Баранов endi mobil telefonlarda  ( 12547 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 B


Ansora  23 May 2010, 12:58:45

Kompyuterga yuklay olmayapsizlarmi yoki telefongami?

Kompyuterga, men telefondan int foydalanishni, bilmayman.

Alloh rozi bo'lsin, shunday chiroyli ishga qo'l uribsiz.

Qayd etilgan


muhibb  24 May 2010, 11:39:25

Menda juda zo'r ishlayapti. Alloh rozi bo'lsin.
An'na'im ham bo'lganida zo'r bo'lardiyu, lekin ... :(
Ruscha arabcha lug'atni ham kutib qolamiz inshaalloh.
Aytgnacha, kirishingz bilan ruscha shrift turgani uchun, boshida ruscha-arabcha ham bor deb, aldanib qoldim. :)

Qayd etilgan


Olimxon  24 May 2010, 19:51:42

Assalomu alaykum,

Man o'zim lug'atni ishlatganimda ba'zi xatolar chiqib qolyapti, shularni to'g'rilab boryapman. To'g'rilangan versiyasini, o'sha eskisi bilan alishtirib qo'yyapman, Shuning uchun lug'atni kecha va undan oldin ko'chirib olganlar bo'lsa, lug'atni boshqattan ko'chirib olishsa, yaxshi bo'lar edi, chunki, oldingilarida ba'zi xato kamchiliklar bor.
Masalan: Iftitah, inkisar kabi so'zlarni topa olmaydi..
Agar lug'atda mim harfi bilan boshlangan so'zlar qidirilganda tarjimasi ekranda chiqmasa, demak, lug'at o'rnatishda xatolik bo'lgan bo'ladi.
Imkon boricha o'rnatishni oson qilmoqchiman, lekin, telefonlarni imkoniyati cheklangan, faqat shu yo'l bilan o'rnatish mumkin.
Ammo smartfon telefonlar uchun o'rnatish oson bo'lgan versiyasi qilindi. Mana bu faylni ko'chirib olib o'rnatsangiz bo'ldi, hech qanaqa muammo yo'q.
Faqat smartfon telefonlar uchun:    http://ivat4.webs.co/Baranov.jar
Agar yuklay olmayotganlar bo'lsa, pochtalarini berishsa, pochtalariga tashlab yuboraman. [email protected]

Qayd etilgan


Muhseena  24 May 2010, 23:36:23

 :as:

Manda nokia telefoni.English-russian lug'atimni judayam yaxshi ishlataman .InshaAlloh buni ham ishlatish nasib etib qolar.Iloji bo'lsa,ruscha-arabcha katta lug'at bor.Netda bormi yo'qmi bilmadim.Agar uniyam shunaqa  qilib berolsez,shuni skaner qildirsam bo'ladimi?Uniyam to'g'rilashning imkoni bormi?

Qayd etilgan


Olimxon  25 May 2010, 21:45:12

Assalomu alaykum,
uni skaner qilganizda, arabcha shriftni skaner qurilmasi orqali, matn ko'rinishiga o'tkazib bo'lmaydiku.
Mobil telefonlarga moslashtirib qilish uchun, so'zlar fayl ko'rinishda bo'lishi kerak, rasm ko'rinishida emas.
Agar tekst formatida ruscha arabcha lug'at topiladigan bo'lsa, juda yaxshi ish bo'lar edi. Man internetdan bir qarab ko'rib topa olmaganman, balki, yaxshilab qidirsa topilib qolar.
Agar topiladigan bo'lsa, telefon formatini qilish muammo emas, albatta qilib beraman inshaAlloh

Qayd etilgan


Muhseena  25 May 2010, 22:00:23

 :as:
Ha tushungandek bo'ldim,inshaAlloh topilishiga duo ila umid qilib qolamiz.Man ham topishga harakat qilib ko'raman,topsam,xabar qilaman,albatta.Tashakkur,sizga.Alloh rozi bo'lsin...

Qayd etilgan