Yangiliklar. Dizaynga oid programmalar, yangi texnologiyalar haqida.  ( 22324 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 B


MaxCmd  27 Iyul 2006, 16:32:06

Assalomu alaykum!

Bu xabarda sizlar uchun dizaynga oid bo`lgan yangiliklarni berib borishga harakat qilamiz.

Hurmat bilan MaxCmd.

Qayd etilgan


MaxCmd  29 Iyul 2006, 10:09:25

Adobe Light Room: professional fotograflar uchun


Bu programma orqali fotograflar katta hajmdagi suratlarni import qilish o`zgartirish uchun xizmat qiladi.
Adobe Light Room avval Macintosh OS i foydalanuvchilari uchun chiqarilgandi. Hozir esa bu programmaning Windows varianti ham Beta tekshiruvda.
Xohlovchilar va qiziquvchilar http://labs.adobe.com/technologies/lightroom dan bu programmani olishlari mumkin.

Qayd etilgan


MaxCmd  05 Avgust 2006, 18:33:37

Paint.NET 2.70


Paint.NET ixcham(bor yo`gi 3,57 Mbayt), tekin va imkoniyatlarga boy programma bo`lib, suratlar bilan ishlashda va rasm chizishda ishlatilishi mumkin. Bu programma Vashington shtati Universitetida Microsoft Paint programmasining analogi sifatida yaratilgan bo`lsa-da, keyinchalik unga qo`shimcha imkoniyatlarning qo`shilishi va takomillashuvi bilan hozirgi ko`pgina grafik redaktorlar bilan raqobatlasha oladi. Bu programmada qatlam(layer)lar bilan ishlash, turli effektlar qilish va h.k. imkoniyatlar bor.
Bu programma bilan ishlash uchun Microsoft .NET Framework ni o`rnatish kerak.
Paint.NET ni olish:
http://www.getpaint.net/download.html
Microsoft .NET Framework ham shu sahifada mavjud.

Qayd etilgan


MaxCmd  17 Avgust 2006, 11:18:07

Pixarra Twisted Brush 9.9: Rassomlar uchun ajoyib programma



Bu ajoyib programma rassomlar va rasm chizishga qiziquvchilar uchun chiqarilgan bo`lib, o`zining rasm chiziqsh uchun kerak bo`lgan keng ko`lamli imkoniyatlari bilan ajralib turadi. Narxining arzonligi esa Adobe Photoshop kabi professional paketlarni sotib olishga ehtiyoj qoldirmaydi.
Digital Painting(raqamli chizish, elektron chizish) bilan shug`ullanuvchi rassomlar(turli o`yinlarda tekstura chizuvchi, spetseffektlarda qatnashuvchi rassomlar va h.k) uchun juda qulay. Bu programma 1500 dan ortiq kist(brush)larni o`z ichiga olgan. Qatlamlar(layer) bilan ishlash, bir qancha filtrlarni qo`llash imkoniyati mavjud. Shaxsan o`zim shu programmadan foydalaman.

Programmaning trial-versiyasini
http://www.pixarra.com/downloads/tbrusha.exe
dan olishingiz mumkin. Programma haqida to`liq ma'lumot esa http://pixarra.com (programmani yaratgan firma) saytida joylashgan. Bu yerda shu programma orqali chizilgan suratlarni ham ko`zdan kechirishingiz mumkin.

Qayd etilgan


MaxCmd  28 Avgust 2006, 19:33:43

Bryce 5 6-sentabrgacha tekin tarqatiladi



Bryce DAZ Productions mahsuloti bo`lib, landshaftlar va tabiiy muhit yaratish uchun xizmat qiladi. Dengiz, bulut, tog`li joylar, daraxtlar va h.k. larni yaratish bu programmada juda qulay yo`lga qo`yilgan. Bunday tashqari tabbiy effektlar animatsiyasini ham yaratish mumkin. O`z olamingizni qurmoqchi bo`lsangiz, bu programma sizga yordam beradi. 6-sentabrgacha bu programma Internetda tekin tarqatilyapti.

Programmani ko`chirish:
http://www.download.com/3120-20_4-0.html?tg=dl-20&qt=bryce&tag=srch
Programmaning asosiy sayti:
http://bryce.daz3d.com/55index.php

Programmani ko`chirib olgandan so`ng, http://daz3d.com saytidan registratsiya qilasiz.

Qayd etilgan


x-boy  29 Oktyabr 2009, 21:01:22

3d max haqida ham yozing.  ::)

Qayd etilgan


leonardo1024  03 Dekabr 2009, 08:04:59

3ds max 3 o'lchamli fazoviy shakllarni yaratadi

3DS maxni ishlatadigan sohalar
1) Komputer o'yinlari
2) Fantastik filmlar uchun efektlar
3) Televideniya
4) Reklama bannerlari uchun dizayn
5) Arxitektura

Qayd etilgan


leonardo1024  03 Dekabr 2009, 08:07:10

3d ya'ni fazoviy shakllar va effektlar yaratish uchun asosiy dasturlar quyidagilar

3DS MAX
MAYA
3d BRUCE
LIGHT WAVE
CINEMA 4D
AUTOCAD
ARCHICAD
va hokazo

Qayd etilgan


leonardo1024  03 Dekabr 2009, 08:09:21

Bilishimcha ko'pchilik 3d animatorlar MAYA ni afzal ko'rishadi... (Ammo menga uncha yoqmadi)..
Star Wars, Lord of Ring, filmlari ham MAYA da qilingan ekan

Qayd etilgan


Nоdirbek  16 Avgust 2010, 00:04:02

Adobe After effectsni ishlatganlar bormi?
Adobe illustratorni ham unchalik tushunmadim...

Qayd etilgan