500 dan ortiq kist(brush)larni o`z ichiga olgan. Qatlamlar(layer) bilan ishlash, bir qancha filtrlarni qo`llash imkoniyati mavjud. Shaxsan o`zim shu programmadan foydalaman.

Programmaning trial-versiyasini
http://www.pixarra.com/downloads/tbrusha.exe
dan olishingiz mumkin. Programma haqida to`liq ma'lumot esa http://pixarra.com (programmani yaratgan firma) saytida joylashgan. Bu yerda shu programma orqali chizilgan suratlarni ham ko`zdan kechirishingiz mumkin.

MaxCmd:
Bryce 5 6-sentabrgacha tekin tarqatiladi



Bryce DAZ Productions mahsuloti bo`lib, landshaftlar va tabiiy muhit yaratish uchun xizmat qiladi. Dengiz, bulut, tog`li joylar, daraxtlar va h.k. larni yaratish bu programmada juda qulay yo`lga qo`yilgan. Bunday tashqari tabbiy effektlar animatsiyasini ham yaratish mumkin. O`z olamingizni qurmoqchi bo`lsangiz, bu programma sizga yordam beradi. 6-sentabrgacha bu programma Internetda tekin tarqatilyapti.

Programmani ko`chirish:
http://www.download.com/3120-20_4-0.html?tg=dl-20&qt=bryce&tag=srch
Programmaning asosiy sayti:
http://bryce.daz3d.com/55index.php

Programmani ko`chirib olgandan so`ng, http://daz3d.com saytidan registratsiya qilasiz.

Navigation

[0] Message Index

[#] Next page

Go to full version