va alaykum assalom.
Sayt ishlaringizda muvaffaqiyatlar tilayman. Eski saytingiz ham chiroyli va ancha ma'lumotli edi.
Faqat, oxirgi paytlar qora rangdan ko'p foydalanyapsizmi, yo ko'zimga shunday ko'rinadimi, ishqilib, sal ochiqroq ranglarni ishlatsangiz maqsadga muvofiq bo'lardi deb o'ylayman.
Ma'lumotlar bazasini kuchaytirihingizda ziyouz.com sayti bilan hamkorlikda ishlasangiz maqsadga muvofiq bo'larmidi...
Jadidlar haqida ko'proq ma'lumot berish kerak deb o'ylayman. Chunki o'sha davr vakillari har taraflama o'rganilishi lozim, axir ular klassika va zamonaviy adabiyot o'rtasidagi ko'priklarku!
Qolgan maslahatlarni berishda davom etamiz inshaalloh, endi boshqalardan ham eshitaylik