Pixarra Twisted Brush 9.9: Rassomlar uchun ajoyib programmaBu ajoyib programma rassomlar va rasm chizishga qiziquvchilar uchun chiqarilgan bo`lib, o`zining rasm chiziqsh uchun kerak bo`lgan keng ko`lamli imkoniyatlari bilan ajralib turadi. Narxining arzonligi esa
Adobe Photoshop kabi professional paketlarni sotib olishga ehtiyoj qoldirmaydi.
Digital Painting(raqamli chizish, elektron chizish) bilan shug`ullanuvchi rassomlar(turli o`yinlarda tekstura chizuvchi, spetseffektlarda qatnashuvchi rassomlar va h.k) uchun juda qulay. Bu programma 1500 dan ortiq kist(brush)larni o`z ichiga olgan. Qatlamlar(layer) bilan ishlash, bir qancha filtrlarni qo`llash imkoniyati mavjud. Shaxsan o`zim shu programmadan foydalaman.
Programmaning trial-versiyasini
http://www.pixarra.com/downloads/tbrusha.exedan olishingiz mumkin. Programma haqida to`liq ma'lumot esa
http://pixarra.com (programmani yaratgan firma) saytida joylashgan. Bu yerda shu programma orqali chizilgan suratlarni ham ko`zdan kechirishingiz mumkin.